Samarqand davlat universiteti g. S. Pardayeva tarbiyaviy ishlar metodikasi


Download 0.94 Mb.
bet60/85
Sana24.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1294125
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85
Bog'liq
O\'QUV QULLANMA TIM 2022

2-boshlovchi: - Qariyb, 4 yil davom etgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga juda ko’p kulfatlar soldi. Urush yillari bir yarim million yurtdoshimiz shiddatli janglarda ishtirok etdi. 450 mingdan ziyod mard yigitlar tinchlik, osuda turmush uchun bo’lgan qonli janglarda halok bo’ldilar. Urushda yetim qolgan 200mingdan ortiq bolani o’zbek xalqi o’z tarbiyasiga oldi. Toshkentlik Shoahmad Shomahmudov va Bahriniso opalar oilasi 14 nafar, Hamid Samatovlar oilasi 13, Samarqandlik Fotima Qosimovalar oilasi esa 10 nafar yetim bolani o’z qarmog’iga olishib , bor mehrini, qalb qo’rini berib, voyaga yetkazdilar.
2-boshlovchi: - Bu fidoyi insonlar xotirasiga azim shahrimizning «Xalqlar do’stligi maydoni» da yodgorlik majmuyi ham o’rnatildiki, u bizlarni bar doim tinchlikning qadriga etishga, yurtimizga, millatimizga munosib farzand bo’lishga undaydi.
(«Hazrati inson» qissasidan olingan kichik sahna ko’rinishi namoyish yetiladi. Uni o’qituvchining o’zi tanlaydi. Shundan so’ng o’quvchilar «Tinchlik» qo’shig’ini kuylashadi.)
1-o’quvchi: - «Xotira muqaddas qadriyatdir» deyishadi ko’pni ko’rganlar. O’tganlarning xotirasini aziz bilib, ularni eslash, ziyorat qilish ota-bobolarimizdan qolgan, ularning qon-qoniga singib ketgan eng yaxshi odatlardan biridir. Ikkinchi jahon urushida halok bo’lganlar xotirasiga atab mamlakatimizning turli burchaklarida ularga bo’lgan chuqur ehtiromning ramzi sifatida yodgorliklar o’rnatildi. Bu kun «Motamsaro ona» haykali qoshida, «Xotira» xiyobonlaridan ziyorat qiluvchilarning qadami uzilmaydi.
2-o’quvchi: - Frontdan omon qaytgan va front orqasida o’z mehnatlari bilan g’alabaga hissa qo’shgan yurtdoshlarimiz, urush faxriylari bu kun e’zozda. Shunday baxtli, saodatli kunlarda yashash nasib yetgani uchun ham biz ular bilan faxrlanamiz.
3-o’quvchi: - Har birimiz keksa ota-onalarimiz, buvi-buvalarimizning issiq-sovug’idan, sog’liqlaridan xabardor bo’lib turaylik. Ulardan mehr va muruvvatimizni ayamaylik. Baxtimizga ota-bobolarimiz, nuroniy momolarimiz, munis onalarimiz omon bo’lsinlar.
4-o’quvchi: - «Vatanni sevmoq iymondandir» deyilgan muqaddas hadis-u sharifda. Shu mo’tabar tuproq, shu aziz zaminni avaylab-asrashga barchamiz burchli ekanmiz, Vatanimizga munosib farzandlar bo’lib, etishishni maqsad qilib qo’yaylikki, bu maqsad bizni nurafshon kelajak sari dadil yetaklasin.
5-o’quvchi: - Kelajagi buyuk davlatning munosib egalari bo’laylik. Uning sarhadlarida hech qachon o’q ovozi eshitilmasin. («O’zbekiston» qo’shig’i ijro etiladi. Sahnada boshlovchilar yakunlovchi so’zlarini aytishadi).
1-boshlovchi: - Aziz o’quvchilar, qadrli mehmonlar. Bugun biz «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda ishtirok etdik va xotiralar ummonida olis-olislarga, tariximizning o’chmas sahifalariga bir qur nazar tashladik. Shu munavvar kunlarning bizga naqadar azizligini o’sha muqaddas xotiralar yana bir bor eslatdi. Tinchlikni, ona zaminni asrash lozimligini yodga soldi.
2-boshlovchi: - Shu musaffo osmon, shu yorug’ kunlar haqqi-hurmati, tinchligimiz barqaror bo’lsin. Ozod, obod vatanimiz yanada gullasin. Go’daklar yuzidan kulgu so’nmasin. Barchangizga baxt-iqbol doimo yor bo’lsin! (o’quvchilar mehmon bo’lib kelgan otaxon-u onaxonlarga gullar tutadilar. Mayin musiqa sadolari ostida tadbirga yakun yasaladi).

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling