Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
Download 294.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot manbalari
- 9-MAVZU. FEMINIZM G‟OYALARINING ShAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
Asosiy adabiyotlar:
Antonov A.I. Sotsiologiya semi. Uchebnik. – Moskva: INFRA-M, 2012. Antonov A.I. Mikrosotsiologiya semi. –Moskva, 2013. Chernyak Ye. M. Sosiologiya semi: Uchebnoye posobiye. – Moskva: Izdatelsko-torgovaya korporasiya «Dashkov i K», 2004. - 238 s. Qo„shimcha adabiyotlar: Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent. O‗zbekiston nashriyoti, 2017. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va manfaatlarini ta‘minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent. O‗zbekiston nashriyoti, 2017. Tartanovskaya I.N. Gendernaya sosiologiya. Uchebnik. - Moskva., 2005. Axborot manbalari: http: // gf.nsu. ru/ http: // www.sociol.com/ http: // www.nitehwk.com/alleycat-fag. html http: // www.sci. econ./ http: // www.sci. anthropology/ http: // www.sci. environment 9-MAVZU. FEMINIZM G‟OYALARINING ShAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI Xotin-kizlarning an‘anaviy sosial makomi. Xotin-qizlar sosial maqomi va androsentristik yondashuv. G‘arb davlatlarida feminizm harakatining shakllanishi. Feminizm harakatining rivojlanish bosqichlari. Feminizm harakatining ustuvor yo‗nalishlari. Sharq mamlakatlarida feminizmning ommalashish xususiyatlari. Feminizmning zamonaviy shakllari. Har bir davrning o‗z taraqqiyot omili, ehtiyoji, talabi va hayotiy tamoyillari mavjud. Tabiiyki, ularni shakllantirish va rivojlantirish, ularga alohida ma‘no-mazmun bag‘ishlash, bu davrda davlat, jamiyat hayoti, ijtimoiy-siyosiy institutlar faoliyatining aniq yo‗nalishlarini belgilab beruvchi ulkan tarixiy voqealar bo‗ladi. Bugungi kunda diyorimizda xotin-qizlarga katta e‘tibor qaratilmoqda. Jamiyatimizning turli sohalarida ularning faol ishtirok etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizda ayolga bo‗lgan munosabat o‗z tarixiy ildizlariga ega, ajdodlarimiz doimo ayollarni qadrlashga, ularga nisbatan hurmat va izzatda bo‗lishga da‘vat etishgan. Respublikamiz BMTning ―Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini yo‗q qilish haqida‖gi konvensiyasi, Xalqaro mehnat tashkilotining – ―Onalikni muhofaza qilish to‗g‘risida‖gi, ―Mehnat va mashg‘ulotlar sohasidagi kamsitishlar to‗g‘risida‖gi konvensiyalariga MDH davlatlari orasidan birinchilar qatorida qo‗shildi. Bu hujjatlar xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza qilish, ularning oila va umuman jamiyatdagi mavqyeini mustahkamlashga qaratilgan me‘yoriy-huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismidir. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, intilish va tashabbuslarini qo‗llabquvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi ―Xotin-qizlarni qo‗llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‘risida‖gi PF-5325-sonli Farmoni qabul qilinganligi buning yorqin ifodasidir. Mazkur Farmon bilan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sosial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o‗z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‗zsiz rioya qilinishini ta‘minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlashga alohida e‘tibor qaratildi. Ushbu Farmonni qabul qilishdan asosiy maqsad xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta‘minlashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqib, ularning oila va jamiyatdagi o‗rni va mavqyeini mustahkamlash, salohiyatini to‗la namoyon etishi, oilalardagi ijtimoiyma‘naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. O‗zbekiston ayollari davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etmoqda, ularning oiladagi mavqeyi mustahkamlanmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy yo‗naltirilgan siyosat xotin-qizlarimizga chinakam baxtli yashashi uchun, ularning huquq hamda erkinliklarni ta‘minlash, intellektual va ma‘naviy yuksalishi, kasbiy hamda oilaviy majburiyatlarni hamohang tarzda bajarishi uchun zarur imkoniyatlar yaratayotir. Bunday erkin faoliyat mamlakatimizda xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar tufaylidir. Binobarin, mazkur ilmiy-amaliy anjumanda ham uzoq yillar davomida to‗plangan xotin-qizlar hayotidagi tajribalar, erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda bugungi kunda xotinqizlar ijtimoiysiyosiy faolligini oshirish borasidagi mavjud masalalar yuzasidan fikr almashish maqsad qilib qo‗yilgan. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling