Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet53/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Biografik jihatlar qatoriga shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va uning ma’lumoti darajasini kiritish mumkin. Boshqaruv faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishda mavqe va ma‘lumot ham muhim omil sanaladi. Biznes boshqaruvi sohasidagi olim R. Stogdillning ta‘kidlashicha, muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei o‗rtasidagi bog‗liqlik 94% ga teng hamda ma‘lumoti o‗rtasidagi
1 YAponiyalik tadqiqotchi T. Kono bog‗liqlik esa, 88% ga tengdir. ma‘lumotiga ko‗ra, oddiy yapon menejeri, albatta, muxandislik

1 Р. Стогдилл. Пособие по управлению. М., 2001
mutaxassisligi yoki ijtimoiy fanlar bo‗yicha universitet diplomiga ega bo‗lishi shart. Ko‗p hollarda menejerlar ikki mutaxassislik diplomiga ega bo‗lsa, bir qator etakchi biznesmenlar va yirik rahbarlarning biografik tahlili ularning yuqori ma‘lumotga ega ekanliklaridan dalolat beradi.103
SHaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei rahbarlik faoliyatini bajarishida kuchli omil hisoblanadi. Buning ahamiyati ayniqsa, sharq madaniyati misolida yaqqol ko‗zga tashlanadi. Hududimizdagi oddiy fuqaro rahbar shaxsida nufuzli, o‗ziga to‗q va to‗la-to‗kis insonni ko‗rishni xohlaydi. Rahbar mayda iqtisodiy muammolarni bemalol hal qila olishi, katta ijtimoiy aloqalarga molik ekanligi bilan hamda o‗z aqliy qobiliyati, tajribasi bo‗yicha boshqa xodimlardan ustun turishi lozim. Rahbarning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei dastlabki paytlarda etakchi rolini o‗ynaydi. Keyinchalik esa u haqidagi bo‗lgan jamoa tasavvuri rahbarning vazifalarni ado etish qobiliyatiga borib taqaladi. Ammo, shaxs shakllangan muhitning rahbarlikka, shuningdek, oilaviy an‘analarning boshqaruv qobiliyati rivojlanishiga ta‘sirini o‗rganish ham o‗ta ahamiyatlidir. Haqiqatan, rahbar oilasida tug‗ilish, ulg‗ayish davomida ota tajribasini o‗zlashtirish dominantlikka, ya‘ni ustunlikka moyillikning shakllanishiga asos bo‗lishi mumkin.
Biznes boshqaruvi sohasidagi olim F.Fidler ta‘rifi bo‗yicha «kompaniya prezidenti bo‗lishning eng ishonchli omili – kompaniyaga egalik qiladigan oilada tug‗ilishdir» degan fikr chuqur ma‘noga ega. Lekin, Li YAkokka kabi buyuk menejerning biografiyasi tamoman yuqoridagi ta‘rifni inkor etadi104. Binobarin, bu shaxs rahbarlikning past qatlamlaridan, uning eng yuqori cho‗qqilariga ko‗tarildi.
Bir qator mashhur tadbirkorlar o‗tmishini tahlil etish natijasida aniqlandiki, ularning ko‗pchiligi oilada to‗ng‗ich farzand bo‗lib o‗sishgan. Darhaqiqat, oilada to‗ng‗ichlik o‗z mavqeiga ko‗ra ma‘lum mas‘uliyat ham demakdir. O‗zbek oilalaridagi ko‗p bolalik sharoiti to‗ng‗ich farzandga ota-onaga madadkor bo‗lish, kichiklarga rahnamolik qilish va nazoratni o‗z bo‗yniga olishini taqozo etadi. Bu esa shakllanayotgan shaxsning tashkilotchilik va nazoratga bo‗lgan imkoniyatini yanada oshiradi, kelgusi faoliyatida o‗z-o‗zini idora eta olish qobiliyatini shakllantiradi.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling