Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender
Download 294.93 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuv agentlari
- Ichkaridan kuzatish
- Korellyasiya
- Makrosotsiologiya
Ijtimoiy o„zgarishlar – ijtimoiy guruh yoki jamiyatning tayanch tuzilmalaridagi o‗zgarishlar.
Ijtimoiy qatlam – ijtimoiy jihatdan bir xil bo‗lmagan, jamiyatda alohida ijtimoiy guruhlar, ularning belgilanishi, sinfiy bo‗linish ifodasi. Ijtimoiy harakat – ijtimoiy o‗zgarishlarni amalga oshirish yoki to‗sqinlik qilish uchun jalb etilgan odamlarning katta guruhi. Ijtimoiylashuv – individning ijtimoiy me‘yorlar va qadriyatlarni o‗zlashtirish jarayoni bo‗lib, bu jarayonda u shaxs sifatida shakllanadi. Ijtimoiylashuv agentlari – ijtimoiylashuvning eng muhim jarayonlari yuz beradigan guruhlar yoki ijtimoiy kontekstlar. Ikkilamchi guruh – bir-birlari bilan shaxsan tanish bo‗lmagan individlar guruhi. Irqchilik – muayyan jismoniy xususiyatlarga ega bo‗lgan odamlarga afzallik yoki kamsitilish tavsiflarini tirkash. Islohot – mavjud ijtimoiy tuzum asoslariga putur yetkazmasdan ijtimoiy hayotning biron-bir sohasini o‗zgartirish, har qanday yangilikni joriy etish. Ichkaridan kuzatish – guruh yoki hamjamiyatlar faoliyatida sosiologning o‗zi ishtirok etishini nazarda tutuvchi tadqiqot usuli. Iqtisodiyot – muayyan jamiyatlardagi individlarning moddiy ehtiyojlarini qoniqtirishga yo‗naltirilgan ishlab chiqarish va ayirboshlash tizimi. Korellyasiya – ikki kattalik yoki o‗zgaruvchanlik orasidagi statistik shaklda ifodalanadigan barqaror munosabat. Liderlik – individ tomonidan guruh liderligiga xos layoqat va sifatlarning namoyon etilishi. Madaniy takror ishlab chiqarish – madaniy qadriyatlarning avloddan avlodga o‗tishi. Madaniyat – jamiyat uchun xos bo‗lgan qadriyatlar, me‘yorlar va moddiy ishlab chiqarish. Makrosotsiologiya – katta ko‗lamdagi guruhlar, tashkilotlar yoki ijtimoiy tizimlarni o‗rganish. Manfaat – individ yoki ijtimoiy guruhning u yoki bu ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq yo‗nalganligi. Mafkura – muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviynazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Mentalitet (lot. mens – aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarkib topgan tafakkur darajasi, ma‘naviy salohiyati, hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan, ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati. Download 294.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling