Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet61/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70
Harakatlar strategiyasida xotin-qizlarning va kollej bitiruvchilarining bandligini ta‘minlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, tadbirkor ayollarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida:

  • «Mahallaning eng namunali tadbirkor ayoli» tanlovining mahallalararo va tuman (shahar) bosqichlarini o‗tkazish;

  • «Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi – 2017» respublika tanlovini o‗tkazish;

  • Qo‗rg‗ontepa, Olot, Paxtakor, Dehqonobod, Koson, Nurota, Uzun va Qo‗shko‗pir tumanlarida ayollarni kasbga o‗qitish va qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish;

  • pedagogik ma‘lumotga ega bo‗lgan, biroq bola parvarishlash munosabati bilan vaqtincha ishlamayotgan ayollarga oilaviy maktabgacha ta‘lim tarbiyachisi sifatida kasanachilik faoliyati tashkil etish.

Bu tadbirlarning amalga oshirilishi xotin-qizlarda va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchi qizlarida tadbirkorlik ko‗nikmalari shakllantiradi, ularning huquqiy va iqtisodiy bilimlarini oshiradi.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 2018 yil 7 fevral kuni xotin-qizlarni har tomonlama qo‗llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash masalalariga bag‗ishlangan yig‗ilishda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta‘minlash iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‗nalishlaridan biri ekanligini alohida ta‘kidladilar.
Ushbu ma‘ruzada o‗tgan yillarda bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan bo‗lsa-da biroq shu paytgacha xotin-qizlar manfaatlarini ro‗yobga chiqarish bo‗yicha samarali mexanizm yaratilmaganligi qayd etildi.
Xotin-qizlar qo‗mitasi, mahalla va boshqa jamoat tashkilotlari yillar maboynida faqatgina turli tadbirlar va yig‗ilishlar o‗tkazish bilan cheklanib, ijtimoiy vaziyati og‗ir oilalar, ayollar va yosh qizlarga chinakam yordam berish bo‗yicha samarali faoliyat olib bormagan. Buning oqibatida joylarda ko‗plab masalalar to‗planib qolgan, ularning echimi bo‗yicha aniq manzilli ishlar amalga oshirilmagan.
O‗tgan yil jamoatchilik nazorati guruhlari tashkil etilib, xotinqizlar hayotidagi muammolar o‗rganildi. 2017 yil jami 5 mln.dan ortiq xonadonga kirib borildi. Oilalar tomonidan ko‗tarilgan masalalarni hal etish choralari ko‗rildi. Jumladan, 22 ming oilani ajralib ketishini oldi olindi. 36 ming xotin-qiz ishga joylashtirildi. 14,5 ming yurtdoshimiz imtiyozli kredit olishda yordam berildi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi ―Xotin-qizlarni qo‗llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni shu maqsadda qabul qilindi.
Farmonga ko‗ra, O‗zbekiston xotin-qizlar qo‗mitasi raisi va uning hududiy bo‗linmalari rahbarlari, eng avvalo, quyidagilar uchun shaxsan javobgar etib belgilanmoqda:

  • Joylarda og‗ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‗lgan ayollarni o‗z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‗naltirilgan ishlarni olib borish, manzilli qo‗llab-quvvatlash;

  • xotin-qizlar bandligini ta‘minlash, ular o‗rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‗yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar o‗rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash.

Farmonga binoan 2018 yil 1 apreldan fuqarolar yig‗inlarining diniy ma‘rifat va ma‘naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‗yicha maslahatchisi lavozimi o‗rniga tegishli shtat birliklarini tuman(shahar) xotin-qizlar qo‗mitalari tuzilmalariga o‗tkazgan va mahalliy byudjet mablag‗lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‗yicha mutaxassis lavozimi joriy etilmoqda. Bunday mutaxassislar har bir mahallada bittadan, oilalar soni 2000 tadan ko‗p bo‗lgan mahallalarda ikkitadan joriy etiladi.
Sababi, ushbu sohada amaldagi ishlar chuqur tahlil etilganda xotinqizlar qo‗mitalari faoliyati qoniqarsiz ekani, og‗ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga ko‗mak berish, erta nikohlar, ajralishlar va ayollar jinoyatchiligining oldini olishga etarlicha e‘tibor berilmaganligi ma‘lum bo‗ldi.
Vazirlar Mahkamasi huzurida ―Oila‖ ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy bo‗linmalari tashkil etilib, aniq vazifalari, maqomi belgilab berildi.
Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organi faoliyatini muvofiqlashtirish tuman hokimi o‗rinbosari – xotin-qizlar qo‗mitasi raisi zimmasiga yuklatildi. Bu bilan xotin-qizlar masalalari bo‗yicha hokim o‗rinbosarlari va Respublika qo‗mitasining imkoniyatlari va ta‘siri kuchaytirildi.
Onalar va go‗daklar o‗limi qayd etilayotganligi, nogiron bolalar tug‗ilayotganligi – xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini ta‘minlash bo‗yicha ishlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligini ko‗rsatmoqda. Har yili 95 foiz homilador ayollar perinatal skrining tekshiruvchidan o‗tkazilsa-da, natijasi amalda sezlimayapti. SHu bois, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida ―ayollar maslahatxonalari‖ tashkil etilishi belgilandi. Sababi, birgina 2014 yilda xavfli o‗sma kasalliklariga chalinish ayollarda 2,1% erkaklarda 1,5% ni tashkil etgan bo‗lsa, 2015 yilda bu ko‗rsatkichda o‗sish tendensiyasi kuzatildi (ayollarda 2,4%, erkaklarda 1,7%111).
Og‗ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan va nogiron xotin-qizlarning manzilli ro‗yxati shakllantirilib, ular bilan yakka tartibda ishlash tizimi joriy etildi.
―Oila‖ markazi va Xotin-qizlar qo‗mitasi tomonidan Oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi loyihasi ishlab chiqildi.
Sudlar tomonidan qaror qabul qilinayotganda, birinchi navbatda, ajralishlarning oldini olish, mazkur jarayonda ayollar va bolalar manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, ularni uy-joy bilan ta‘minlashga qaratilgan chora-tadbirlar bo‗yicha takliflar ishlab chiqildi.
Ishlash istagi bo‗lgan xotin-qizlarning manzilli ro‗yxatlari shakllantirilib, ularning bandligini ta‘minlash, ayollarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka jalb etish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‗zda tutilmoqda.
Xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish, kam ta‘minlangan oilalarga manzilli tibbiy yordam ko‗rsatish, respublika skrining va reproduktiv markazlari xizmatlarini yanada rivojlantirish bo‗yicha ham tizimli ishlar amalga oshiriladi.
Oilaning moddiy-moliyaviy, ma‘naviy tang holati oqibatda ijtimoiy og‗ishlar, keskinliklarga olib kelishi, ayniqsa, o‗sib kelayotgan farzandlarning zararli odatlarga berila boshlashiga sabab bo‗ladi. Hukumatimiz tomonidan, bunday holatlarni oldini olish, oilani barqaror rivojini ta‘minlashda mahalla yig‗inlari mas‘uliyati oshirildi. Ularning zimmasiga og‗ir hayotiy sharoitdagi oilalar va ularning farzandlariga ijtimoiy yordam ko‗rsatish, ijtimoiy-psixologik xizmat bilan ta‘minlash, bandlik masalalarini o‗rganish, oila va bolaning huquq-manfaatlarini himoya qilish kabi kechiktirib bo‗lmaydigan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari yuklatildi.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling