Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Ta‟minot olish tug‟risidagi uzaro kelishuvda qaysi tarafning manfaatlari prioritet bulib xisoblanadi?


Download 294.93 Kb.
bet47/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
8.Ta‟minot olish tug‟risidagi uzaro kelishuvda qaysi tarafning manfaatlari prioritet bulib xisoblanadi?
A.* oluvchi tarfning

  1. to‗lovchi tarafning

  2. ikkala tarf xam teng xukukli

  3. davlat manfaatlari

9. Otalikni belgilash tugrisidagi sudning xal kiluv karori konuniy kuchga kirgandan keyin sud mukarrar nusxasini kaysi organga yuboradi?
A.* fuqarolik xolati dalolatnomalarini qayd etish organiga

  1. vasiylik va homiylik muassasalariga

  2. hokimiyatga

  3. ichki ishlar organlariga

10. Agar vasiylik va xomiylik organi otalikni belgilashga rozilik bermasa, u xolda ota qaerga murojat qilishga haqli?
A.* sudga

  1. hokimiyatga

  2. FXDYo ga

  3. tibbiy muassasaga

10-MAVZU. GENDER TENGLIGI G‟OYALARINING NAZARIYMETODOLOGIK ASOSLARI

    1. Gender tadqiqotlarining vujudga kelishi va rivojlanishi.

    2. Gender tushunchasi.

    3. Biologik va ijtimoiy jins tushunchalari.

    4. Biologik determinizm.

    5. Gender ijtimoiy-demografik kategoriya sifatida.

    6. Gender identliklik.

    7. Gender segregasiya.

    8. Gender kutishlar va gender rollardagi zamonaviy transformasiyalar.

Ayollar masalasi jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, millatlar, davlatlar, madaniyat va sivilizasiyalar bilan uzviy aloqada. Bu masalaning yuzaga kelishi, rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‗tishi bilan ham bog‘liqdir.
Olimlar ayollar masalasini jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda tahlil qilish natijasida kishilarning ijtimoiy birligi, jamiyat bo‗lib yashashi uchun zarur bo‗lgan oila, urf-odat, madaniyat, xalqaro va sivilizasiyalararo munosabatlar, din, mehnat va jamoat tashkilotlariga uyushish katta ahamiyat kasb etishini ilmiy ifodalaganlar. Gender g‘oyasigacha o‗tish evolyusiyasi mobaynida quyidagi ijtimoiy-tarixiy bosqichlar bosib o‗tildi. Mazkur bosqichlar to‗rt tasnifiy xususiyatlarga ega bo‗lib, ular quyidagilardir:
1. Diniy konfessional taqiq tizimi amal qilgan. Tarixiy manbalar aynan ayolni insoniyat madaniyatining asoschisi deb atashadi. Haqiqatan ham mehnatning ibtidoiy jamoa tuzumida taqsimlanishiga qarab erkaklar ov qiluvchilar, ayollar esa hosil yig‘uvchilar vazifasini bajarganlar. Faqat ayolgina yerdan to‗yimli o‗simlik ildizlarini, inlardan mayda jonivorlarni, hashoratlar lichinkasini qazib olish bilan mashg‘ul bo‗lgan.
Rivoyatlarda olovni kashf etganlar erkaklar timsolida uchraydi. Ayollar olovning xususiyatlarini o‗rganish, uni turmushda qo‗llash, uyni isitish, ovqat tayyorlash kabi zaruratlarni bajarganlari haqida hikoya 78qilinadi. Kiyim-kechak va oyoq kiyimlarini ham ayollar kashf etishgan.
Ona urug‘i davrida ayollarning mavqyei yuqori bo‗lgan. Ayol asosiy ishlab chiqaruvchi kuch, ro‗zg‘orni muhofaza qiluvchi, bola tarbiyalab, avlodning ko‗payishini ta‘minlovchi zot hisoblangan. Bu esa unga urug‘, qabila hayotida yetakchilik qilish imkonini bergan. Urug‘aymoqchilik davri ma‘budalari ayollar timsolida tasvirlangan, qabilani boshqarish, aybdorlarni jazolash, hatto boshqa qabilalar ustiga qo‗shin tortish ham ayollar ixtiyorida bo‗lgan. Ijtimoiy huquqiy nuqtai nazardan
2 xukmron bo‗lgan davr deb bu davrni ilmiy adabiyotlarda ―ayol huquqi‖
atashadi. L. Morgan, F. Engels, G. Ploss, E. Teylor asarlarida ona urug‘i davri (matriarxat)da ijtimoiy-huquqiy va siyosiy masalalar ayollar qo‗lida bo‗lganiga ko‗plab misollar keltiriladi. Biroq ota urug‘i (patriarxat) davriga o‗tilishi bilan ijtimoiy-huquqiy muvozanat ayoldan erkak tomonga og‘adi va erkak asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga, davlatni boshqaruvchiga aylanadi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlari ayolni erkakka qaram qilish, uning psixologik, xo‗jalik yuritish va bola ko‗rishga bo‗lgan ehtiyojlarini qondirish yo‗lidan bordi.
Bu ijtimoiy-huquqiy mutelik ayol bilan erkakning mulkka egalik huquqining turlicha taqsimlanganida, ayolning turmush qurish, ajralish huquqlari tan olinmaganligida, sud ishlarida qatnashishi cheklanganligida va boshqalarda namoyon bo‗ldi79.
Ayollar va erkaklar teng huquqliligi masalasi qadim zamonlardan buyon qizg‘in bahslarga sabab bo‗lib kelgan. Miloddan 400 yillar avval yashagan sofist Antifont o‗z asarlarida barcha odamlarning tabiat tomonidan teng qilib yaratilganligi haqidagi g‘oyani birinchilardan bo‗lib ilgari surgan. Uning fikricha, tabiat barchani: ayolni ham, erkakni ham teng qilib yaratadi, lekin insonlar o‗zlarini tengsiz holatga soluvchi qonunlar odamlarning o‗zaro kelishuvi natijasidir80.
Tabiiy huquqlar tengligi va barcha odamlarning erkinligi haqidagi g‘oyani sofizm oqimining boshqa namoyondalarida ham uchratamiz. Jumladan, Likofronning fikricha, faqat qonunlargina shaxsiy huquqlarning kafolati bo‗lishi mumkin8182.
Shunday qilib, ayol va erkak teng huquqliligi muammosi doimo hur fikrli insonlar diqqat markazida bo‗lgan. Biroq aynan ayolning erkak bilan teng huquqli ekanligini e‘tirof etgan mutafakkir qadimgi yunon faylasuf olimi Pifagor edi. U odamlarning turmushi isloh qilinishi hamda falsafaning huquq va erkinlik to‗g‘risidagi xulosalariga muvofiqlashtirilishi kerakligi haqidagi tasavvurlarni rivojlantirgan. Ushbu nuqtai nazardan u o‗zining falsafiy qarashlarida ayol va erkakning teng qilib yaratilishi haqidagi fikrni ilgari suradi. Pifagorning maslakdoshlari esa bu g‘oyani davom ettirganlar. Ular inson hayoti adolat va ma‘lum chegara, ya‘ni o‗z o‗rnini bilish va his qilish asosida
6. qurilishi lozimligini ta‘kidlaydi
Ushbu mazmundagi g‘oyani yana bir yunon mutafakkiri Suqrot qonunlarning obyektiv ahloqiy tabiati to‗g‘risidagi falsafiy ta‘limotida rivojlantirgan. Jumladan, u ham insonlarning tabiiy huquqlari tengligini e‘tirof etar ekan, polisning mantiqan to‗g‘ri va adolatli qonunlargagina bo‗ysunishi lozimligini va faqat shunday holatdagina inson erkinligini ta‘minlash mumkinligi g‘oyasini ilgari suradi83.
Shaxs erkinligi va ozodligi, inson va fuqaro huquqi haqidagi ilg‘or g‘oyalarni ilgari surganiga qaramay, qonunga itaotkor va ahloqiy ish yuritgan Suqrot o‗lim jazosiga mahkum etilgan. U agar menga xudolar shuni ravo ko‗rishgan ekan, demak men shunga loyiq ekanman, degan fikrni bildiradi8.
Suqrot izdoshlaridan biri bo‗lgan Platon uning rasionalistik (aqlga asoslangan) g‘oyalarini rivojlantiradi. U Suqrot va Pifagor ta‘limotining inson huquqlari va erkinligi borasidagi g‘oyalarini davom ettirib, ―Ideal davlat‖ asarida atroflicha talqin etadi. O‗z asarida Platon ideal davlatda ayolning o‗rniga nisbatan qarashlari uning biologik va madaniy, xususiylik va ommaviylik o‗rtasidagi o‗zaro bog‘lanishlarni aniqlashtiradi. U ayollar va erkaklar o‗rtasidagi o‗zaro teng huquqlilikni e‘tirof etib, insoning qanday ijtimoiy foydali mehnatni bajarishiga qodirligiga qarab jinslar o‗rtasidagi biologik tafovutlarni nomuhim tafovutlar deb izohlaydi. Ayolning reproduktiv holati ularni faqat uy- ro‗zg‘or ishlari bilan chegaralanib, ijtimoiy vazifalardan chetlatilishiga asos bo‗la olmaydi, deb uqtiradi.
Shu bois biz Platonni jinslar tengligining ilk himoyachisi deb aytishimiz mumkin. U yigit va qizlarning ta‘lim olishi, erkin kasb tanlashi, o‗z qobiliyatiga yarasha ijtimoiy mavqyeni egallashi kabi teng imkoniyatlarni qo‗llab- quvvatlagan. Ammo yuqoridagi fikrlar Platonni feminizm tarafdori bo‗lgan deb qarashga asos bo‗la olmaydi. U ayollar va erkaklarga teng huquqlar beradi, lekin bu uning ayollar shug‘ullanib kelgan an‘anaviy faoliyat sohasini nazardan soqit qilishi evaziga yuz beradi84.
Qadimda turli mintaqalarda ayolning ijtimoiy ahvoli, oila va jamiyatdagi o‗rni har xil bo‗lgan. Tarixiy manbalarda ifodalanishicha, har doim ham ayolga inson sifatida qaralmagan. Yer yuzida ayolga adolat bilan qaraydigan jamiyat bo‗lmagan hali deyish mumkin.
Asrlar davomida ayollarga nisbatan ijtimoiy va ma‘naviy kamsitishlar ularning ijtimoiy faolligini yanada susayishiga olib keldi.
Ba‘zi ayollar asta- sekinlik bilan bu holatni tabiiy deb tan olib, ushbu turmush tarziga ko‗nika boshlasalar, boshqalari esa bunday kamsitishlarga turli yo‗llar bilan qarshilik ko‗rsatishga harakat qilishgan.
Uy yumushlari, ro‗zg‘or tashvishlari, oila boshlig‘iga, ota yoki erga so‗zsiz itoat qilish, tinimsiz haqoratlarga, ho‗rliklarga chidash– ayollarning ichki dunyosi va ruhiyatida ko‗rquv va qullik, itoatkorlik paydo bo‗lishiga olib keldi.
Shunday bo‗lsa-da, biron dinda ayollarning ijtimoiy hayotda erkaklar bilan teng ekanligini (ularning xudo oldidagi tengligi bundan mutasno), ularni davlat, cherkov va diniy idoralar ishida teng qatnashishi mumkinligini e‘tirof etuvchi manba uchramaydi. ―Teologiyaga oid adabiyotlar esa erkaklarning ayollarga nisbatan antifeministik qarashlarini asoslashdan iborat. Xush nomusli yahudiy ham, jazavali hindu ham, mag‘rur musulmon ham ayol qilib emas, erkak qilib yaratilgani uchun o‗z xudolariga shukronalar aytadilar‖85.
Qadimgi Hindistonda ayol turmush qurish, meros va boshqa hech qanday huquqqa ega emasdi. U nopok tamoyilga, zaif fe‘lga, yomon axloqqa ega deb hisoblanib, Manu III qonuni uni bolaligida otasiga, yoshligida eriga, erining vafotidan so‗ng o‗g‘liga yoki erining qarindoshlaridan bir erkakka qaram bo‗lmoqqa majbur etardi. Hatto ba‘zi joylarda eri o‗lgach, ayolga yashash taqiqlanardi. Marhum eri bilan uni tiriklayin yoqib yuborish an‘anasi ham paydo bo‗ldi86.
O‗lmay qolgan bevalar esa ayanchli ahvolda yashar edi. Hinduizm aqidasiga ko‗ra, beva motam kiyimida yurishi kerak. Ularning bir kunda bir marta ovqatlanishi, sochlari ustarada qirilishi majbur edi, bevalar bayram va to‗ylarda ko‗rinmasligi lozim bo‗lib, biron-bir erkak unga uylanmas, basharti uylansa, u avvalo o‗z toifasidan chiqarilar va haydalardi12.
Hindlarning muqaddas kitobi - ―Veda‖da ayol momaqaldiroqdan, o‗limdan, zahardan va ilondan ham yomonroq jonzot sifatida tasvirlanadi.
Buddizmning ayrim yo‗nalishlarida ayollar obrazlari muhim o‗rin egallaydi. Buddizmning asosiy yo‗nalishi bo‗lmish –maxayanada ayol yaxshi, farovon hayot ichida ko‗rsatilgan bo‗lishiga qaramay, muqaddas yozuvlarda ayollarning ziddiyatli tasvirlanishi natijasida erkaklarning ayollarga nisbatan ikki xil munosabati aks etirilgan. Bir tomondan ayol dono, muloyim, mehribon qilib ko‗rsatilsa, boshqa tomondan esa u kishini yo‗ldan ozdiruvchi, buzg‘unchi mavjudot sifatida ta‘riflanadi87.
Buddaviylik asoschisi Budda avvallari ayolni dinga qabul qilmagan. Budda bir gal Anandaga shunday dedi: Ayolni bu dinga qabul qilmaganimizda, buddachilik (buddizm) sof holda uzoq asrlar davom etardi. Endi oramizga ayol kirgach, bu din uzoq yashaydi, deb ayta olmayman, degan88.
Xristianlikda esa, asosan, V asrgacha, ayolga nisbatan past nazar bilan qaralgan, unda ayol erkakni yo‗ldan uruvchi iblisga yaqin mavjudot sifatida talqin qilingan89. Rim jamiyatida nimaiki ko‗ngilsizliklar, tartibsizliklar hukm sursa, uning sababini ayoldan qidirdilar. Ular tinimsiz ayollar haqida bahslashar va o‗zlarinig nomaqbul ta‘riflarini berib, o‗z so‗zlarini ma‘qullashar edi. Jumladan, qirol va poplar ―Ayol- iflos‖, deya baho berdilar. ―Uning go‗zalligidan ehtiyot bo‗lish lozim. Zero, u fitna va g‘urur uchun iblisning qurolidir‖, deya xitob qildilar. Ularga qo‗shimcha tarzda ayrimlari ayol to‗g‘risida, u inson nafsiga shaytonni kiritgan, ayol erkakni Alloh taqiqlagan daraxtga yaqinlashtirgan. Allohning qonunlarini buzgan, erkakni chirkinlashtirgan‖, - degan fikrni bildirganlar. ―Uning gunohkor ekani muqarrar, muhaqqakdir. Ayol qiziqarli ofatdir. Uy va oila uchun tahlikadir. G‘addor bir sevgili, sirli, noma‘lum davomli musibatdir‖ degan xulosa bildirgan90. Xavvoriy Pavel o‗zining korinfliklarga Birinchi yo‗llanmasida Siseron ― ayollar bo‗lmaganda, erkaklar xudo bo‗lar edi‖ deganini, Koton, ― agar hayotda ayollar bo‗lmaganida, biz xudolar bilan muloqotda bo‗lar edik‖, deganini aytib, o‗sha davrning ayollarga bo‗lgan munosabatini ifodalaydi.
O‗sha davrda xristianlikda (milodiy V asrda) quyidagi masalani muzokara etish uchun bir anjuman o‗tkazdilar. ―Ayol mavhum, ruhsiz bir jismmi? Yo unda ruh bormi?‖ Ular shunday qarorga keldilar: ―Masihning onasidan tashqari barcha ayollar jahannam azobidan qutuluvchi emaslar‖.
Xuddi shunga yaqin anjuman Fransiyada milodiy 586 yilda bo‗lib o‗tgan: ―Ayol insonmi yo inson emasmi?‖ Natijada shunday qaror qiladilar: ―Ayol inson, lekin u faqat erkakka xizmat etmoq uchun yaratilgan‖.
Angliyada esa ayol hatto Injilni o‗qish u yoqda tursin, hatto unga qo‗l tekkiza ham olmagan. Qirol Genri VII (1509-1547) zamoniga kelibgina, ayollar Injil o‗qiy boshladilar.
Bu davrgacha ingliz qonunida ayollar fuqaro sanalmasdi. Ular mulk egasi sifatida haq-huquqlarga ega emas edilar. Hatto o‗z mehnati bilan topgan mol-mulkni erkin tasarruf qila olmaganlar91.
Katolik cherkovida ham, protestant cherkovida ham ayollarning faol harakatiga qaramay, hukmron mavqyeni erkaklar egallashgan. 1997 yilda Rimda ―Muqaddas kongregasiya e‘tiqod doktrina‖sida, ayollarni muqaddas din xodimi darajasiga ko‗tarishni man qilish to‗g‘risida qaror qabul qilindi. O‗n ikkita havoriy orasida bitta ham ayol yo‗qligi bu qarorga asos bo‗ldi. 1987 yilni katolik cherkovi tomonidan rasmiy ravishda ―Ona-xudo yili‖ (Bogomater yili), deb e‘lon qilinishidan maqsad ayollarga ularning an‘anaviy onalik va xotinlik burchlarini yodga solishdan iborat edi.
Johiliyat davrida, ya‘ni Islomgacha Arabiston yarim oroli aholisi o‗rtasida ayolning hyech qanday o‗rni ham, qadr-qimmati ham yo‗q edi.
Bu holat farzandning tug‘ilishidan boshlanardi. Oilada o‗g‘il bola dunyoga kelsa, sevinishar, xursandchiliklar qilishar, qiz tug‘ilsa esa oilada motamsarolik xukm surib, tezda farzandni yo‗qotish payiga tushishar edi. Ayolning eri oldidagi qadri erining molichalik emasdi. Johiliyat zamonida arab erkaklari ayol bilan bir xonada o‗tirishmas, birga ovqatlanmasdilar. U davrda arablar uch narsada: otda, ayolda, uyda xosiyat yo‗q, deb ishonishardi92.
Ayniqsa, ajrashgan ayolning turmushi juda nochor ahvolda bo‗lgan, eri uni qiynalsin .deb boshqasiga turmushga chiqishiga to‗sqinlik qilar, tinimsiz haqoratlar edi. Shuning uchun idda muddati tugaydigan vaqtda uni yana nikohiga olar va takror qo‗yardi. Qabul qilingan idda muddati bir yil bo‗lgani uchun, ajrashish cho‗zilib ketardi. Er bu holni uch bor takrorlay olardi. Erning o‗limidan so‗ng esa ayollar bir yil matom tutishardi va bir yil idda kutishardi.
Cho‗ldagi badaviylar johiliyat davrida bir oz ayolni hurmatlashar, shahardagi madaniy hayotda esa tamoman aksi edi.
Makkaga nisbatan Madinada ayollarning ahvoli yaxshiroq edi. Bu davrda qurayshlar uy boshqarishda ayollarga ba‘zi huquklarni berganlar. Ammo erkaklar hech qanday istisnosiz xohlaganlaricha uylana olardilar. Quraysh va Hind kabi ba‘zi qabilalarda qiz bolalarni tiriklayin ko‗mib yuborish odati bor edi. Bu ishni ular qiz bola baribir oilaga yaxshilik keltirmaydi deb o‗ylab amalga oshirar edilar. Ko‗chmanchi arablar ayrim yashab qolgan qizlariga og‘ir ishlarni qildirar, tinimsiz haqoratlar edilar. Ba‘zan esa olti yoshlarga kirganda, uni yasantirib, "Qarindoshlarimiznikiga olib boraman", deb cho‗lda avvaldan hozirlangan chuqurga tashlab, ustidan tuproq tortib yuborishardi. Ba‘zi rivoyatlarda aytilishicha, homilador ayollarni chuqurga tushirib tug‘dirishar, agar tug‘ilgan farzand qiz bola bo‗lsa, uni o‗sha zahoti chuqurga ko‗mib kelishardi.
Johiliyat davrida erkaklar oldida ayollarning hyech qanday ahamiyati yo‗q edi. Turmushga berish davrida ham ota qizining istagini hisobga olmay, yoshiga e‘tibor ham qilmasdan, xohlaganiga turmushga berib yuborardi. Uylanadigan erkakning otasi yoki yaqin qarindoshi qizning otasidan uni so‗ragani borardi va bu ishga ―xitba‖ deyilardi. Qiz uzatiladigan bo‗lsa, bir mahr tayinlanar, shundan keyin turmush qurilardi. Arablarda yana bundan boshqa bir talay botil va chirkin nikoh shakllari uchrardi93.
Arablarda nikoh xususida yomon ishlardan biri-o‗gay onalariga uylanish odatining xukm surishi edi. Bir arab xotinini qo‗ysa yoki o‗zi o‗lsa, katta o‗g‘li o‗gay onasiga uylanishga haqi bo‗lgan, agar u o‗gay onasiga uylanmoqchi bo‗lsa, libosini o‗sha xotin ustiga tashlar va shu tariqa mahr bermasdan, unga uylanib olardi. Agar o‗g‘il istasa, o‗gay onani boshqasiga turmushga berib yuborar va mahrini o‗zi olishi mumkin edi. Hatto marhumning o‗g‘li kichik bo‗lsa, u ulg‘ayguncha o‗gay ona ushlab turilar va bola ulg‘aygach, masala hal etilishi kutilardi. Bu kabi xo‗rliklardan ayol o‗z qabilasidan qochib qutulmasa, bu asoratli vaziyatdan qutulish dargumon edi.
Islom dini vujudga kelishi arafasida dunyoda ikki katta davlat – Rim va Eron bir-birlari bilan raqobatlashar, boshqa xalq va elatlar ustidan hukmlarini o‗tkazishar edi. Rim nasroniy davlat, Eron esa otashparastlar yurti edi. Bu davlatlarning qonunchiligi buzuq, inson haqhuquqlari poymol edi, ichki nizolar oqibatida kuchsizlanib qolgan edilar. Arabiston yarim oroli goh u, goh bu davlatning qo‗shinlari bilan harbiy to‗qnashuvlarga duch kelib turardi. Islom dinining vujudga kelishi Arabistonda ijtimoiy-siyosiy hayotni muolaja qiluvchi bir dastur sifatida qarshi olindi. Hayotning barcha jabhalarini qamrovchi Islom ayollar haq-huquqlariga ham katta e‘tibor berdi94.
Islomda ayolning haqlari quyidagicha ado etilishi lozim deb ko‗rsatilgan.
1.Ayollarga yaxshi muomalada bo‗lish, ularga nisbatan xushmuomala, shirinso‗z, muloyim munosabatda bo‗lish, nohaqlik va qo‗pollik qilmaslikni targ‘ib etdi. Bu xususda Muhammad Payg‘ambar mo‗minlarning eng to‗la ishonchlisi xush xulqlisidir. Sizlarning yaxshilaringiz ayollarga, zavjalariga yaxshi muomalada bo‗lganlaringizdir, ayollar xususida Allohdan qo‗rqingiz. Zero, siz ularni Allohdan omonat o‗laroq olgansiz95, deb ta‘kidlaganlar.
2. Ayollarni urmaslik. Ayollarga munosabat to‗g‘risida Qur‘oni karimda: ―Xotinlarning itoatsizligidan qo‗rqsangiz, avvalo ularga nasihat qilingiz, so‗ng (bu ta‘sir qilmasa) ularni yotoqlarida tark etingiz, so‗ngra (bu ham kor qilmasa,) ularni (majruh bo‗lmagudek darajada) uringiz. Ammo sizlarga itoat qilsalar, ularga qarshi (boshqa) yo‗l axtarmangizlar, deb qayd qilingan. ―Niso‖ oyatida aytilganidek, itoatsiz ayolni tarbiya va so‗nggi chora sifatida qattiq og‘ritmasdan urishga izn berilgan. Lekin, ma‘lumotlarga ko‗ra Payg‘ambarning o‗zi ayollarini urmagan va xotin kishini urganlarga ham qarshi turgan. ―Ne bo‗ldi erkaklarga, xotinlarini qul kabi uradilar, holbuki, ayni kun so‗nggi
1. Ayni (tun)da latiflashadilar‖, degan hadis ham bu fikrning isbotidir paytda, ayollarga ham erlariga ozor bermaslik amr etilgan. 3. Ma‘lumki, yuqorida ta‘kidlanganidek, islomga qadar ayrim arab mamlakatlarida oilada qiz farzand tug‘ilsa, fojea alomati deb qaralgan, shu bois, uni tiriklayin ko‗mishgan. Bu odat vahshiylik hisoblanmas, aksincha, ayollarni bunday xo‗rlash odatga aylangan edi. Islomda esa ayol va bolalarni o‗ldirish man etilgan. Qur‘oni Karimda shunday deyiladi: ―(Ey insonlar), bolalaringizni qashshoqlikdan qo‗rqib o‗ldirmangiz, ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o‗ldirish, shubhasiz, katta xatodir‖ (―Al-Isro‖, 31)2 ―O‗z bolalarini aqlsizlik qilib, johilona o‗ldirgan va Allohga tuhmat qilib ular uchun Olloh rizq qilib bergan (hayvonlar)ni haromga chiqarganlar, albatta, (o‗zlariga) ziyon qilganlar. (Ular) haqiqatdan adashdilar va to‗g‘ri yo‗lga yuruvchi bo‗lmadilar‖
3
(An‘om‖ 140)
Islom huquqida hatto urush vaqtida ayol va bolalarni o‗ldirish taqiqlangan. Payg‘ambar: ―Kimki ikkita qizni voyaga yetguncha boqsa, jannatga men bilan birga kiradi‖, deb ta‘kidlaganlar.
4. Ayollarning ilm olishlari. Ayol va erkak musulmonlarga ilm o‗rganmoq farzdir. Qur‘oni Karimda faqatgina ayollarning o‗ziga xos, jismiga muvofiq kelgan (masalan, avratlarini to‗sish, bola emizish, idda muddati, taloq to‗g‘risida va hakozo) qolgan barcha oyatlar erkagu ayolga tegishli hisoblanadi. Ilm haqidagi chaqiriqlar ham shular jumlasidandir. Islomda iymondan keyingi farz ilm olishdir. Buning ahamiyati to‗g‘risida Muhammad payg‘ambar ―ilmni Chinga bo‗lsa ham borib, olinglar‖ deb ta‘kidlaydi.
Islomda ilm fikh, hadis, faroiz, tib, handasa, tarix, falakiyot va boshqa sohalarga bo‗lingan. Musulmonlar Qur‘on va sunnatga amal qilgan vaqtlarida ularning orasida ilmning barcha sohalarida dunyoga tanilgan allomalar yetishib chiqqan. Bunga o‗zimizning vatandoshlarimiz: Al- Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon
Beruniy, Ulug‘bek, Zamaxshariy va boshqa ko‗plab olimlarning nomlarini keltirish mumkin.
Islom olamida birinchi darsxonalar, madrasa va masjidlar ochilgan. Uni diniy va dunyoviy bilimlar bilan boyitishga muvaffaq

2
3
bo‗ldilar96. Bu diniy va boshqa bilimlarni tahsil etishda ayol-erkak ajratilmagan. Chunki Islomda ilm olishda ayol-erkak tengdir. ―Ilm talab etmoq har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir‖, degan hadis ham fikrimizning to‗g‘riligini ifodalaydi.
Islom ta‘limoticha, shubhasiz, shariatning uch amal tayanchi bor. Bular: ilm, amal, ixlos. To‗rt xalifa zamonlari o‗tib ketgach, Islom davlatlarida soxta din peshvolari tarafidan ayollarning ilm olishini taqiqlaydigan uydirma hadislar ham yuzaga keldi97. Holbuki, Muhammad payg‘ambar va Horun ar-Rashid davrlarida ayollar ilm tahsilining cho‗qqisida bo‗lganlar.
Kimki ―Muslima ayollarning ilm olishini din taqiqlagan yoki taqiqlaydi‖ iddaosini ilgari sursa, bilingizki, u kimsa Islomga xiyonat etgan‖, degan hadis ham islom ayollarning ilm olishini rag‘batlantiruvchi din ekanligidan dalolatdir.
Islom dinining ta‘kidlangan ijobiy jihatlari bilan birga, ayrim kamsituvchi holatlari ham mavjud: ayollar asrlar davomida oila doirasi bilangina cheklandilar, erta nikohlilik, ko‗pxotinlik, oilada ayollarni doimiy ravishda tazyiq ostida yashashi kabilar shular jumlasiga kiradi.
Turmush tarzi tizimida ayollar huquqlarining kamsitilishi amal qilgan. O‗tmish zamonlarda ayollarni kamsitish jamiyat turmush tarzi uchun odatiy hol bo‗lib kelgan. Bunday holatni ba‘zi huquqiy odat va normalar orqali asoslashga harakat qilingan.
Masalan, Mesopotamiya va unga yaqin hududlarda shumer huquqiga ko‗ra, bir ayol eriga: ―Sen mening erim emassan‖ desa, ya‘ni ajrashmoqni istasa, u ayol daryoga tashlanib o‗ldirilar edi. Faqat erkak xotiniga: ―Sen mening xotinim emassan‖ deydigan bo‗lsa, erkak unga bir miqdor kumush pul berishi lozim edi. Albatta, bunday adolatsizliklar ayollar ma‘naviy-ruhiy holatiga kuchli ta‘sir etmay qolmaydi. Shuning uchun ham ayollar har qanday zo‗ravonlik va adolatsizliklarga sabrtoqat bilan yashashga majbur bo‗lganlar98.
Manbalarda aytilishicha, agar bir erkak ayolning homilasini tushirishga majbur etishi natijasida u ayol o‗lsa, o‗sha erkakning qizi o‗limga mahkum etilardi. Ayolga muqobil erkak esa o‗ldirilmaydi, ayolga muqobil ayol, hur erkakka muqobil hur erkak, qulga muqobil qul o‗ldirilardi. Bu huquqqa ko‗ra, birovning jinoyati boshqaga ko‗chirilmoqda. Aybdor, jinoyatchi erkak o‗rniga ma‘sum bir qiz o‗ldirilmoqda.
Qadimgi Bobildagi Hammurappi va Solon qonunlarida ayolning mulkka munosabati tilga olinmaydi. Solon o‗z qonunlarini ―barcha uchun teng qilib qo‗ydim‖99, degan bo‗lsa-da, ayollar mulkka egalikda, sud ishlarida va saylovlarda qatnashmas edilar. Bevafo ayolga o‗lim jazosi qo‗llanilgan yoki cho‗riga aylantirilgan.
Shumer qonunlarida esa faqat ba‘zi bir qoidalar mukammalroq ishlangan. Bunga ko‗ra, oilaning huquqiy jihatlarida ayol manfaatlarini himoya qiluvchi ba‘zi bir moddalar kiritilgan. Masalan, bitta ayol bilan turmush qurish e‘tirof etilgan holda, ba‘zi bir vaziyatlarda birdan ziyod ayolga uylanishga ruxsat etilgan.
Onado‗lida yashagan xatitlarda oilada farzandlar erki faqat ota izmida bo‗lgan. U istaganini amalga oshirishi mumkin edi. Agar xohlasa bolalarini tovon yoki badal o‗rniga boshqasiga berib yuborardi. Eri o‗lsa, ayol oiladagi qarindoshlariga topshirilardi. Mavjud odatga ko‗ra, agar eri o‗lib, xotini beva qolsa, u ayol erning qarindoshiga turmushga chiqadi. Agar u ham o‗lsa, uning otasiga, ota ham o‗lsa, erning boshqa qarindoshlariga turmushga chiqish majburiyatida edi.
Shuningdek, farzandning olamdan o‗tgan otasidan qolgan o‗gay onasiga uylanishi ayb emas deb hisoblangan. Shu tariqa beva qolgan xotinga erining boshqa qarindoshlari ham uylanishga haqli bo‗lgan.
Qadimgi Yunonistonda ham ayollarning ahvoli ayanchli edi. Ayollarga bozordagi bir buyumday munosabat qilinar edi. Ular hyech qanday huquq va erkinliklarga ega emas edilar, lekin ayollarga oldiga qat‘iy burchlar qo‗yilgan. Unga ko‗ra, ular butun umri davomida erkakning buyrug‘iga itoat etish, uning xohlagan istaklarini bajarishga majbur edilar. Ayol umrbod bir erkakning ixtiyorida bo‗lib, hayotmamoti o‗sha erkakka topshirilardi. O‗sha erkak istagan ayoliga er sifatida o‗z xohishini taklif etar va ayolni zo‗rlab o‗z tasarrufiga olardi. Barcha mol-mulk erkakning ixtiyorida bo‗lgan. Uning roziligisiz ayol hyech bir tasarruf huquqiga ega emas edi. Ajralish ishlarida er mutloq haq xisoblanardi. Ba‘zi bir hollardagina ayol ham ajralish istagini bildira olar edi. Bunday hollarda ayol boshiga adolatsiz bo‗xtonlar yog‘ilardi.
Spartaliklar esa ayolga ba‘zi bir madaniy haq-huquqlar bergandilar35. Faqat bu ularning ayollarni hurmat qilganlari tufayli emasdi. Sparta harbiy joy bo‗lganligi uchun erkaklar davomli urush, jang bilan mashg‘ul bo‗lardilar. Ular ko‗p hollarda oilada bo‗lmaganlari uchun, mol-mulkni tasarruf etishni beixtiyor ayollarga qoldirishga majbur edilar. Shu sababli spartalik ayol Afina va boshqa Yunon shaharlarida yashagan ayollarga qaraganda erkinroq edi.

TEST TOPSHIRIQLARI 22
C.17 45
D.20 45


Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling