Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet56/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
Talabalar bilimini tekshirish:

  1. Sinf jamoasini tashkil etish usullari haqida gapiring.

  2. Sinf jamoasiga pedagogik rahbarlik qilishni izohlab bering?

  3. Jamoaning rivojlanish bosqichlariga ta’rif bering?

  4. Jamoani shakllantirishda yagona talablar nimalardan iborat?

  5. Jamoa an’analari deganda nimani tushunasiz?

Sinf rahbari ishida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash - tarbiyaning yetakchi prinsipidir. Bolalar jamoasini shakllantirish metodikasi hozirgi kunda ancha to’liq va mukammal ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kursida bayon etilgan, jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish; faollarni aniqlash, o’quv mehnat, ijtimoiy siyosiy va ommaviy madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish; sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish, va ko’paytirish.


Jamoaning yetakchi tarbiyaviy vazifasi shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni hosil qilish. Mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iborat.
Umumiy o’rta ta’lim hamda yangi turdagi ta’lim muassasalarida jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi.
O’quvchilar jamoasi pedagog tarbiyachilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi, o’z-o’zini nazorat, o’z-o’zini boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, shuningdek, o’zining psixologik muhitiga an’analariga ega guruh hisoblanadi.
II.Amaliy topshiriqlar

  1. Sinf jamoasiga tavsifnoma berishni o’rganish.

  2. Yakka tartibda tarbiyaviy ish olib borishni o’rganish.

  3. Olingan natijalar haqida umumlashgan xulosa.




Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling