Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet54/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70
Hayotiy tajriba. Inson tajribasi va uning boshqaruv faoliyatida namoyon bo‗lishi ikki asosiy masala orqali tahlil qilinadi. Birinchidan, yuqori bo‗g‗in rahbari uchun boshqaruv tajribasi zarur, shuningdek, ulardan hayotiy tajribaga ega bo‗lish ham talab qilinadi. Ikkinchidan, o‗rta bo‗g‗in rahbarida esa o‗z sohasi bo‗yicha kamida uch yillik tajriba bo‗lishi lozim. Bu toifa rahbar tajribasini tahlil etar ekanmiz, asosiy e‘tibor kasb sohasiga qaratiladi.
Rahbar jinsi. Inson jinsi, uning ayni bir rolga amal qilishini taqozo etadi. Ayniqsa, bu holat sharq mamlakatlari, hududimiz sharoitida yaqqol namoyon bo‗ladi. Bu hududda erkak va ayolga xos jinsiy ijtimoiy normalar aniq belgilangan. Modomiki shunday ekan, inson amalga oshirayotgan ko‗pgina hatti-harakat aynan shu jinsiy rol mezoni ta‘sirida idrok etiladi. Hozir, insonning jinsiy mansubligiga qaramay, kasb yoki lavozim pog‗onasida katta imkoniyatlar paydo bo‗layotganini ko‗ramiz. Mamlakatimizda tadbirkorlik va davlat boshqaruvi sohasida ayollarga katta yo‗l ochilgan. Ammo, shunga qaramay, rahbar so‗zi ko‗pincha erkak jinsi bilan ifodalanadi va negadir, ayol rahbar idora etadigan sohalar, jumladan, maorif, sog‗liqni saqlash, aholiga xizmat ko‗rsatishdan nariga o‗tilmaydi.
Haqiqatdan ham ayolning u yoki bu sohada boshqaruv lavozimini egallashi, ko‗p jihatdan, bu soha ayollarga mosmi yoki erkaklargami degan savolga bog‗liq bo‗lib qolgan. Bir qator tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, erkak va ayol aralash ishlaydigan guruhda ko‗pincha erkaklar tashabbusni o‗z qo‗llariga olar emish. Tadqiqotchi E. Xollander tajribasiga ko‗ra, guruh doirasida hal etiladigan vazifani echishda erkaklar ko‗proq maqbul yo‗l topa olishadi, ayol va erkaklardan iborat aralash guruhda esa ustunlikka intilishadi. Olimning tushuntirishicha, erkaklarga xos bunday hatti-harakat, ko‗p jihatdan, jamiyatda o‗rnatilgan normalar va erkaklar xulqiga oid ustanovka, ya‘ni kutuvlardan kelib chiqadi. Bunday ustanovkalar asosidagi standartlar atrofdagilarning bo‗layotgan voqea-hodisalarni idrok etishiga ham katta
1. Masalan, psixolog R. Rays o‗tkazgan tajribada quyidagi ta‘sir etadi
manzara kuzatiladi: tajriba davomida, harbiy o‗quv yurti kursantlarida ayollarga nisbatan ma‘lum (unchalik ijobiy bo‗lmagan) ustanovka shakllantirilgan. SHundan so‗ng, kursantlarni uchtadan qilib ikki guruhga bo‗lishgan va laboratoriya sharoitidagi tajribada qatnashishga taklif etishgan. Ikki guruh kursantga ikki rahbar – biri erkak, ikkinchisi ayol boshchilik qilgan. Guruhlar ma‘lum bir murakkab vazifalarni hal etishgan va echim davomida rahbar faol o‗rinni egallagan. Aniqlanishicha, ayol rahbarlik qilgan kursantlar guruh muvaffaqiyatini tasodifga yo‗yishgan, erkak rahbar bo‗lgan guruhdagi kursantlar esa muvaffaqiyatda aynan rahbarning qobiliyatini etakchi deb ko‗rsatishgan1. Mazkur tajriba shundan dalolat beradiki, atrofdagi voqealarni baholashimiz ko‗p jihatdan ayni jamiyatda qabul qilingan norma va me‘yorlarga bog‗liq.
Ayol rahbarning boshqaruv faoliyatiga oid bir nechta xususiyatlarini ko‗rsatib o‗tish mumkin.
Birinchidan, ayol rahbar o‗z jinsiy xususiyatiga ko‗ra oiladagi yumushlarning asosiy qismini o‗z zimmasiga oladi. Aynan shu ikki bandlik sohasi – boshqaruv va oilani uyg‗unlashtirish ayol rahbar oldida turuvchi asosiy muammolardandir. SHu borada ayol rahbarga uning oila a‘zolari, turmush o‗rtog‗ining yordam berishi juda muhimdir. Hozirga kelib, hayotning turli sohalariga zamonaviy texnik moslamalarning kirib kelishi bir tomondan uydagi yumushlarni engillashtirsa, ikkinchi tomondan ishxonadagi boshqaruv faoliyatiga ko‗mak beruvchi kompyuter jihozlaridan foydalanishda o‗z aksini topmoqda.
Ikkinchi asosiy xususiyat, ayol rahbarning jamoatchilik tomonidan idrok etilishidir. Ayol rahbar o‗z qo‗l ostidagi xodimlarni boshqarar ekan, ko‗pchilik erkak xodimlar ayol rahbarga bo‗ysunishni o‗zlari uchun lozim topmaydilar. Erkak kishi uydagi u bu yumushlarni o‗z bo‗yniga olib, ayoldan biron xo‗jalik masalalarida maslahat so‗rashi

1 Кричевский Р. Л., Дубовская Е. М. Социальная психология малой группы: Учебное пособие для вузов. — М.: Аспект Пресс, 2001.— 318 с)
1 50 книг и великих идей, которые вам помогут изменить свою жизнь.
mumkin, lekin rasmiy hayotga oid ko‗p hollarda ayollarga nisbatan mensimaslik va ishchan masalalarda ishonchsizlik bilan qarash, afsuski hozirgacha saqlanib qolmoqda.
Uchinchi asosiy xususiyat, ayol kishi rahbarlik qilishi mumkin bo‗lgan kasblar sohasi anchagina cheklangandir. Xususan, texnikaga va ishlab chiqarish texnologiyalariga asoslangan jabhalarda ayollar ulushi kam va rahbarlik qilish imkoniyatlari ham anchagina cheklangan. SHu bilan birga, insoniy munosabatlarga asoslangan sohalarda, masalan huquq, pedagogik ta‘lim, meditsina kabi sohalarda ayollar muvaffaqiyatli boshqaruv olib boradilar105.
Ayollarning boshqaruv faoliyatini tahlil qilar ekanmiz, ayol rahbarlarga yordam beruvchi ayrim shaxs xislatlari ustida ham to‗xtalib o‗tishni lozim topamiz. Xususan, bunday xislatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Muloqotga kirishimlilik, muomalani yoqtirish.

  2. Hamma narsada tartib o‗rnatishga intilish.

Ayol kishi xarakterining egiluvchanligi va ko‗ngilchanlikka oid xislatlar uning odamlar bilan bo‗lgan muloqot shakllariga, o‗zaro munosabatni ravon va mo‗‗tadil ushlab turishga katta yordam beradi. Aynan sanab o‗tilgan jihatlar esa, muloqotdagi asosiy tarkibiy qismlar bo‗lib, boshqaruv faoliyatining negizlaridan biridir. Erkaklarning esa ko‗proq ishga va vazifaga yo‗nalganligi sababli xodimlar bilan bo‗lgan munosabatlarda ayrim paytda qaltisliklar ko‗proq uchrashi mumkin.
Boshqaruv amaliyotida va shuningdek, ba‘zi bir adabiyotlarda, erkak rahbar faoliyati ayol rahbarnikiga nisbatan anchagina samarali degan tasavvur mavjud. Odatda, bunday fikrga quyidagi dalillar keltiriladi: erkak yorqin ifodalangan mantiqiy fikrlash xususiyatiga ega emish, ayol esa ko‗pincha hissiyotga; erkak o‗z ishiga fidoyi desak, ayol qimmatli vaqtini oilaga sarflaydi. CHunonchi, erkak turli salbiy ta‘sirlarga, stresslarga chidamli bo‗lsa, ayol murakkab vaziyatda hatto aqlini «yo‗qotib» qo‗yishi mumkin ekan.
Ammo, hayot buning aksini ko‗rsatib turibdiki, ayni payt ishlab chiqarishni samarali boshqarayotgan ayollarni ko‗plab uchratish mumkin. Jinsiy tafovutlarni tahlil etishda samaradan ko‗ra boshqaruv uslubi haqida gapirsa, o‗rinliroq bo‗ladi. Erkak rahbar asosiy diqqate‘tiborini ishlab chiqarish muammolariga taalluqli vazifalarga qaratsa, ayol rahbar ko‗proq jamoaning ijtimoiy–psixologik jihatlariga, psixologik muhitni sog‗lomlashtirishga qaratadi, degan xulosalar ham kam emas. Albatta, bu fikr bir qancha bahs va munozaraga sabab bo‗lsada, endilikda qo‗shimcha tadqiqotlar o‗tkazishni ham taqozo etayapti.
Xo‗sh, aslida erkak va ayol rahbarlar muvaffaqiyatga erishishlarida ma‘lum farq, tafovut mavjudmi, degan savolga quyidagi javobni olamiz. Taniqli olima F. Denmark, katta hajmdagi tadqiqotlari asosida shunday xulosaga keldiki, boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan106. Ayol va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, ayollar jamoadagi insoniy munosabatlarga ko‗proq e‘tibor beradilar. Erkak va ayol menejerlarga xos jinsiy psixologik farqning bo‗lishi tabiiy, lekin jamoa oldida turgan vazifani bajarish, ko‗zlangan maqsadga erishish borasida jinsiy tafovut kuzatilmaydi. Nazarimizda, bu muvaffaqiyatlar sababi jinsga xos bo‗lmagan omillar bilan belgilanadi. Masalan, shaxsning ko‗pgina ishchanlik fazilatlari jinsiy moyilliklar bilan emas, balki ijtimoiy qadriyatlar, xarakterdagi xususiyatlarga asoslanadi. Xususan, insoniy munosabatlarga e‘tibor, ko‗ngilchanlik, boshqaruvda demokratik tamoyillarga suyanish, ayollarda ko‗proq uchraydi va bu ko‗rsatkichlar ma‘lum ma‘noda jamoa faolligiga ijobiy ta‘sir etuvchi omillardir.
Bir qator tajriba va kuzatish natijalari boshqa mazmundagi ma‘lumotlarni ham beradi. Rahbarlik darajasi qanchalik yuqori bo‗lsa, erkak va ayol rahbar o‗z uslublarida shunchalik qarama-qarshi jins xususiyatlarini namoyish etadilar. Erkak rahbar erkakka xos xislatdan tashqari ayolga xos ayrim fazilatlarni ham boshqaruv amaliyotida qo‗llashini ko‗ramiz: ko‗ngilchanlik, nozik didlik, intuitsiya... O‗z navbatida ayollar ham erkaklarga xos sifatlarni o‗z faoliyatlarida qo‗llaydilar: mustahkam iroda, qat‘iylik, faollik, tirishqoqlik... Demak, boshqaruv samarasini jinsiy mansublik bilan bog‗lash noto‗g‗ridir. Bu o‗rinda boshqa omillar ahamiyatliroq hisoblanadi. Misol uchun intellekt, qadriyatlar, shaxs xususiyatlari, ma‘lumot darajasi, boshqaruv sohasidagi tajriba kabi ko‗rsatkichlarni keltirish mumkin.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling