Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet50/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70
Birinchidan, oilada ota-onalar tomonidan farzandlarga tarbiya berish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar qatorida, ijtimoiysiyosiy qadriyatlar xususida tushunchalar berib borish;
Ikkinchidan, maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar mamlakat siyosiy xayotining bo‗lajak ishtirokchilari ekanligi xissini uyg‘otuvchi uslublarning zamonaviy vositalaridan foydalanish;
Uchinchidan, umumiy o‗rta ta‘lim maktab o‗quvchilariga ijtimoiy-siyosiy bilimlarga bo‗lgan ehtiyojini oshirishga yo‗naltirilgan fanlardan ta‘lim berish;
To„rtinchidan, oliy ta‘lim va undan keyingi bosqichlarda siyosiy va huquqiy madaniyatni tadqiq etishga oid ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatga rag‘bat berish, bunda ta‘lim muassasalari va davlat tashkilotlari o‗rtasidagi hamkorlikni keng yo‗lga qo‗yish;
Beshinchidan, yosh qizlarning ma‘naviy dunyoqarashini shakllantirishda madaniyat obyektlari (kino, teatr, muzey va h.k.) bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda ularning ishtirokini ta‘minlash, ushbu yo‗nalishlardagi munozara-debatlardagi faolligini oshirish;
Oltinchidan, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda xotinqizlarning faol ishtirokini ta‘minlash, yosh qizlarning jamiyatda sodir bo‗layotgan voqyea-hodisalarga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish ham ushbu yo‗nalishda olib borilayotgan ishlarimizning asosini tashkil etadi.
Xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini ta‘minlash va ijtimoiysiyosiy faolligini oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ham roli katta. Chunki, nodavlat xarakterdagi, turli guruhlar va qatlamlar manfaatlarini ifodalaydigan jamoat tashkilotlari bugungi kunda zamonaviy fuqarolik jamiyatining muhim instituti ‗tirof etilgan. Bunday tashkilotlarga xotin-qizlarni keng jalb etish orqali ularning huquq va erkinliklarini ta‘minlashga erishiladi, shu bilan birga davlat va jamiyat boshqaruvida bevosita va bilvosita ishtiroki ta‘minlanadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ilm-fan, ta‘lim-tarbiya sohalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlarni ikki yo‗nalishga ajratish mumkin. Zero, ushbu sohada faoliyat olib borayotgan xodimlarning 72 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling