Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geologiya yo’nalishi talabasining “Litologiya” fanidan


Download 279.57 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi279.57 Kb.
#1496199
1   2   3   4
Bog'liq
letalogiya 4

Shu bilan bir vaqtning o'zida elyuviy ichida ulaming qayta taqsimlanishi sodir bo'lib, mahalliy yuqori konsentratsiyalari - temir va alyuminiyning ma’danli to'plamlari (boksit) vujudga keladi. Bu jarayonlar natijasida ikkita mutlaqo boshqacha turlar: a) о ‘z joyida qoluvchi va nurash qobig'ini hosil qiluvchi qattiq faza va b) nurayotgan substratdan chiqib ketuvchi bir qator komponentlarning eritmasi hosil bo'ladi. Litosfera yuzasida moddalar fazoviy differensiatsiyasining olamshumul akti sodir bo'ladi.

SHELF CHEKKASI DENGIZOSTI TEKISLIKLARINING FATSIAL KOMPLEKSI

SHELF CHEKKASI DENGIZOSTI TEKISLIKLARINING FATSIAL KOMPLEKSI

Bu fatsial kompleks dengiz sohilidan uzoqda joylashgan shelf maydonini qamrab oladi. Unda dengiztubi oqimlari va markaziy tinish fatsial mintaqalari farqlanadi. Dengiz tubi oqimlarif atsial mintaqasi dengiz oqimlari umumiy tizimiga kiruvchi doimiy oqimlar faoliyat ko‘rsatadigan maydonlami o'z ichiga oladi. Bu fatsial mintaqada yotqiziqlari bo‘g‘ozlarda oqimlar faoliyati tyfayli vujudga kelgan gpaviyli, ba’zan g‘o‘lakli yirik donali qumlar ham mavjud. Yotqiziqlarning asosiy qismini mayda donali qumlar, gorizontal qat-qat gillar bilan almashinib yotuvchi bir tomonlama qiyalangan qiyshiq qat-qat alevrolitlar tashkil etadi

Kuchli oqimlar tufayli yuvilgan gil va ohaktosh qatlamlari yuzasida graviy, shag'al, chig‘anoq boiaklari, fosforit donalari, marganesli yoki limonitli g‘uddalarning qoldiq to‘plamlari yoki temir, marganes ma’danlari va glaukonitning psevdooolitli qoldiq to‘plamlari hosil bo‘lishi mumkin. Dengiztubi oqimlari fatsial mintaqasida glaykonitli qumlar, fosforitli gravelitlar, xpom, uran va boshqa metallarning epigenetik ma’danlari hamda neft va gaz uchrashi mumkin.

Bu fatsial mintaqa yotqiziqlarining qalinligi o‘nlab metrdan yuzlab metrgacha boradi.

Markaziy tinish fatsial mintaqasi loyqa va muallaq zarralar cho‘kadigan dengiz havzasining markaziy chuqur qismini cgallaydi. Bu yerda baliq qoldiqlari mavjud bo‘lgan piritlashgan yupqa qatlamli qo‘ng‘irsimon kulrang, qora gillar keng tarqalgan. Ularning orasida plitali mergellar, kremniyli va bitumli slaneslarning qatlamchalari uchraydi. Mikroko‘chkilar, oqish belgilari hamda diatomeylar, foraminiferalar, oqimlar olib kelgan quruqlik o'simliklarinmg qoldiqlari kuzatiladi. Bu fatsial mintaqada nodir qimmatbaho metallarga boy bo'lgan kremniy-bitumli yotqiziqlar va yonuvchi slaneslar shakllanadi. Shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, ushbu fatsial mintaqalaming mo‘’tadil va turg'un zonalarida galmiroliz jarayoni kechishi mumkin. Buning natijasida fosforitlar, temir va marganesning konkretsiyali foydali qazilmalari vujudga keladi.


Download 279.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling