Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


Download 294.93 Kb.
bet68/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Strukturalizm – tilni o‗rganishda vujudga kelgan, ijtimoiy va madaniy tizimlarning tuzilmasini aniqlashga qaratilgan nazariy yondashuv.
Subyekt (lot. subjectus – asosiga qo‗ymoq) – amaliy faoliyat va bilim bilan bog‘liq bo‗lgan, obyektni bilishga qaratilgan faollik manbai.
Tavsiflash – ifodalashning tanlangan tizimi yordamida tajribaga asoslangan sosiologik tadqiqotlar natijalarini qayd etish va bu natijalarni fan tushunchasida ifodalashdir.
Tashkilot – hokimiyat munosabatlarining alohida turkumiga jalb etilgan individlarning katta guruhi.
Tafakkur – predmet va hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlaydigan, ular o‗rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya‘ni qonuniy bog‘lanishlarni aks ettiradigan bilishning rasional bosqichi.
Tashqi kuzatish – tadqiqot obyektini o‗ziga xosligi jihatidan sezdirmay anglangan va anglanmagan, tasodifiy yoki rejali shakllarda amalga oshiriladagan kuzatish turi.
Tizim – o‗zaro munosabat va aloqada bo‗lgan, muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko‗p qismlar majmui.
Totalitarizm – siyosiy boshqaruv shakli, unda butun hokimiyat uning siyosatidan norozi bo‗lganlarni terror qiluvchi, o‗zining sodiq odamlariga tayanuvchi diktator qo‗lida jamlanadi.
Turmush tarzi – ijtimoiy guruhlar, elat, halq, millatlarning kundalik hayotini ifodalovchi tushuncha.
Tushunish – obyektiv olamdagi narsa va hodisalar haqida tasavvur, tushuncha, hukmlar hosil qilish va ularni ongdagi mavjud bilimlar bilan bog‘lashdan iborat aqliy jarayon.
Tushuncha – narsa va hodisalarning umumiy muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur shakli.
Umumlashtirish – narsa va hodisalarning o‗xshash hamda muhim belgi va xususiyatlarini, bog‘lanishlarini fikran muayyan tushunishga birlashtirish jarayoni va uning natijasi.
Faraz – empirik tadqiqotning asosi sifatida olg‘a surilayotgan g‘oya yoki taxmin.
Fenomen (yun. phainomenon – yuz beruvchi) – 1) ko‗zga ko‗rinib turgan hol; 2) noyob, kam uchraydigan hol, yoki buyuk, yagona bo‗lgan inson; 3) hissiy bilish, tajribada berilgan ma‘lum bmr holni anglatuvchi atama.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling