Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet63/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
Davlat – muayyan hududda boshqaruvni amalga oshiradigan, huquqlari va kuch ishlatish imkoniyati qonuniy mustahkamlangan siyosiy apparat.
Dasturlangan so„rov – savol beruvchi tadqiqotchi va javob beruvchi tadqiq qilinuvchi o‗rtasida tartibga solingan, dastur asosidagi intervyu yoki anketali so‗rov turi.
Dasturlanmagan so„rov – taklif etilgan mavzu bo‗yicha suhbat, og‘zaki yoki yozma bayonnoma shaklida kishilarning fikrini, nuqtainazarini, o‗yini, etiqod va qarashlarini o‗rganuvchi metod.
Demokratiya – fuqarolarga siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish va boshqaruv organlariga o‗z vakillarini saylash imkonini beradigan siyosiy tizim.
Deviasiya – guruh yoki jamiyatdagi ko‗pchilik tomonidan qabul qilingan me‘yorlar va qadriyatlargi bo‗ysunmaydigan xulq-atvor shakllari.
Din – muayyan hamjamiyat a‘zolarining e‘tiqodi bo‗lib, o‗z ichigv sig‘inish va ehtirom bilan qaraladigan timsollar, shuningdek, marosimlarni qamrab oladi.
Jamiyat – muayyan hududda istiqomat qiluvchi, yagona siyosiy hokimiyatga itoat qiladigan va o‗zlarini boshqa qo‗shni guruhlardan farqlaydigan odamlar guruhi.
Jamoaviy harakat – muayyan joyda to‗plangan ko‗p miqdordagi odamlar tomonmdan o‗z-o‗zidan kelib chiqib bajariladigan harakatlar.
Jamoatchilik fikriommaning, aholi ko‗pchilik qatlamining voqyea-hodisalarga, ijtimoiy jarayonlarga nisbatan munosabatini ifodalovchi fikrlari, g‘oya, qarash va tasavvurlvri.
Jamoatchilik fikri obyekti – ijtimoiy borliqning, obyektiv voqyelikning va ijtimoiy ongning, subyektiv voqyelikning dolzarb, ahamiyatli, bahs-munozaraga olib keluvchi fakt, voqyea-hodisa va jarayonlari.
Jamoatchilik fikri subyekti – jamoatchilik doirasida fikr uyg‘ota olish qobiliyatiga ega bo‗lgan fikr egasi va ifodalovchisi, guruhlar, jamoalar, millatlar, sinflar va h.k.
Jamoatchilik fikrini xaspo„shlash (manipulyasiya) – dolzarb muammolar bo‗yicha aholi ongiga nisbatan biron-bir fikrni zo‗rlab singdirish.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling