Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender


-MAVZU. O„ZBEKISTONDA OILA-NIKOH INSTITUTINI MUSTAHKAMLASH MEXANIZMLARI


Download 294.93 Kb.
bet56/70
Sana13.09.2023
Hajmi294.93 Kb.
#1677181
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70
14-MAVZU. O„ZBEKISTONDA OILA-NIKOH INSTITUTINI MUSTAHKAMLASH MEXANIZMLARI

  1. O‗zbekistonda oilaparni qo‗llab-quvvatlashda differensial yondashuv.

  2. Ijtimoiy xatar guruxiga mansub oilalar.

  3. Noqobil oila va deviantlik.

  4. Ajrimlar va ularning ijtimoiy oqibatlari.

  5. Ajrimlar profilaktikasida ijtimoiy xamkorlik.

  6. Oila va nikox munosabatlari barqarorligining ijtimoiy-iqtisodiy omillari.

Mamlakatimizda keyingi yillarda kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish, yurtimizning iqtisodiy qudratini oshirish, tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlash kun tartibidagi birinchi dolzarb masala bo‗lib kelmoqda. Bu boradagi eng muhim vazifalardan biri – bu aholini, ayniqsa xotinqizlarni tadbirkorlikka jalb etish orqali ularning bandligini ta‘minlashdir.
Ushbu maqsadda xotin-qizlarning biznes g‗oyalarini qo‗llabquvvatlash hamda imtiyozli kreditlar bilan ta‘minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. SHunga qaramay, bu borada xotin-
qizlarning bilim va ko‗nikmalari etarli emasligi, ayrim hollarda huquqiy va iqtisodiy masalalarni mustaqil hal qila olmasliklari kabi muammoli holatlar ham kuzatilmoqda. Bu esa tadbirkorlikni yo‗lga qo‗yigan va ushbu jarayonni boshlash arafasida turgan xotin-qizlarga qulay va imtiyozli ishbilarmonlik muhitini yaratish, uning qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish ehtiyojini dolzarblashtiradi.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasining 2016 yil 5 oktyabrdagi PF-4848-son «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida»gi Farmoni va boshqa huquqiy xujjatlarda mamlakatda ishlab chiqarish sohasiga bo‗lgan rag‗batni yangi pallaga ko‗tardi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2016 yil 14 dekabrda Oliy Majlis palatalarining qo‗shma majlisidagi nutqida davlat banklari bundan keyin o‗z ish uslublarini tubdan o‗zgartirishi shartligini ta‘kidlab, bu borada aniq vazifa qo‗ydi: ―Ular har bir oila bilan muloqot tashkil qilish orqali fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‗ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishi kerak‖.
2016 yil 29 dekabr kuni ―Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida‖gi qonun imzolandi. Qonunga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeks, ―Ma‘muriy javobgarlik to‗g‗risida‖gi kodeks, Soliq kodeksi, Byudjet kodekslari hamda ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖, ―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖, ―Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‗g‗risida‖, ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‗g‗risida‖, ―Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‗g‗risida‖gi, ―Xususiy korxona to‗g‗risida‖, ―Oilaviy tadbirkolik to‗g‗risida‖, Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari to‗g‗risida‖gi qonunlarga ga o‗zgartish, qo‗shimcha va to‗ldirishlar kiritildi. 2017 yilning 1 yanvaridan tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirishning (yuridik shaxs tugatilishi) barcha turlari bekor qilindi.
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari hamda davlat organlari o‗rtasida samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‗lga qo‗yish, xususiy mulk va tadbirkorlik huquqini muhofaza qilish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni takomillashtirish shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlariga viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlarini taqdim etish samarali tizimini yaratishni taqozo etadi.
Bunda, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar, xususan, Amerika Qo‗shma shtatlari, Koreya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi kabi davlan ikki tomonlama manfaatli ijtimoiyiqtisodiy aloqlarning yo‗lga qo‗yilganligini muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda, zamonaviy taraqqiyot taklif etayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bir qator milliy an‘analar va turmush tarzi xususiyatlari uyg‗unlashtirilgan holda ish yuritildi. Zero, Sohibqiron Amir Temur ta‘kidlanganlaridek: ―Aholisi boy mamlakat qudratli bo‗lar‖. Natijada bugungi kunda respublikamizda iqtisodiyot rivojlanishi sifat jihatdan yangi bosqichga ko‗tarildi.
Ko‗p o‗tmay mamlakatimiz tijorat banklarida bu vazifani amalga oshirishga jiddiy kirishildi: aholi xonadonlarida o‗tkazilayotgan muloqotlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari to‗g‗risida
batafsil tushuntirishlar berilmoqda, qisqa muddatda kredit mablag‗lari ajratish choralari ko‗rilmoqda. Bunda aholiga chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, issiqxonalar qurish, maishiy xizmat kabi yigirmadan ziyod yo‗nalishda tadbirkorlik qilish uchun kreditlar taklif etilmoqda.
―Mikrokreditbank‖ ATBdan ma‘lum qilishlaricha, joriy yilda bankning ―Oddiy aholini tadbirkorga aylantirish‖ loyihasi 698 mingdan ziyod xonadonni qamrab oladi. Maxsus jadval asosida joylarda aholi bilan uchrashuvlar davom etmoqda. Ayni kungacha mamlakatimiz bo‗ylab 10 mingdan ziyod xonadonda suhbatlar o‗tkazilgan. Bunda aholi ko‗proq bog‗dorchilik, chorvachilik, ixcham issiqxona qurish, parrandachilik, hunarmandlik, kasanachilik, xizmat ko‗rsatish kabi sohalar bilan shug‗ullanish istagini bildirgan.
Joylardagi jamoatchilik nazorati guruhlari aholiga berilgan kreditlarning haqqoniyligini, ulardan maqsadli foydalanilishini atroflicha tahlil qilishi va natijalarini tegishli tijorat banklari bilan muhokama qilib borilishini yo‗lga qo‗yishi lozim.
Odamlarning tadbirkor bo‗lishga intilishiga amaliy yordam berilsa, bunyodkorlik yanada keng quloch yozadi. Eng muhimi, bu bilan minglab oilalarga baraka kiradi, yuz minglab yangi ish o‗rinlari yaratiladi.
Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 7 yanvar kuni mamlakatimiz prokuratura sohasining bir guruh xodimlari bilan uchrashuvda bu hayotiy haqiqatni barchamizga yana bir bor eslatib, ―Tadbirkor boy bo‗lsa, davlat ham, xalq ham boy bo‗ladi‖, deb ta‘kidladi. ―Tadbirkor bola-chaqasidan qiyib, to‗plagan mol-mulki, pulini yangi ish ochishga sarflaydi. Bankdan kredit olsa, uni foizi bilan o‗zi to‗laydi. SHunga qaramasdan tavakkal qilib, huzur-halovatdan kechib, bor imkoniyatini, mablag‗ini xavf-xatarga qo‗yib, o‗z ishi uchun kecha-kunduz jonini berib ishlaydi. SHu yo‗l bilan nafaqat o‗zini, oilasini, balki el-yurtini ham boqadi. SHu ma‘noda tadbirkor – bu haqiqiy fidoyi inson. Men bunday odamlarni, loaqal ikkita ish o‗rni yaratgan tadbirkorni boshimga ko‗tarishga tayyorman‖, dedi.
Mamlakatimiz ijtimoiy himoya siyosatini olib borar ekan, dastlab xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini yo‗lga qo‗yish va rag‗batlantirish, ularning bandligini ta‘minlashni barqaror iqtisodiyot garovi, deb baholandi. Xotin-qizlar orasidan tarbiyalanib, voyaga etgan yangi mulkdorlar — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining rahbarlari qatlami vujudga kelib, rivojlanib borayotganligini esa tom ma‘noda bugungi kunning tarixiy voqeligi deyish mumkin.

Download 294.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling