Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Tijorat banklari tomonidan ayollarga ajratilgan kreditlarning hajmi


Download 294.93 Kb.
bet57/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Tijorat banklari tomonidan ayollarga ajratilgan kreditlarning hajmi (6 oy yakuni bo‘yicha)

Yillar

Kredit miqdori

2014 yil

521,5 mlrd. so„m

2015 yil

685,7 mlrd. so„m

Hududlarda tijorat banklari tomonidan tadbirkor ayollarga 6 oy davomida ajratilgan kreditlar (2014-2015 yillar) mln. so„m
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Xotin-qizlarni qo‗llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2018 yil 2 fevraldagi PF-53-25 sonli Farmoni doirasida ―Xotin-qizlarning bandligini ta‘minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish masalalarida har tomonlama manzilli qo‗llab-quvvatlash‖ masalasi ko‗tarildi.
Bu esa, mutasaddi tashkilotlar qatori O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasi va uning xududiy bo‗linmalariga yangi ma‘suliyat yukladi. Ayollar orasida uchrab turadigan ko‗plab muammolarning asosiy manbai ham ishsizlik ekanligiga to‗g‗ri baho berilgan holda, ularni ish bilan band etish masalalari ko‗rib chiqilmoqda. 2018 yilning 1-yarmi davomida aniqlangan ma‘lumotlarga ko‗ra, respublika miqiyosida jami ishsiz ayollar soni 168 634 nafar, shundan bandlik markazlarida hisobda turuvchilar 45 892 nafarni, uyma-uy yurish jarayonida aniqlanganlar 126 231 nafarni tashkil etmoqda.
«Xotin-qizlar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun tashkil etilayotgan ish o‗rinlarining haqqoniyligini o‗rganish, ayollarning ish bilan bandligini oshirish hamda ular uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish» bo‗yicha idoralararo qo‗shma harakatlar Rejasi doirasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2017 yil aholi bandligini ta‘minlash dasturiga muvofiq joriy yilning o‗tgan davri davomida 84 ming 100 nafar xotin-qizlar doimiy ish o‗rinlariga joylashtirildi.
Maqsadli dasturlarga muvofiq 62 ming 700 ta ish o‗rinlari tashkil etilib, shundan, sanoatda – 20,4 mingta, xizmat ko‗rsatish va servisda – 14,6 mingta, qishloq xo‗jaligida – 14,4 mingta, qurilish va infratuzilma ob‘ektlarini rivojlantirishda – 13,2 mingta ish o‗rinlari yaratildi. SHu bilan birga, ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobiga ham 7,3 mingta ish o‗rni tashkil etildi.
SHuningdek, 2017 yilgi aholi bandligi dasturiga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalar uchun talab etiladigan kasblarga 2,5 ming nafar band bo‗lmagan xotin-qizlar qayta kasbga tayyorlanib, malakali mutaxassis sifatida korxonalarga ishga joylashtirildi.
Nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan xotinqizlarni bandligini ta‘minlash borasida olib borilgan ishlar natijasida
―Paxtasanoat‖ AJ, ―O‗zbekiston temir yo‗llari‖ AJ va boshqa homiy tashkilotlar tomonidan jami 705 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari olib berilib, kasanachilik asosida ish bilan ta‘minlandi.
Xotin-qizlar bandligini ta‘minlash maqsadida, jami 131 074 ta ish o‗rinlari yaratilgan. SHundan, korxona, tashkilotlardagi mavjud ish o‗rinlariga 29 785 nafar, kichik korxonalarga 8 679 nafar, kasanachilik 3 466 nafar, oilaviy tadbirkorlik 8 967 nafar, ipak qurtini parvarishlash sohalariga 62 335 nafar va boshqa yo‗nalishlarga 18 623 nafar xotinqizlarning bandligi ta‘minlangan.
Uzoq muddatga chetga chiqib ketgan xotin-qizlar jami 265 636 nafarni tashkil etib, shundan, qaytarilganlar 139 706 nafarni tashkil qilmoqda. Hududlar kesimida, eng ko‗p Samarqand viloyati 117 586 nafar va Toshkent viloyati 47 947 nafar chetga chiqib ketgan xotinqizlarni tashkil etadi.
Og‗ir turmush sharoitida yashayotgan 10 000 nafar ayol va yosh qizlarni ish bilan ta‘minlash borasida joriy yilning o‗tgan davrida 4 521 nafar (45,5%) og‗ir turmush sharoitida yashayotgan ayollarni bandligi ta‘minlandi, 673 mln so‗m mablag‗ sarflanib, 811 mln so‗m kreditlar ajratildi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi ««Har bir oila-tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‗g‗risida»gi Qarori bu borada amalga oshirilishi lozim bo‗lgan ishlarga yanada oydinlik bag‗ishladi.
Tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo‗shimcha ish o‗rinlari yaratish; kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi sub‘ektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo‗shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish va bir qancha yo‗nalishlar ushbu Dasturning ustuvor jihatlarini tashkil etdi.
―Tadbirkor ayol‖ uyushmasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‗lga qo‗yishda va ro‗yxatdan o‗tkazishda huquqiy maslahatlar berish bo‗yicha reja ishlab chiqildi va ijroga yo‗naltirildi.
Bundan tashqari, xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‗lga qo‗yishda ―Ustoz-shogird‖ tizimida foydalanish, ular o‗rtasida o‗zaro hamkorlik va tajriba almashish muhitini yaratish maqsadida joriy yilning 28 iyun kuni ―Jamiyatning rivojlanishida Xotin-qizlar tadbirkorligining o‗rni‖ shiori ostida Respublika tadbirkor ayollar biznes-forumi o‗tkazildi. Biznes-forumda jami 138 nafar tadbirkor xotin-qizlar ishtirok etdi.
2016-2017 o‗quv yilida kasb-hunar kollejlari bitiruvchi qizlari o‗rtasida o‗tkazilgan ―Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2017 yil‖ tanlovining quyi bosqichlarida respublika bo‗yicha 800 ta kollejdan 4 ming 782 nafardan ortiq bitiruvchi qizlar o‗z loyihalari bilan ishtirok etishdi. Ularga tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyatlarini tashkil etish uchun 11 mlrd. so‗m miqdorida imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.
Tanlovning tuman (shahar) bosqichida respublika bo‗yicha jami 1 ming 717 nafar, viloyat bosqichlarida 587 nafar qiz ishtirok etdi va 84 nafar qizlar ―Qishloq xo‗jaligi sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz‖, ―Servis sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz‖ va ―Ishlab chiqarish sohasida eng yaxshi tadbirkor qiz‖ nominatsiyalari bo‗yicha g‗olib deb topildi.
Shuningdek, joriy yilning iyun-avgust oylarida ―Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli‖ tanlovi o‗tkazildi. Tanlovning mahallalararo bosqichida respublika bo‗yicha jami 5 ming 308 ta mahalladan 14 ming 469 nafar tadbirkor ayollar ishtirok etishdi. SHundan, 11 ming 570 nafari tuman (shahar) bosqichida qatnashish imkoniyatiga ega bo‗ldi. Har bir mahalladan eng yaxshi deb topilgan biznes loyihalar bo‗yicha 875 nafar g‗oliblar aniqlandi. Ular qimmatbaho sovg‗alar va 1, 2, 3darajali diplomlar bilan taqdirlandi.
Tanlovning mahallalararo bosqichlarida avvalo, loyihalarning turfa xilligiturliligi, shuningdek mahalla ayollarining tadbirkorlik sohasiga keng jalb etishni rag‗batlantirish va oila daromadlarini ko‗paytirish, ularni ish bilan ta‘minlash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarni tadbiq etish kabi omillarga e‘tibor qaratildi. Hozirgi kunda mazkur loyihalarni kreditlash ishlari olib borilmoqda.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoev rahbarligida joriy yilning 26 aprel kuni O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasiga
―Mahalla‖ hayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda doimiy ravishda qishloqlarda xotin-qizlar bilan muloqotlar o‗tkazib, ularning muammoli masalalarini xal etish, eng avvalo, mehnat bilan band bo‗lishlarini ta‘minlash bo‗yicha tizimli ishlarni tashkil etish vazifasi belgilandi.
SHunga ko‗ra ―O‗zpaxtasanoat‖, ―O‗zbekiston temir yo‗llari‖, ―O‗zbekneftegaz‖ aksiyadorlik jamiyatlari hamda, ―O‗zdonmahsulot‖ aksiyadorlik kampaniyalari tizimidagi korxonalari bilan hamkorlikda kasanachilik asosida yangi ish o‗rinlari tashkil etish orqali nogiron va mehnatga layoqatlilik darajasi cheklangan xotin-qizlarning bandligini ta‘minlash bo‗yicha Qoraqalpog‗iston Respublikasi va viloyatlar hokimining o‗rinbosarlari, Xotin-qizlar qo‗mitasi raislari tomonidan mazkur toifadagi ayollar qayta xatlovdan o‗tkazildi.
1918 nafar ayollarga kasanachilik asosida tikuv mashinalari ajratilib, bugungi kunda ularning barchasi bilan mehnat shartnomalari tuzildi. SHuningdek, nogironligi bo‗lgan shaxslarga kerakli barcha material va xom ashyolarni etkazib berish, ularga ish haqini to‗lash tashkil etildi.
Ular tomonidan kasanachilik asosida yil boshidan beri 1 951 246ta dona kasana mahsulotlarni tayyorlandi. SHu bilan birga, plastik kartalari mavjud bo‗lmagan 410 nafar kasanachilar uchun tijorat banklarda plastik kartalarini ochib, ularga 1 mlrd. 880 mln. so‗mdan ortiq miqdorda oylik ish haqlari uchun mablag‗lar to‗lab berildi.
Bugungi kunda kasanachilarga 2 mln. 925 ming p/metr bo‗z matosi etkazib berildi.
2018 yilning bugungi kun holatiga kasanachilar tomonidan jami 1 mln. 687 ming dona etak, 28 ming 329 dona avtoyopqich, 187 ming 935 dona toy va bo‗z qoplar tikilgan.
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida to‗qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida Namangan viloyatida 28 ta, Farg‗ona viloyatida 25 ta, Jizzax viloyatida 21 ta, Qashqadaryo viloyatida 10 ta, Xorazm viloyatida 1 ta, jami 85 ta kasanachilik bo‗yicha yangi ish o‗rinlari yaratilgan.
Markaziy bank ma‘lumotiga ko‗ra, joriy yilning 1 noyabr xolatiga tadbirkor ayollarni qo‗llab-quvvatlash uchun tijorat banklari tomonidan 2 trillion 490 mlrd. so‗m mablag‗ yo‗naltirildi.
Bu esa, o‗z navbatida, mamlakatimizdagi minglab ayollarning o‗z mustaqil faoliyatiga, daromad manbaiga ega bo‗lishlarini, oilalarning byudjeti yanada shakllanishiga va turmushi farovonlashishiga xizmat qilishi, shubhasiz.
SHu o‗rinda ta‘kidlash joizki, ayollarda tadbirkorlik ko‗nikmalarini shakllantirish, biznes g‗oyalarini qo‗llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar bilan ta‘minlashga ko‗maklashish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasining asosiy dasturiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bu borada O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasi tomonidan ham qator loyihalar, ko‗plab seminar va konfirensiya, forumlar o‗tkazilib kelinmoqda, bundan oqilona foydalanayotgan opa-singillarimiz tadbirkorlikda ham samarali faoliyat ko‗rsatib, nafaqat oilasiga naf keltirayapti, balki iqtisodiyotimiz rivojiga munosib hissa qo‗shmoqdalar.
Jumladan, ayollar tadbirkorligini qo‗llab-quvvatlash, ularning bandligini ta‘minlash, yangi ish o‗rinlarini yaratish sohasida ish olib borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlik aloqalarini yo‗lga qo‗yish orqali respublikamizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilash maqsadida joriy yilining 28 iyun kuni O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasi tashabbusi bilan ilk bora “Jamiyatning rivojlanishida Xotin-qizlar tadbirkorligining o„rni” shiori ostidagi I Respublika tadbirkor ayollar forumi o‗tkazildi. Unda 138 nafar tadbirkor ayollar bevosita ishtirok etdi va o‗zaro tajriba almashdi.
Albatta, yuqoridagi ko‗rsatkichlar bilan cheklanib qolmaslik lozim. Kelgusida qilinadigan ishlar nafaqat amaliy choralar ko‗rish bilan, balki uning tadrijiyligiga erish maqsadida quyidagi bir qancha zaruriy choralarga e‘tibor qaratish ehtiyojini ko‗rsatadi:
Oilalardagi ijtimoiy-ma‘naviy muhitni o‗rganish davomida 50 ming nafarga yaqin fuqaroning kredit olish istagini bildirganligi ularning ushbu imkoniyatdan foydalanishga intilayotganligini ko‗rsatib turibdi.
Ammo, afsuski, o‗rganishlar jarayonida imtiyozli kreditlar ajratish masalasida tijorat banklarining ayrim mas‘ul xodimlari tomonidan ko‗zbo‗yamachilikka yo‗l qo‗yilayotganligi ham kuzatildi.
YA‘ni, tijorat banklari va mahalla faollari kredit olish istagida bo‗lgan fuqarolarga yordam berish o‗rniga, fuqarodan kredit olishdan bosh tortishi haqida tushuntirish xati olayotganligining guvohi bo‗ldik.
Ayrim tijorat banklari aholiga kredit ajratish masalasini paysalga solib kelayotganligi sababli aksariyat murojaatchilar kredit olishdan butunlay umidini uzib qo‗ymoqda.
Respublikamizda har yili o‗rtacha 450-500 ming yoshlar kasbhunar kolleji va litseylarni bitirishadi. Ularning ma‘lum qismi (atigi 4%) oliy o‗quv yurtlarida ta‘lim olishni davom ettirsa, qolgan qismi mehnat bozoriga kirib keladi. Kollej bitiruvchilarining deyarli 50% ni qizlar tashkil qiladi va ko‗p xollarda, kollejda egallagan kasbi bo‗yicha ish o‗rnini topa olmaganligi sababli ishlamasdan uyda o‗tirib qolayapti.
Ma‘lumki, aholi o‗zining bandligini ta‘minlashi hamda yangi ishchi o‗rinlar yaratish maqsadida qo‗llaniladigan strategiyalardan biri – kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ekanligi bugun har daqiqada o‗z isbotini topmoqda.
Oila, ro‗zg‗or va biznesni baravar yuritish, vaqtni to‗g‗ri taqsimlash asoslari, oilada muloqotni to‗g‗ri olib borish, tadbirkorlik faoliyatining oilaviy munosabatlarga salbiy ta‘sir qilmasligi uchun nima qilish kerak, oilaviy biznesni yuritish afzalliklari, aynan genderlik yondashuvlarga asoslangan xolda, shu va shu kabi mavzular doirasida o‗quv dasturlarini amalga oshirish zarurati kelib chiqdi.
Ushbu masalani hal etish maqsadida O‗zbekiston Xotin-qizlar qo‗mitasi qoshida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, o‗z hayoti uchun mas‘uliyatini oshirish orqali iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta‘minlash maqsadida “O„z biznesingni boshla” shiori ostida qizlar biznes-klubi tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar va amaliy ishlar doirasida biz nafaqat tadbirkor ayollarni o‗quv-seminarlar asosida bilimini oshiramiz, balki o‗zaro tajriba almashish muhitini shakllantirishga erishamiz. Istagimiz O„zbekistonlik tadbirkor ayollarni dunyo tanisin, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarga xavas qilsin! Zero, bugungi o‗zbek ayollarida nimaiki ezgu ishga qo‗l ursa ohiriga etkazib, ijobiy natijani bera oladigan darajada To‗marisning shijoati, Nodirabegim matonati, Zulfiyaning sadoqati kabi qon-qoniga singib ketgan tarixiy meros bor, har bir ilg‗or g‗oyasini qo‗llab-quvvatlovchi, imkoniyatlar eshigini keng ochib beruvchi adolatli davlat rahbari bor. Bu bizni eng katta yutug‗imiz hisoblanadi.
YUqoridagilarni inobatga olgan holda, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish sohasida kelgusidagi asosiy vazifalarimiz quyidagilardan iborat:

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling