Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


-MAVZU. O„ZBEKISTONDA OILALARNI IJTIMOIY XIMOYALASHDA INNOVATSION TENDENSIYALAR


Download 294.93 Kb.
bet59/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70
15-MAVZU. O„ZBEKISTONDA OILALARNI IJTIMOIY XIMOYALASHDA INNOVATSION TENDENSIYALAR

  1. O‗zbekistonda ijtimoiy soxa isloxotlari.

  2. Oilalar va bolalarni ijtimoiy ximoyalash tizimi dinamikasi.

  3. Oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirishda innovatsion tendensiyalar.

  4. Oila-nikoh munosabatlari barqarorligini ta‘minlashda sotsiap innovatsiyalar.

Modernlashgan postindustrial jamiyatlarda oila va oilaviy munosabatlar ma‘lum transformatsiyalarni boshidan kechirar ekan avvalo bunday holat xotin-qizlar teng huquqligi g‗oyalari ularga nisbatan diskriminatsiyaning har qanday shakllariga barham berilishi g‗oyalaridan kelib chiqib ular ijtimoiy faolligini qo‗llab quvvatlash shart-sharoitlarini yaratilishiga turtki bo‗ldi. Xususan, zamonaviy oilalarda shaxsiy salohiyatning roli va ahamiyatini o‗sib borarkan, oila a‘zolarining har biri, jumladan, xotin-qizlarning ijodiy salohiyatini yanada ochilishi, ularning ijtimoiy sotsial moslashuvchanlik imkoniyatlarini o‗sishi kuzatilmoqda. Natijada oilaning ana‘naviy funksiyalari qatoridan yangi – personalitar (lotinchadan, persona – shaxs) funksiya o‗rin oldi. Ushbu funksiyaga binoan, shaxsning individualligi, huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan olindi.
Oilaning har bir a‘zosi, jumladan, ayollarning kasbiy-ijodiy rivojlanishi va o‗zligini namoyon etishda shart-sharoit yaratildi.
XXI asrdagi ilg‗or ayollarning o‗ziga xos sotsial qiyofasini shakllantirgan bo‗lsa, ikkinchi tomondan modernizatsiyalashuv jarayoni aksariyat davlatlarda oilaviy turmush tarzi ijtimoiy-psixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi. An‘anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformatsiyasi oqibatida ayollarning hayotiy qadriyatlari ham o‗zgardi.
Bizga ma‘lumki, mehnatga layoqatlilik va reproduktiv yoshi xotinqizlarda aynan bir paytda kechishi bois, ularda ma‘lum mutaxassislikni egallab kasbiy mahoratga erishish hamda oila qurib farzandlarni dunyoga keltirib ular tarbiyasi bilan shug‗ullanish o‗rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni shakllantiradi. Sotsiologik nuqtai nazardan bu davr asosan individ yoshining ijtimoiy konstruksiyasidan kelib chiqib «yoshlik» va «o‗rta yoshlilar» bosqichiga to‗g‗ri keladi. Bu borada o‗z tadqiqotlarini olib borgan E.Erikson insonning sakkiz bosqichli hayotiy siklni ishlab chiqar ekan, uningcha, beshinchi (yoshlik) va oltinchi (etuklik) bosqichida inson kasb tanlash, mos ish qidirish, hayotdagi yo‗ldoshni tanlash, oila qurish, farzandlarni dunyoga keltirib, voyaga etkazish bilan shug‗ullanadi. Bu davrda erkaklar oilaviy hayoti kasbiy faoliyatiga to‗siq bo‗lmasdan davom etsa, ayollarda aksincha, ―oila yoki ish‖ tanlovi, yoki ―qo‗sh mas‘uliyat‖ muammolari ko‗ndalang turib qoladi.
A.van Gennepning zamonaviy jamiyatlarda inson hayoti siklik rivojlanishi modeliga ko‗ra ijtimoiy etuklik, er-xotinlik va ota-onalik, ijtimoiy maqomning oshishi, kasbiy ixtisoslashish kabi ierarxik bosqichlarni qamrab oluvchi pillapoyalardan ko‗tirilib borishda ayollar erkaklar qatorida ijtimoiy-siyosiy faolligini namoyon etmoqdalar.
SHu bois, modernizatsiyalash sharoitida inson uchun yaratilgan moddiy-ma‘naviy ne‘matlar taqsimotida o‗zning munosib ulushiga ega bo‗lib istagi gender nomutanosiblik g‗oyalarini chetlab o‗tib iqtisodiymoliyaviy mezonlar asosida ayol va erkak zimmasidagi mas‘uliyatni teng taqsimlaydi. SHu asnoda oilaviy hayot siklining to‗rt asosiy bosqichi davomida ayolning erkak bilan teng shartlar va imkoniyatlar asosida zaruriy daromadni birgalikda ishlab topish dolzarblashtiradi. Ushbu zaruriyat esa o‗z o‗rnida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy faol ayollar ijtimoiy mobilligini o‗sishiga turtki beradi. Agarda oila avvallari erning maoshi hisobiga kun kechirgan va aynan erkak uchun xordiq imkoniyatlari yaratilgan bo‗lsa endilikda, er va xotin ikkisi ham karera qiladilar va kun kechirish uchun zaruriy mablag‗ni ishlab topadilar. Ish bilan band ayollar uyiga kech kirib keladi, ularni magazinda, qo‗niqo‗shnilar bilan birga yurganini deyarli uchratish mushkul. Istiqbolda kunduz kuni do‗konda keksalar yoki go‗dak bolalari bilan yurgan ayollarnigina uchratish ehtimoli baland.
An‘anaviy nikoh qaydi o‗zgarmoqda, nikoh uchun juftlikni yopiq tizimidan ochiq shakliga o‗tish sodir bo‗lmoqda; ikkinchidan, hukmron jinsiy ma‘naviyat va ahloq tizimi qayta ko‗rib chiqilmoqda. Natijada aksariyat g‗arb davlatlarida oila-nikoh munosabatlari tanazzulga uchramoqda. Ayollarning an‘anaviy maqomi va roli to‗g‗risidagi turg‗un tushunchalar dolzarbligini yo‗qotib, uning o‗rnini personalitar funksiyasi yaqqol bo‗lgan egalitar munosabatlarga tayanadigan nuklear oila yoki nikohning legallashmagan erkin turlari ommalashmoqda.
Takidlash joizki, butunjahon iqtisodiyot forumi ekspertlari oxirgi besh yilda yuqorida ta‘kidlangan holatlar bo‗yicha reytingni tuzib keladilar. Bunda ular quyidagi mezonlarni hisobga oladilar:107 1) mehnatga haq to‗lashdagi farq; 2) erkaklar va ayollar daromadlarining nisbati; 3) boshqaruv tuzilmasiga kiruvchi hamda mehnat bilan mashg‗ul bo‗lgan yuqori malakali ayollar soni; 4) ayollarning ma‘lumotlilik darajasi; 5) tug‗ilish, oiladagi hayot sharoitlari va uzoq hayot kechirish bo‗yicha farqlar; 6) parlament a‘zolari bo‗lgan ayollar va vazir ayollar soni va boshqalar.
Vaholanki, jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida erkak va ayollar o‗rtasidagi kasbiy-professional va oilaviy-nikoh munosabatlaridagi tenglik g‗oyalarini zo‗r berib targ‗ib qilinsada rasmiy ma‘lumotlarga ko‗ra ko‗p jabhalarda gender tafovut hamon saqlanmoqda. Birgina bo‗sh vaqt taqsimotiga ko‗ra ayol uy ishlariga 33,6 foiz, erkaklar 11,3 foiz vaqt sarflaydi. Ayollar sutkada uy ishiga 3 soat, erkaklar esa 0,65 soat sarflaydilar. Bundan tashqari, ayol ham 8 soat mehnat qilib, oilada erkak kabi hordiq chiqarish, madaniy dam olish orzusi bilan yashaydi1.
Xullas, modernizatsiyalashayotgan jamiyatda ayolning o‗rni va roli haqida gap ketar ekan, bu ijtimoiy voqelik sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlash zarur. Hozirda ushbu masalaga oid bahs-munozaralarda bir-biriga zid ikki xil qarash shakllanib ulgurdi:
Birinchi yondashuvga binoan ayollar ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faol ishtirok etishlari zarurligi ta‘kidlanadi. Bunday pozitsiyada turuvchilar aksariyat hollarda ayollar va erkaklarning xuquqiy tengligini ularning amaliy tengligi ma‘nosida talqin etadilar.
Ikkinchi yondashuv vakillari esa mohiyat-e‘tibori bilan ayollar faoliyatini asosan oilaviy turmush doirasi bilan cheklab qo‗yish g‗oyasini ilgari suradilar. Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‗llabquvvatlash, ularni innovatsion faoliyatga undash davr talabi bo‗lib, bu borada nozik muvozanatni ushlab turish murakkabligicha qolmoqda. Dunyo mamlakatlari aholisining turmush tarzi, milliy-etnik xususiyatlari, globallashish, modernizatsiya jarayonlari bilan to‗qnash kelgan bir davrda xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyat va shaxs hayoti barqarorligini ta‘minlash omili sifatida yuqori intellektual yondashuvlar asosida qo‗llab-quvvatlanishi esa davr talabi bo‗lib qolmoqda.
Respublikamizda doimiy aholi sonining jinsi bo‗yicha taqsimlanishi bo‗yicha ayollar 49,8% (15736,4 nafar), erkaklar 50,2% (15838,9 nafar)ni tashkil qilmoqda108. Jinoyatchilikning jinsiy kesimdagi tahliliga ko‗ra 90-95% jinoyatchilik asosan erkaklar zimmasida bo‗lsa, 5-10% xotin-qiz jinoyatchiligini tashkil etadi. Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning salmoqli qismi asosan mulkka qarshi sodir etilgan jinoyatlardan iborat. Ammo, ozodlikdan mahrum etish muassasalaridagi xotin-qizlar orasida shaxsiyatga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar ko‗pchilikni tashkil etishi. Xotin-qizlar orasidagi jinoyatchilik 2014 yilga nisbatan 2017 yilda 4.6% ga kamaygan bo‗lsa-da viloyatlar kesimida Farg‗onada 8,9%, Surxondaryoda 2,7% Buxoroda 0,3% ga o‗sgan. Jinoyatlar turi bo‗yicha ayollar orasida bezorlik 16,7%, firibgarlik 13,1%, qasddan tan jarohati etkazish 10,7%, tovlamachilik 8,8% ga oshgan109. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, shuningdek, o‗tgan yili maxsus ro‗yxatdan chiqarilgan 2 587 nafar diniy oqim a‘zosi bo‗lgan ayollarning hayotda o‗z o‗rnini topishi, ijtimoiy muammolarini hal etishga alohida e‘tibor qaratildi110.
Oxirgi yillarda ajrashishlar soni har yili 10-11 foizga oshib borgani tashvishlanarlidir. 2017 yilda 31 mingdan ziyod ajralish holati qayd etilgan. Buning oqibatida, asosan, ayollar va bolalar jabr ko‗rmoqda. Ayollar o‗rtasida jinoyatga qo‗l urish hollari ko‗p uchramoqda. Prezidentimizning yuqorida qayd etilgan farmonida shu kabi masalalarni hal etish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash maqsadida respubllika miqyosida xotin-qizlar qo‗mitalari tuzilmasini tubdan takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalaga aylandi.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling