Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Jinoyat – hokimiyat tomonidan o‗rnatilgan qonunlarni buzadigan har qanday xatti-harakat. Jins


Download 294.93 Kb.
bet64/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
Jinoyat – hokimiyat tomonidan o‗rnatilgan qonunlarni buzadigan har qanday xatti-harakat.
Jins – ayollar va erkaklarni bir-biridan ajratib turadigan biologik va anatomik xususiyatlar.
Ideal tip – voqyelikdagi real mavjudligi shart bo‗lmagan ijtimoiy obyektning asosiy belgilarini ta‘kidlovchi konstruksiya.
Ijtimoiy guruh – har bir a‘zosi boshqalariga nisbatan taqsimlangan kutinmalar asosida ma‘lum bir tarzda o‗zaro xatti-harakat qiluvchi individlar yig‘indisi.
Ijtimoiy jarayon – strukturaviy yoki funksional jihatdan bir-birni taqozo etuvchi ijtimoiy hodisalar turkumi.
Ijtimoiy institut – ma‘lum bir hayot muhitida insonlarning o‗zaro xatti-harakatlarini idora etuvchi va unda rol va statuslarni belgilovchi rasmiy va norasmiy qoidalar, tamoyillar, me‘yorlar, o‗rnashmalarning barqaror yig‘indisi.
Ijtimoiy me‟yor – ijtimoiy xatti-harakatni umumiy boshqarib turuvchi qatori sifatida namoyon bo‗luvchi qoida.
Ijtimoiy mobillik – individlar va guruhlarning jamiyat tarkibida o‗z o‗rnini, mavqyeini o‗zgartirishi.
Ijtimoiy nazorat – ijtimoiy tizimning uni tashkil etuvchi elementlarining o‗zaro xatti-harakatlarini normativ idora vositasida tartibga solishni ta‘minlovchi o‗zini-o‗zi idora etish usuli.
Ijtimoiy rol – muayyan ijtimoiy pozisiyani egallab turgan individdan kutiladigan xulq-atvor.
Ijtimoiy sanksiya – ijtimoiy aktor xatti-harakatining ijtimoiy rollar talablari doirasida yon-atrofdagilar tomonidan ijtimoiy qo‗llabquvvatlanishi yoki jazolanishi ko‗rinishida namoyon bo‗luvchi oqibati.
Ijtimoiy stratifikasiya – moddiy va boshqa ne‘matlarga erishish imkoniyati bilan bog‘liq bo‗lgan jamiyatdagi guruhlar o‗rtasidagi tuzilmalashgan tengsizlikning mavjudligi.
Ijtimoiy fikr – taraqqiyotning turli muammolari, xususiyatlari to‗g‘risida turli xil ijtimoiy guruh yoki qatlamlarga mansub kishilarning munosabatini o‗rganish natijasida hosil qilingan tasavvurlar yig‘indisi.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling