Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Xotira - muqaddas, xotira - sharaf


Download 0.94 Mb.
bet58/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

Xotira - muqaddas, xotira - sharaf.
Sahna bayramona bezatiladi. Vatan qadri, uni sevish, yurt tuprog’ining bir qarichini asrab-avaylash, unga munosib farzand bo’lish, xalqi uchun jon fido qilgan mardlar, erk uchun kurashgan fidoyilar haqidagi hikmatli so’zlar, maqollar, tinchlikka da’vat yetuvchi shiorlar, anvoyi gullar, rango-rang sharlar barcha- barchasi kishida bayram ruhiyatini uyg’otadi.
Tadbirni ikki boshlovchi olib boradi.
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, qadrli ota-onalar, mehribon ustozlar. Bugungi «9-may - Xotira va qadrlash kuni»ga bag’ishlangan tadbirimizga xush kelibsiz.
2-boshlovchi: - Xalqimiz qatag’on yillarida va Ikkinchi jahon urushida ko’plab jondan aziz farzandlaridan judo bo’ldi. Urushda halok bo’lgan ne-ne yigitlarimizning qabrlari o’zga yurtlarda qolib ketdi.
1-boshlovchi: - Barchamizga ma’lumki, bu yilgi «Xotira va qadrlash» kuni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 71 yilligiga to’g’ri keldi. Garchi oradan shuncha yil o’tgan, hali ham urush jarohatlari bitmagan, ayriliq jafolari insonlar yuragidan ketmagan.
2-boshlovchi: - Butun insoniyat la’natlangan urush xotiralari tinchlikning naqadar aziz ne’mat ekanligini, uni ko’z qorachig’idek asrash lozimligini doimo eslatib turadi. Nafaqat 45-yillar, balki qatag’on yillardagi vahshiyliklar ham odamlarni tinchlikka bong urushga da’vat etadi.
1937-1939-yillar . ..Qatag’onning qaro kunlari... O’zbekistonda o’sha yillari manbalarda qayd etilishicha, 43mingdan ziyod kishi qamoqqa olindi. Ularning 6ming 920 nafari otib tashlandi. 30ming nafari esa qamoqqa va surgunga mahkum etildi.( Muhammad Yusuf asari asosida tayyorlangan kichik sahna ko’rinishi namoyish etiladi.Sahnaga Abdulla Qodiriy, tergovchi va boshlovchilar chiqadilar.)
1-boshlovchi: Mana, Qodiriyni qilishar so’roq:
Tergovchi (g’azabga to’lib): «O’tgan kunlar» degan she’r siznikimi?
Qodiriy: Ha, ammo u she’r emas...
Tergovchi: Jim bo’ling, axir. She’rmi yo boshqami avtori siz-da!

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling