GLOSSARIY:
Avtokratik harbiy boshqaruv – o‗z qo‗lida butun hokimiyatni jamlagan harbiy yetakchining idora qilishi.
Avtoritet – boshqa insonlarning xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini boshqarish uchun berilgan, qonuniylashtirilgan huquq.
Adaptasiya – biologik organizmning muayyan sharoitda yashashga moslashish qobiliyati.
Anomiya – ijtimoiy me‘yorlar individ xulq-atvorini belgilay olmaydigan vaziyat (E.Dyurkgeym tomonidan kiritilgan).
An‟analar – o‗tmishdan foydaliligi jihatidan insonlar qabul qiladigan, avloddan-avlodga o‗tadigan madaniy norma va qadriyatlar, ko‗nikmalar.
Assimilyasiya – ozchilikning ko‗pchilik aholi ichiga singishib ketishi, bunda ozchilik aholi hukmron madaniyat me‘yorlari va qadriyatlarini qabul qiladi.
Barqarorlik (ijtimoiy)– jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‗rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‗rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va h.k.
Bilish – tasavvur, tushuntirish va eslab qolishni qamrab oladigan tafakkur jarayoni.
Birlamchi guruh – bir-birlari bilan shaxsiy munosabatlarda bo‗lgan individlar guruhi.
Byurokratiya – aniq hokimiyat iyerarxiyasiga, amaldorlar xulqatvorini belgilab beradiganko‗rsatma va yo‗riqnomalarga ega bo‗lgan tashkilot tipi, amaldorlar shtati.
Vertikal mobillik – ijtimoiy stratifikasiya tizimi iyerarxiyasida yuqoriga va pastga qarab siljish.
Gender – erkaklar va ayollar uchun xos hisoblangan jihatlarni xklqatvordan kutish.
Globallashuv – dunyodagi turli odailar, mintaqalar va mamlakatlar o‗rtasidagi o‗zaro bog‘liqlikning o‗sishi.
Gipoteza (yun. hypothesis – asos) – o‗rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli taxmin tarzidagi bilim shakli.
Gorizontal mobillik – individlarning mamlakat ichkarisidagi bir mintaqadan ikkinchisiga yoki bir mamlakatdan boshqa mamlakatgao‗tishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |