Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Ijtimoiy og„ir vaziyatdagi xotin-qizlar manfaatlarini himoyalash mexanizmlarini takomillashtirish


Download 294.93 Kb.
bet60/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70
Ijtimoiy og„ir vaziyatdagi xotin-qizlar manfaatlarini himoyalash mexanizmlarini takomillashtirish
Ma‘lumki, mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridanoq xotinqizlarga g‗amxo‗rlik ko‗rsatish, ularni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‗llabquvvatlash, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma‘naviy hamda intellektual salohiyatini yuksaltirish, qiz bolani zamonaviy kasbhunarga o‗rgatish, ularni sportga keng jalb etish, sog‗lom oilani shakllantirish davlat siyosati darajasiga ko‗tarildi. Buni O‗zbekistonda xotin-qizlar harakatlari va tashkilotlari ham miqdor, ham mazmun jihatidan tobora yuksalib borayotganida ham yaqqol ko‗rish mumkin.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama, jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‗yicha ustuvor yo‗nalishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan ―Xarakatlar strategiyasi‖da aholini ijtimoiy himoya qilish va sog„liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish ustuvor yo„nalishlardan biri sifatida belgilandi.
―Harakatlar strategiyasi‖ning ushbu yo‗nalishi bo‗yicha Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-tekshirish institutlari va Oliy o‗quv yurtlari klinikalari etakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda keng tarqalgan kasalliklarning oldini olish va erta aniqlashga qaratilgan «Hech kim mehr va e‘tibordan chetda qolmasin» shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‗rik tadbirlarini o‗tkazish, viloyatlar aholisini sifatli tibbiy yordam bilan ta‘minlash maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko‗rsatishini tashkil etish bo‗yicha maxsus chora-tadbirlar dasturini qabul qilish, «Odam a‘zolari va to‗qimalarini transplantatsiya qilish to‗g‗risida»gi Qonun loyihasini ishlab chiqish, Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun: tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalarining kuchi bilan tog‗li, cho‗l va borish qiyin bo‗lgan hududlarda, shuningdek, alohida e‘tibor talab etiladigan tumanlarda aholini tibbiy ko‗rikdan o‗tkazish; ekologik jihatdan noqulay mintaqalarda yashovchi (Navoiy, Qashqadaryo,
Surxondaryo viloyatlari va Qoraqalpog‗iston Respublikasi) aholi uchun
«Salomatlik» poezdlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling