Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
Download 294.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy yo„nalish
- 3.Demografik yo„nalish
- 4.Egalitar yo„nalish
Patriarxat yo„nalish. Bu yo‗nalishda fikr yurituvchilar ozchilikni tashkil etib, ular asosan ayollar mavzuida ayrim muammolarni munozaraga olib chiquvchi yozuvchi va jurnalistlardir.
Ularning fikricha, kishilar o‗zlarining ―tabiiy‖ xususiyatlari bilan dunyoga keladi, bu xususiyatlarni barbod etish ertami-kechmi jamiyatning buzilishiga olib keladi, bu xususiyatlar, eng avvalo, jamiyat va oilada erkak hamda ayollarning ―tabiiy‖ vazifalariga rioya etishlaridir1. Iqtisodiy yo„nalish. Bu yo‗nalish tarafdorlari, asosan, ishlab chiqarishda band bo‗lgan ayollar sonini qisqartirish kerak, deb hisoblaydilar. Chunki, ayollar ko‗proq bemor bolalarni parvarish qilish, tug‘ruq ta‘tillariga chiqishlari sababli mehnat jarayonining uzluksizligiga zarar yetkazadilar, natijada ishlab chiqarish samaradorligi pasayadi. 3.Demografik yo„nalish. Bu yo‗nalish tarafdorlari, ayollar, eng avvalo, yangi avlodni dunyoga keltirish vazifasini bajarishlarini targ‘ib qiladilar. Agar muntazam demografik siyosat olib borilmasa, jamiyat taraqqiyoti turg‘unlikka yuz tutadi. Shuning uchun demograflar ham ayollarga beriladigan imtiyozlarni ko‗paytirish, ish soatini qisqartirish, bolaga qarash uchun beriladigan ta‘tilni uzaytirishni taklif etmoqdalar. 4.Egalitar yo„nalish. (egalita – fransuzcha tenglik). Bu yo‗nalish tarafdorlari ayollar masalasidagi axloqiy, iqtisodiy yoki demografik muammolarga alohida qaramasdan, balki jamiyatda xotin-qizlarning holati, haq-huquqi ijtimoiy taraqqiyot jarayonida o‗zgarib borishi bilan birga qarab, jarayon axloqiy, iqtisodiy, demografik tomonlariga esa uning bir qirrasi sifatida qaraydilar60. Yuqorida qayd etilgan holatlar oilaviy munosabatlarni quyidagi yo‗nalishlarni shakllantirmoqda; birinchidan, an‘anaviy nikoh qaydi o‗zgarmoqda, nikoh uchun juftlikni yopiq tizimidan ochiq shakliga o‗tish sodir bo‗lmoqda; ikkinchidan, hukmron jinsiy ma‘naviyat va ahloq tizimi qayta ko‗rib chiqilmoqda. Natijada aksariyat g‘arb davlatlarida oila-nikoh munosabatlari tanazzulga uchramoqda. Ayollarning an‘anaviy maqomi va roli to‗g‘risidagi turg‘un tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o‗rnini personalitar funksiyasi yaqqol bo‗lgan egalitar munosabatlarga tayanadigan nuklear oila yoki nikohning legallashmagan erkin turlari ommalashmoqda. Ta‘kidlash joizki, butunjahon iqtisodiyot forumi ekspertlari oxirgi besh yilda yuqorida ta‘kidlangan holatlar bo‗yicha reytingni tuzib keladilar. Bunda ular quyidagi mezonlarni hisobga oladilar:61 mehnatga haq to‗lashdagi farq; erkaklar va ayollar daromadlarining nisbati; boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi hamda mehnat bilan mashg‘ul bo‗lgan yuqori malakali ayollar soni; ayollarning ma‘lumotlilik darajasi; tug‘ilish, oiladagi hayot sharoitlari va uzoq hayot kechirish bo‗yicha farqlar; parlament a‘zolari bo‗lgan ayollar va vazir ayollar soni va boshqalar. Yuqoridagi ko‗rsatkichlar bo‗yicha birinchi o‗rinni Islandiya egalladi. Bu mamlakatda jinslar o‗rtasidagi farqlarning qisqarishi ko‗rsatkichi 85%ni tashkil etayapti. Keyingi o‗rinlarni Norvegiya (84%), Finlyandiya (82,6%), Shvesiya (80,2%), Yangi Zelandiya (78,1%), Irlandiya (77,7%), Daniya (77,2%) mamlakatlari egalladi62. Vaholanki, jamiyatni modernizasiyalash sharoitida erkak va ayollar o‗rtasidagi kasbiy-professional va oilaviy-nikoh munosabatlaridagi tenglik g‘oyalarini zo‗r berib targ‘ib qilinsa-da rasmiy ma‘lumotlarga ko‗ra ko‗p jabhalarda gender tafovut hamon saqlanmoqda. Birgina bo‗sh vaqt taqsimotiga ko‗ra ayol uy ishlariga 33,6 foiz, erkaklar 11,3 foiz vaqt sarflaydi. Ayollar sutkada uy ishiga 3 soat, erkaklar esa 0,65 soat sarflaydilar. Bundan tashqari, ayol ham 8 soat mehnat qilib, oilada erkak kabi hordiq chiqarish, madaniy dam olish orzusi bilan yashaydi”63 Shuningdek, butunjahon iqtisodiy forumi ekspertlari tomonidan tayyorlangan ―Gender gap index» (GGI) hisobotida yozilishcha, erkaklar va ayollar maoshlaridagi farqni tenglashtrish uchun 118 yil kerak bo‗lar ekan. Chunki, ishlovchi ayollarining dunyo miqyosida o‗rtacha maoshi 11 ming dollarga teng bo‗lgan bir paytda, erkaklarniki esa 21 ming dollardan oshmoqda. So‗nggi o‗n yilda ushbu farq 3 foizga qisqargan, xolos64. Mehnat bozorida sezilarli o‗zgarishlar yuz bermadi. 1995-2015 yillarda ishga joylashish bobida gender farqi atiga 0,6%ga kamaydi84. Xullas, zamonaviy jamiyatlarda xotin-qizlar ijtimoiy faolligining ayolning o‗rni va roli haqida gap ketar ekan, bu ijtimoiy voqyelik sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlash zarur. Hozirda ushbu masalaga oid bahs-munozaralarda bir-biriga zid ikki xil qarash shakllanib ulgurdi: Birinchi yondashuvga binoan ayollar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faol ishtirok etishlari zarurligi ta‘kidlanadi. Bunday pozisiyada turuvchilar aksariyat hollarda ayollar va erkaklarning huquqiy tengligini ularning amaliy tengligi ma‘nosida talqin etadilar. Ikkinchi yondashuv vakillari esa mohiyat-e‘tibori bilan ayollar faoliyatini asosan oilaviy turmush doirasi bilan cheklab qo‗yish g‘oyasini ilgari suradilar. Bunda ular o‗z qarashlarini «Ayol - oila tayanchi, farzand tarbiyachisi» shiorini ijtimoiy ongga singdirishga harakat qiladilar. Dissertant fikricha, bu qarashlarda ijobiy tomonlar, haqiqat elementlari mavjudligidan qat‘i nazar, ularning har ikkalasi ham bir yoqlamadir. Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‗llabquvvatlash, ularni innovasion faoliyatga undash davr talabi bo‗lib, bu borada nozik muvozanatni ushlab turish murakkabligicha qolmoqda. Dunyo mamlakatlari aholisining turmush tarzi, milliy-etnik xususiyatlari, globallashish, modernizasiya jarayonlari bilan to‗qnash kelgan bir davrda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyat va shaxs hayoti barqarorligini ta‘minlash omili sifatida yuqori intellektual yondashuvlar asosida qo‗llab-quvvatlanishi esa davr talabi bo‗lib qolmoqda. Xullas, dissertant fikriga ko‗ra, jamiyatni modernizasiyalash sharoitida ayollarning jamiyat va davlat ijtimoiy-siyosiy hayotida tutgan o‗rni va roli oshib bormoqda. Ayollar salohiyatini sosiologiya, tarix, iqtisod, siyosat, pedagogika, ijtimoiy ish, huquq kabi ijtimoiy fanlar doirasida ilmiy o‗rganishda talab oshib bormoqda. Shunday bo‗lsa-da ayollar o‗zi individual salohiyatlaridan kelib chiqib kasbiy pillapoyalardan ko‗tarilishi, nufuzli maqomga egalik qilishlari va bunda keng jamoatchilikning xolis e‘tirofiga sazovor bo‗lishlarida hamon turg‘un stereotiplar va erkaklar androsentrizmiga duch kelmoqdalar. Shu nuqtai nazardan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish ayollarning davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy mavqyeini yanada yuksalishiga to‗siq bo‗layotgan muammolar amaliy yechimini topishda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Birinchidan, stereotipli fikrlash jinsi-rolli tafovutlarda aksariyat hollarda odat tusiga kirib ulgurgan. Bunda maskulinlik va feminlik tushunchalari erkaklar va ayollarga xos bo‗lgan somatik, ruhiy va hulqatvor xususiyatlari borasidagi qolipli fikrlarni yig‘indisidan hosil bo‗ladi. Bu ma‘noda jinslararo tafovut turli kasblarning stereotiplashgan «erkaklarga xos» yoki «ayollarga xosligi» taqsimoti bilan izohlanadi. Odatda «ayollarga xos» kasblarning aksariyati erkaklarning tahqirlovchi munosabatiga sabab bo‗ladi. Ikkinchidan, hukmron jinsiy ma‘naviyat va ahloq tizimi qayta ko‗rib chiqilmoqda. Natijada aksariyat g‘arb davlatlarida oila-nikoh munosabatlari tanazzulga uchramoqda. Uchinchidan, modernizasiyalashuv jarayoni oilaviy turmush tarzining ijtimoiy-psixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi. An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformasiyasi oqibatida ayollarning hayotiy qadriyatlari ham o‗zgardi. To‗rtinchidan, ayollarning an‘anaviy maqomi va roli to‗g‘risidagi turg‘un tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o‗rnini personalitar funksiyasi yaqqol bo‗lgan egalitar munosabatlar egallmoqda. Beshinchidan, zamonaviy jamiyatlarda er-xotin teng kasbiy faoliyat yuritadi va kun kechirish uchun zaruriy mablag‘ni ishlab topishi bois maqomli-rolli vazifalardagi gender chegaralar parchalanishi kuzatilmoqda. Natijada nafaqat ro‗zg‘or yumushlari balki nikohdagi qulayliklar er-xotin o‗rtasida teng taqsimlanadi. Birinchidan, an‘anaviy jamiyatlarning paydo bo‗lishi bilan patriarxal munosabatlar negizida shakllangan ijtimoiy me‘yorlar, tartiblar davlatlar rasmiy qonunchilik hujjatlarida o‗z aksini topib, ayollarning ulardan chetga chiqishi qoralangan bo‗lsa-da, bu boradagi tadqiqotlar aslida ayollar nafaqat oila balki davlat darajasida faol bo‗lganligini ko‗rsatadi. Ikkinchidan, Mavarounnahrda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi mavqyeni qo‗llab-quvvatlashda keng imkoniyatlar yaratildi, ushbu hududda asrlar davomida shakllanib, ko‗nikmaga aylanib qolgan ayollarning ijtimoiy hayotdagi ma‘lum darajadagi erkinliklari Temuriylar davrining oxirigacha saqlanib turdi. Uchinchidan, jadidchilar jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy yangilanishi jarayonlarida ayollarning rolini oshirishni targ‘ib qilarkan ayollar taqdirida asrlar davomida qotib qolgan diniy xurofot va bid‘atdan voz kechish davri kelganligini targ‘ib qildilar. To‗rtinchidan, ayollar mehnatidan arzon ishchi kuchi sifatida foydalanish maqsadida sobiq totalitar tuzumi ma‘muriy-buyruqbozlik apparati tomonidan ―‖ayollarni ozod qilishning radikal choralari ming yillik turmush tarzi, diniy-madaniy, ahloqiy-ma‘naviy qadriyatlar, me‘yorlar doirasida yashab kelayotgan o‗zbek xalqi uchun ijtimoiy zarba bo‗ldi. Beshinchidan, feminizm nazariya, va ijtimoiy harakat sifatida keng jamoatchilik e‘tiborini jalb qilish orqali milliy va xalqaro darajada xotinqizlar huquqlarini himoyalashda yirik natijalarni ta‘minladi. Ushbu harakat bois, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ayollarning faol ishtirokini ta‘minlashda xalqaro hamjamiyat birdamligiga erishildi. Oltinchidan, xotin-qizlar ijtimoiy faolligini ijtimoiy-gumanitar fanlarda o‗rganilishi biodeterminizmga asoslangan konservativ g‘oyalardan iborat bo‗lib, unga ko‗ra ayolning jamiyatdagi asosiy vazifasi «uy bekasi» va «onalik» bilan cheklandi. Yettinchidan, ijtimoiy stratifikasiya turi sanalgan jinsiy differensiasiyaning strereotiplashgan qonuniyatlari patriarxal jamiyatlarda androsentrik g‘oyalar ustuvorligini o‗rnatdi va ayollarning ijtimoiy pillapoyalardan yuqorilashida sun‘iy baryerlarni yaratdi. Sakkizinchidan, mavqye individning ijtimoiy tuzilma komponenti sifatida jamiyatda rasmiy tan olingan nufuzli o‗rni, maqomidir. Ilmiyommabop iste‘molda qo‗llaniladigan maqom, mavqye, martaba, o‗rin, holat, nufuz tushunchalari bir ijtimoiy hodisani izohlovchi sinonim so‗zlardir. Odatda insonning kasbiy professionalizmi nuqtai nazaridan shaxsga nisbat berilishida qo‗llaniladigan nufuzli maqomi uning oilasi ijtimoiy mavqyeini ham anglatadi. To‗qqizinchidan, zamonaviy jamiyatlarda hukmron jinsiy ma‘naviyat va ahloq tizimi qayta ko‗rib chiqilmoqda. Natijada aksariyat g‘arb davlatlarida oila-nikoh munosabatlari tanazzulga uchramoqda. O‗ninchidan, modernizasiyalashuv jarayoni oilaviy turmush tarzining ijtimoiy-psixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi. An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformasiyasi oqibatida ayollarning hayotiy qaddariyatlari ham o‗zgardi. O‗n birinchidan, ayollarning an‘anaviy maqomi va roli to‗g‘risidagi turg‘un tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o‗rnini personalitar funksiyasi yaqqol bo‗lgan egalitar munosabatlarga tayanadigan nuklear oila yoki nikohning legallashmagan erkin turlari doirasida qurilgan munosabatlar afzal topilmoqda. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling