Samarqand davlat universiteti german m. V., Yuldashev sh. Q., Usmanova d. Q.,Xalikova L. N


 Elektron tijoratda axborot almashinuvi


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/129
Sana24.09.2023
Hajmi4.58 Mb.
#1687032
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   129
5.2. Elektron tijoratda axborot almashinuvi 
Хalqaro iqtisodiyotda AKT asosiy ishlab chiqarish vositasiga aylanmoqda. 
Negaki, AKT operatsion xarajatlarni kamaytirish, kapitalni ko‘paytirish, mehnat 
unumdorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Internet esa, o‘z navbatida, masofa bilan 
bog‘liq bo‘lgan barcha to‘siqlarni olib tashlamoqda. Shu bilan birga, bunday 
iqtisodiyotda intellektual mehnatning roli ortmoqda, elektron hujjat almashinuvi va 
elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish, biznesni elektron tarzda amalga oshirish va 
boshqaruvda qarorlar qabul qilishni tezlashtirishga erishilmoqda. 
Iqtisodiy munosabatlarning axborot texnologiyalari bilan hamohangligi o‘z 
navbatida, elektron tijoratning shakllanishiga zamin yaratmoqda. Elektron tijoratga 
turli kitoblarda turlicha ta’rif berilgan bo‘lib, umumiy holda olib qaraganda, elektron 
tijorat — bu tovar va xizmatlar almashinuvi jarayonlarini axborot tizimlari va Internet 
orqali amalga oshirishdir. «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 


45 
Qonunining 3-moddasida «elektron tijorat» tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: 
«Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga 
oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir». Elektron 
tijoratning elektron axborot almashinuvi(EDI), electron kapital harakati(EFS), 
elektron savdo, elektron pul muomalasi, Internet marketing, Internet banking, 
elektron sug‘urta xizmatlari va masofaviy ta’lim kabi turlarini ajratish mumkin. Ular 
jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini oshirishga, iqtisodiyotning barqarorligini 
ta’minlashga, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga, axborot mahsulotlari va 
xizmatlar hajmini oshirishga, milliy bozorda raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat 
qiladi. Elektron savdoni amalga oshirish uchun savdo maydonchasi va maxsus 
vitrinalar talab etilmaydi, ko‘p sonli ishchilar kun bo‘yi ofisda o‘tirishi shart emas
barcha xizmatlar faqatgina sayt orqali amalga oshirilib, xatto reklama ham Internet 
marketing bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa, narxlarning an’anaviy do‘konlarga 
nisbatan past bo‘lishiga va servis sifatining ko‘tarilishiga olib keladi. 
Elektron tijoratda axborot almashinuvi juda tez amalga oshiriladi, bir kecha-
kunduzda 24 soat, haftada 7 kun va yiliga 365 kun to‘xtovsiz va tinimsiz xizmatdan 
foydalanish imkoniyati mavjud, kataloglar orqali zarur narsani osonlik bilan topish va 
analoglari bilan solishtirish mumkin. Biroq kishilarda elektron tijoratga nisbatan 
ishonchsizlik ham mavjud bo‘lib, bu avvalo, «ushlab ko‘rish», «kiyib ko‘rish» kabi 
odatiy ehtiyojlardan kelib chiqadi. Shu bilan birga, logistika muammosi, pul 
o‘tkazmalari va soliq to‘lash masalalari ham dolzarb bo‘lib hisoblanadi. Elektron 
tijoratda pul o‘tkazmalari elektron pul ko‘rinishida, maxsus to‘lov tizimlari orqali 
amalga oshirilishi tadbirkor va xaridorlar uchun ancha qulay hisoblanadi. Hozirda 
O‘zbekistonda UZCARD — banklararo to‘lov tizimi, WoyWo‘, Upay, Payme — 
Internet to‘lov tizimlari va Click — SMS to‘lov tizimidan keng foydalanilmoqda. 
Xususan, 
2005-yil 
Axborotlashgan 
jamiyatda 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining insonlar hayotidagi o‘rni tobora ortib bormoqdaki, bu iqtisodiyot 
va biznesning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Kishilarning turmush tarzi 
o‘zgarib, axborot va xizmatlarga bo‘lgan talabi ortmoqda. 16-dekabrda «Elektron 
to‘lovlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan bo‘lib, 
elektron to‘lovlar bo‘yicha munosabatlarni tartibga solishda huquqiy asos 
hisoblanadi. 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling