Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»
Jadval №1. Bir o’yin davomida futbolchilar tomonidan bajarilgan texnik harakatlarni mikdoriy
Download 0.56 Mb.
|
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari
Jadval №1.
Bir o’yin davomida futbolchilar tomonidan bajarilgan texnik harakatlarni mikdoriy va sifat ko`rsatkichlari.
xujumchilarni raqibning darvoza yaqinidagi harakatlari katta qarshilik bilan kutib olinishi va bemalol tup bilan xujumchilarga yul qo’yilmasligi bilan izohlaniladi. Xujumchilarga tupni olib yurish, raqibni aldash, tup uzatish (ayniqsa oldinga) harakatlari qiyin keladi. Shunday qilib bunday jadvallar har bir futbolchini va har bir TTX mikdori va samarasini kurish imkonini beradi. Keyingi buladigan o’quv mashg’ulotlarda murabbiy olingan ma’lumotlardan kelib Chiqqan holda o’quv mashg’ulot mashqlarini tanlashi va kuzga tashlanayotgan kamChilik va nuqsonlarni yo’qotishga harakat qilishi lozimdir. Futbolni jamoaviy TTX nazorat qilish. Shubxasiz o’yinning natijasi futbolchilarni individual kursatkichlaridan kelib chiqadi. Lekin bu erda individual hatti-harakatlar jamoaviy o’yin uslubiga buysinishi kerak bo’ladi. M.A.Godik, P.P.CHerepanov, R.Z.Galeevlarning tadqiqotlari shuni kursattiki, Rossiya terma jamoasi a’zolarining bir kancha o’yinlarda ko’rsatgan ITTX samaradorlik koeffitsienti yuqori darajada bo’lgan va ba’zi o’yinlar bu kursatkich 0,82% ni xam tashkil qilgan, TTX mikdoriy jixati xam kuchli xisoblangan terma jamoa a’zolarining ko’rsatkichlaridan ham buo’magan va ba’zi o’yinlarda mikdoriy kursatkichlari ko’pchilikni xam tashkil qilgan. Shunday bo’lishiga qaramasdan futbol ishqibozlari va mutaxassislar Rossiya terma jamoalarining o’yinini qiziqarsiz va samarasiz deb xisoblashgan. Mutaxassislarning fikirlarini tan olib aytish joizki, yangi olinatgan musobaqa ko’rsatkichlari tuliqligiga informativ emas, o’yin harakatlari o’yin epizodlarini taktik o’ynashlarni inobatga olishmagan holda qayd qilishmoqda. Buni birinchi navbatda tupni uzatish TTX nisbatan aytsa bo’ladi. Tup uzatish futbolda qo’llaniladigan asosiy texnik priyom hisoblanadi. Tup uzatishni xujum harakatlarini samaradorligini belgilab beruvchi omil deb qarasa buladi. Futbolchilarni musobaqa faoliyatini nazorat qilish metodlarida, pozitsiyani tiklash kursatkichi xozirgi davrga kelib xam nazorat qilinmaydi. Chunki bu o’yin harakatini baxolovchi kriteriy yukligi sabab buladi. Shulardan kelib chiqqan holda, o’yinlarni nazorat qilish negizida, (ayniksa harakatlarni) ma’lum xususiyatga ega bulgan tup uzatishlarni qayd qilish kerak. Bunday kuzatishlar natijasida esa o’yinchilarni individual va jamoaviy harakatlarini o’zaro uzviyligini ko’rish mumkin. O.P.Bazilevich, G.M.Gadjaev (1981)larning ta’kidlashicha, futbol o’yinini keyingi taraqqiyoti o’yinchilarni o’zaro hamjihatligiga bog’liq bo’ladi. M.S.Polishkin, Yu.Ya.Povolotskiylarni (1986) hisoblashicha, individual va jamoaviy harakatlarni baxolayotganda, ular futbolchilarni taktik vazifalari samaraliligini ifodalashi lozim. Bunday ko’rsatkichlardan biri bu darvoza tomon berilgan zarbalar hisoblanadi. Tadqiqottlar shuni ko’rsatganki, darvoza tomon berilgan zarbalarning soni o’yin natijasi bilan statistik bog’liqlikka ega emas. Lekin g’olib jamoalarda darvoza tomon to’g’ri yunaltirilgan zarbalar soni, yutqazgan jamoaning shu ko’rsatkichlariga nisbatan yuqoridir (rq0,50). Bu ko’rsatkichni futbolchilarni hujum harakatlarini samaradorliklarini baxolashda qo’llash mumkin, chunki o’yin natijasi bilan uzaro bog’liqlik juda yuqori (rq0,82). M.A.Godik, P.P.Cherekanov, R.Z.Rashevlar (1984) jamoaviy texnik-taktik harakatlarni kuzatishda harakatdagi tup uzatishni tavsiya qilishgan. Harakatdagi tup uzatishlarda, uchta shartga e’tibor qaratish lozim. Bular: Tupni qabul qilmoqchi bulgan futbolchi tup uzatilayotganda vaqtda harakatda (oldinga) bo’lishi; Tupni egallayotgan vaktda harakatni tuxtatmasligi; Tupni egallagandan sung raqib darvozasi tomon harakatni tuxtatmasligi; Maxsus adabiyotlar shuni ko’rsatdiki, futbolchilar musobaqa faoliyatini nazorat qilish futbolchilarni tayyorlov protsessida muxim o’rinni egallaydi. Tahlil qilingan natijalarga asoslanib murabbiylar o’yinchilarni tayyorgarliklarini ijobiy tomonga o’zgartirish imkoniga ega bo’lishadi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling