Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


-MAVZU. O„ZBEKISTONDA XOTIN-KIZLAR IJTIMOIYSIYOSIY FAOLLIGINI QO„LLAB-QUVVATLASH


Download 294.93 Kb.
bet55/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
13-MAVZU. O„ZBEKISTONDA XOTIN-KIZLAR IJTIMOIYSIYOSIY FAOLLIGINI QO„LLAB-QUVVATLASH

  1. O‗zbekistonda gender tenglik tamoyillarining me‘yoriy asoslari.

  2. Siyosiy faoliyatda gender muvozanatni ta‘minlash yo‗nalishlari.

  3. Ta‘lim va bandlik soxasida xotin-kizlar faolligini oshirish.

  4. O‗zbekistonda xotin-kizlar ijtimoiy faolligini qo‗llab-quvvatlash.

  5. Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‗llab-kuvvatlash va ijtimoiy himoyalash.

Zamonaviy jamiyatlarda oila instituti ma‘lum transformatsiyalarni boshidan kechirmoqda. Ijobiy o‗zgarishlar, yangilanishlar xotinqizlarning oilaviy va kasbiy hayotda teng huquq va imtiyozlarini mustahkamladi. Hozirda aksariyat xotin-qizlar yuqori intellekt, nufuzli dunyoviy bilim va malakaga ega ijtimoiy faol qatlam sifatida jamiyat farovonligi yo‗lida xizmat qilmoqda. Oilaviy munosabatlarda ayol shaxsiyati salohiyatining oshib borishi, ularda sotsial mobillik va moslashuvchanlik imkoniyatlarini yanada kengayishiga turtki bo‗ldi.
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq xotin-qizlarga g‗amxo‗rlik ko‗rsatish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‗llabquvvatlash, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma‘naviy hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, qiz bolani zamonaviy kasbhunarga o‗rgatish, ularni sportga keng jalb etish, sog‗lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‗tarildi. Asosiy qonunimiz – Konstitutsiyamizning 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklar barcha sohalarda teng ekanligi belgilab qo‗yilgan. Ayollarning jamiyatdagi, davlat ishlari va oiladagi rolini yuksaltirish davlatimizning ustuvor siyosatidir. Hukumat tomonidan chiqarilayotgan Davlat dasturlari va qarorlarida ayol, oila, farzand manfaati hamisha ustuvor bo‗lib kelmoqda. Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari, saylovlarda ishtiroki, parlamentda o‗z o‗rniga ega bo‗lishi, boshqaruv va hokimiyat idoralarida xizmat qilishi to‗liq kafolatlangan. Xotin-qizlarning turlituman ijtimoiy institutlar (ayollar kengashi, tadbirkor ayollar uyushmalari, partiyalardagi faoliyati, xayriya tashkilotlari va h.k)ning mavjudligi turli manfaat va nuqtai nazarlarni ifodalash, ehtiyojlarni qondirish, muhofazalash imkonini beradi.
O‗tgan yillarda bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‗lsa-da, shu paytgacha xotin-qizlar manfaatlarini ro‗yobga chiqarish bo‗yicha samarali mexanizm yaratilmagan bo‗lib, buning oqibatida joylarda ko‗plab masalalar to‗planib qolgan, ularning echimi bo‗yicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ta‘biri bilan aytganda:―... Ayollar uchun doimiy ish joylari yaratish borasidagi muhim masala bilan bir qatorda, oilaviy biznes, kasanachilik, hunarmandchilik, tomorqa xo‗jaligini keng
98. SHu bois, O‗zbekiston rivojlantirish ishlari ham oqsamoqda‖
Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‗yicha ―Harakatlar strategiyasi‖da aholini ijtimoiy himoya qilish va sog„liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo„nalishlardan biri sifatida belgilandi.
Bunday islohotlarni amalga oshirish zarurati quyidagi muammolarning keskinligidan kelib chiqib yanada dolzarblashdi. Xususan;
- Jinoyatchilikning jinsiy kesimdagi tahliliga ko‗ra 90-95% jinoyatchilik asosan erkaklar zimmasida bo‗lsa, 5-10% xotin-qiz jinoyatchiligini tashkil etadi. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi asosan mulkka qarshi sodir etilgan jinoyatlardan iborat. Ammo, ozodlikdan mahrum etish muassasalaridagi xotin-qizlar orasida shaxsiyatga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar ko‗pchilikni tashkil etishi. Xotin-qizlar orasidagi jinoyatchilik 2014 yilga nisbatan 2017 yilda 4.6% ga kamaygan bo‗lsa-da viloyatlar kesimida Farg‗onada 8,9%, Surxondaryoda 2,7% Buxoroda 0,3% ga o‗sgan. Jinoyatlar turi bo‗yicha ayollar orasida bezorilik 16,7%, firibgarlik 13,1%, qasddan tan jarohati etkazish 10,7%, tovlamachilik
8,8% ga oshgan3. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan,

98Мирзиѐев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак // Халқ сўзи газетаси. 2017 йил 16 январь,
№11 (6705).
3 http://kamolot.uz
shuningdek, o‗tgan yili maxsus ro‗yxatdan chiqarilgan 2 587 nafar diniy oqim a‘zosi bo‗lgan ayollarning hayotda o‗z o‗rnini topishi, ijtimoiy
1. muammolarini hal etishga alohida e‘tibor qaratildi
Ushbu raqamlarga binoan ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar miqdori ortmoqda va jinoyatlarining sifat ko‗rsatkichlarida ham salbiy o‗zgarishlar kuzatilmoqda. SHunday bo‗lsada respublikamiz rahbariyati, xususan, muhtaram Prezidentimiz ayollarga nisbatan insonparvarlik munosabatini bildirib kelganlar. Har yili qabul qilinadigan Amnistiya qarorlarida birinchi o‗rinda ayollar jazoni o‗tash muassasalaridan ozod etiladi. Jinoyat sodir etgan ayollarga nisbatan jazo engillashtirilgan shartlar asosida, aksariyat hollarda voyaga etmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan yoki uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat sodir etgan qizlarga nisbatan esa ozodlikdan mahrum etish boshqa jazo turi bilan almashtiriladi.

  • ayollarga ―tirik mahsulot‖ yoki ―jonli buyum‖ sifatida qaralayotgan holatlari kuzatilmoqda. YOsh ayol va qizlarimizni chet ellarga ―viza byuro‖lar va nopok ―ishbilarmonlar‖ga aldanib ko‗p pul topish mumkin bo‗lgan ishlarni taklif etib, aldab o‗z vatanlaridan olib chiqib ketish hamda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‗yib, ularni majburan uy xizmatkori, idish-tovoq yuvuvchi, farrosh, eng achinarlisi fohishalikka majbur etish holatlari uchrab turibdi. Biroq, oddiy eksplutatsiyadan tashqari seksual biznes sohasiga majburan jalb etish ham anchagina ko‗p. Bunday mushkul ahvolga tushib qolgan ayollar g‗ayriqonuniy yo‗llar bilan chiqilganligi sababli mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etishga qo‗rqadilar.

  • Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning jinsi bo‗yicha nisbatda o‗rganilganda aholi umumiy sonida ayollar 49,8%, erkaklar 50,2%ni tashkil qilsa-da oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan ayollar-38,2% ni, erkaklar esa - 61,5%ni tashkil etadi. Bu albatta mamlakatimiz aholisi jinsi bo‗yicha deyarli mutanosib


1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг хотин-қизларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш ва оила институтини мустаҳкамлаш масалаларига бағишланган йиғилишдаги маърузасидан. 2018 йил 7 февраль.
ko‗rsatkichda xotin-qizlarning ta‘lim olishida nomutanosiblik mavjudligini ko‗rsatadi.

    • Turmushga chiqqan farzandli yoki hali farzandli bo‗lmagan yosh ayollar ishga joylashishlarida qo‗shimcha muammolarga duch keladilar. Ularning mavjud muammolari qatoriga ishga qabul qilishda bo‗lajak ishchi-xodim tez orada bola tarbiyasi bo‗yicha ta‘tilga chiqib ketishi yoki ko‗proq kuch va vaqtini ishga emas oila va bolasiga sarflashidan xavfsirash kabi o‗ziga xos muammolar qo‗shiladi.

    • Onalar va go‗daklar o‗limi qayd etilayotganligi, nogiron bolalar tug‗ilayotganligi – xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini ta‘minlash bo‗yicha ishlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligini ko‗rsatmoqda. Har yili 95 foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvchidan o‗tkazilsa-da, natijasi amalda sezlimayapti. SHu bois, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida ―ayollar maslahatxonalari‖ tashkil etilishi belgilandi. Zero, xotin-qizlarning salomatligi, ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga milliy qonunchiligimizda alohida e‘tibor qaratiladi. Jumladan, xomilador va farzand ko‗rish davrida ayollarga ish joyidan 125 kalendar kuni uchun ish xaqi miqdorida yordam puli berish, farzand tug‗ilganida bir yo‗la beriladigan to‗lovlar saqlab qolinishi, ishlovchi yoki ishlamaydigan ayollar ham bu nafaqalardan foydalanishi, beshta yoki undan ortiq bolali oilalar uchun davlat tomonidan ijtimoiy ximoyaning mavjudligi davlatimiz muruvvatini anglatadi.

    • Oilaning moddiy-moliyaviy, ma‘naviy tang holati oqibatda ijtimoiy og‗ishlar, keskinliklarga olib kelishi, ayniqsa, o‗sib kelayotgan farzandlarning zararli odatlarga berila boshlashiga sabab bo‗ladi.

Oila butunligini saqlashda muhim rol o‗ynaydigan holatlardan biri bu, hozirda ularga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish sohasi etarlicha rivojlanmaganligidir. Oilalarga manzilli ijtimoiy xizmat ko‗rsatish sohasi ijtimoiy himoya tizimining alohida kategoriyasi sifatida ajratilmagan va ijtimoiy xizmat ko‗rsatish muassasalari faoliyatining yo‗nalishi sifatida qat‘iy o‗rnatilmagan. Oilalar bo‗yicha yuritiladigan umumiy ishlar qatorida odatda bolaga ko‗mak puli ajratiladi. Ijtimoiy xizmat ko‗rsatishning alohida kategoriyalari sifatida yolg‗iz ona yoki ota oilalari va talabalardan iborat oilalar kiritiladi.

    • Oxirgi yillarda ajrashishlar soni yiliga 10-11 foizga oshib borgani tashvishlanarlidir. 2017 yilda 31 mingdan ziyod ajralish holati qayd etilgan. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr ko‗rmoqda.

Hukumatimiz tomonidan, bunday holatlarni oldini olish, oilani barqaror rivojini ta‘minlashda mahalla yig‗inlari mas‘uliyati oshirildi. Ularning zimmasiga og‗ir hayotiy sharoitdagi oilalar va ularning farzandlariga ijtimoiy yordam ko‗rsatish, ijtimoiy-psixologik xizmat bilan ta‘minlash, bandlik masalalarini o‗rganish, oila va bolaning huquqmanfaatlarini himoya qilish kabi kechiktirib bo‗lmaydigan choratadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling