Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet58/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70
Birinchidan, respublikamizda ayollar tadbirkorligining bugungi holatini tahlil qilish, muammolarni aniqlash, ularni hal qilish imkoniyatlarini o‗rganish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‗yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hamda mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish;
Ikkinchidan, respublikamizda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‗yicha faoliyat yuritayotgan davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha hamda dasturlarni monitoring qilish, baholash tizimini samaradorligini o‗lchash uchun aniq ko‗rsatkichlar ishlab chiqish;
Uchinchidan, davlat va jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda ayollarni ijtimoiy – iqtisodiy qo‗llabquvvatlash, ayollar o‗rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bandlikni ta‘minlash muammolarini hal etishga qaratilgan istiqbolli rejalar ishlab chiqish;
To„rtinchidan, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchi qizlarini, shuningdek uyushmagan ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‗yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Beshinchidan, ayol tadbirkorlar o‗rtasida o‗zaro amaliy-ijodiy hamkorlik muhiti, o‗zaro tajriba almashish va hamkorlikda faoliyat olib borishda bir-biriga ko‗maklashish uchun shart-sharoitlar yaratib berish, ularni ishlab chiqarish, xizmat ko‗rsatish, xalqaro darajada tajriba almashish yo‗nalishida birlashtirish.

  • xotin-qizlarning tafakkur tarzida tub o‗zgarishlarni vujudga keltirish, yaratilayotgan iqtisodiy imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda tadbirkorlikni erkin rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqa olish qobiliyatini shakllantirish;

  • ayol kishi – tabiatning ―nozik xilqati‖ naqli bilan cheklanib qolmasdan, uning shaxsiy imkoniyatlariga ishonch tuyg‗usini berish, ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishda rag‗batlantirish;

  • xotin-qizlarning sharqona fazilatlarini bozor iqtisodiyotining bugungi qonuniyatlari bilan uyg‗unlanlashtirish;

  • mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‗zgarishlarga shaxsiy daxldorlik kayfiyatini rivojlantirish.

Shuningdek, ularni kengroq fikrlashga, yaratuvchanlik qobiliyatini oshirishga, mamlakat ishlab chiqarish sohasida faol ishtirokini ta‘minlashga erisha olsak, o‗ylaymizki, mamlakatda birorta ham ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand ayolni qolmaslikka erishishdek oliy maqsadimiz yo‗lida to‗g‗ri faoliyat olib borayotgan bo‗lamiz.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling