Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
Download 294.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prognoz
- Sanksiya
- Sotsial darvinizm
- Status
Postindustrial jamiyat – moddiy tovarlar ishlab chiqarishdan ko‗ra ko‗proq axborot ishlab chiqarishga tayanadigan jamiyat.
Predmet – inson faoliyati va bilish jarayonida obyektlar dunyosidan ajratib qaralgan ma‘lum bir yaxlitlikni ifodalovchi tushuncha. Prestij – individ yoki guruhning mavqyeiga asosan ko‗rsatiladigan hurmat. Prinsip – turli ahamiyatga ega bo‗lgan faktlar va bilimlar majmuining asosi, poydevori, har qanday xatti-harakat, xulq-atvor va faoliyatning boshlang‘ich qoidalari. Prognoz – biror bir hodisaning kelajakdagi holati haqidagi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan ehtimoliy mulohaza. Propaganda (lot. yoyish, tarqatish) – keng ma‘noda: ijtimoiy faoliyatning alohida turi bo‗lib, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida ilmiy, badiiy, ijtimoiy-siyosiy, milliy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib etishdir; tor ma‘noda: mafkura va siyosatni targ‘ib etishga qaratilgan faoliyatdir. Sanksiya – rag‘batlantirish yoki jazolash turlari bo‗lib, ular yordamida ijtimoiy maqbul bo‗lgan xulq-atvor me‘yorlari mustahkamlanadi. Sekulyarizasiya – jamiyat hayotiga diniy ta‘sirning kamayib borish jarayoni. Siyosat – hokimiyat hukumat faoliyati mazmuni va mohiyatiga ta‘sir o‗tkazish uchun qo‗llaydigan vositalar. Siyosiy partiyalar – davlat hokimiyatiga erishish va bu hokimiyatdan muayyan dasturni bajarish uchun foydalanishni mausad qilib qo‗ygan tashkilot. Sotsial darvinizm – ijtimoiy evolyusiyaga qarash bo‗lib, guruhlar va jamiyatlar o‗rtasidagi kurash taraqqiyot manbai ekanini ta‘kidlaydi. Sotsiologiya – jamyatning strukturasi, uning elementlari va mavjud bo‗lishi shart-sharoitlarini, shuningdek ushbu strukturada amalga oshadigan ijtimoiy jarayonlarni o‗rganuvchi fan. Status – muayyan individlar guruhining jamiyatdagi boshqa a‘zolarga nisbatan ko‗proq e‘tirofga yoki prestijga ega bo‗lishi. Struktura (lot. structura – tuzilish) – sistemaning tuzilishi va ichki formasi, mazkur sistema elementlari o‗rtasidagi barqaror o‗zaro aloqalarning birligini ifodalovchi tushuncha. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling