Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet69/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Formal munosabatlar – guruh va tashkilotlarda ―rasmiy‖ hokimiyat tizimi me‘yor va qoidalariga mos ravishda o‗rnatilgan munosabatlar.
Funksiya (lot. functia – amalga oshirish, bajarish) – faoliyat, ba‘zi sistemalar doirasidagi obyektning unga mansubligi va roli; obyektlar o‗rtasidagi aloqalar ko‗rinishi bo‗lib birining o‗zgarishi ikkinchisining ham o‗zgarishiga olib keladi, bunda ikkinchi obyekt dastlabkisining funksiyasi deyiladi.
Fuqarolik jamiyati – mazkur mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o‗z ixtiyori asosida qurishga to‗la erkinlikni kafolatlovchi ma‘lum ijtimoiy tizim.
Xalq – lug‘aviy ma‘noda el, elat, millat, aholi, xaloyiq, bir guruh kishilar ma‘nolarini anglatish uchun qo‗llaniladigan tushuncha.
Xususiyat – predmet va hodisalarning boshqa predmet va hodisalardan farqini yoki ular bilan umumiylikni ifodalovchi kategoriya.
Shaxs – alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o‗zida mujassamlashtirgan individ.
Evolyusiya – biologik organizmlarning atrof-muhit sharoitiga moslashish yo‗li bilan rivojlanishi.
Eklektik guruhlash – funksional va sababiy izohlash mumkmn bo‗lmagan guruhlash turi.
Elita (fr. elite – eng sara) – har qanday ijtimoiy tuzilmaning boshqaruv, madaniyat va fanni rivojlantirish funksiyalarini amalga oshiruvchi oliy, imtiyozli qatlami.
Empirik tadqiqotlar – sotsiologiyaning har bir sohasida o‗tkaziladigan faktologik tadqiqotlar.
E‟tiqod – (ishonch, iymon) – muayyan maqsad, qadriyatga ishonch, shu asosda shakllangan tafakkur.
Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo‗ladigan tabiiy xususiyat; jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning shularga bog‘liq ekanligini ifoda etuvchi holat.
O„z-o„zini bilish – ijtimoiy tadqiqotlar jarayonida odamlarning o‗z xatti-harakatlari sharoitlari va vaziyatlarini tushunishi va anglashining o‗sishi, bu vaziyatni o‗zgartirishga imkon yaratadi.
Qadriyatlar – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-ahloqiy, madaniy-ma‘naviy ahamiyatini ko‗rsatish uchun qo‗llaniladigan tushuncha; individ yoki guruhlarning nima yaxshi va nima ma‘qul emasligi to‗g‘risidagi tasavvurlari.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling