Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»
Musobaqa va o’yin mashg’ulotlarida yosh futbolchilarning sheriklari bilan hamkorlik qilish qobiliyatining shakllanishi
Download 0.56 Mb.
|
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari
2.3 Musobaqa va o’yin mashg’ulotlarida yosh futbolchilarning sheriklari bilan hamkorlik qilish qobiliyatining shakllanishi.
Shu narsa ma’lumki «yulduzlar»dan tashkil topgan jamoa har doim ham yuqori natija ko’rsata olmaydi. Jamoaning harakat samaradorligi har bir futbolchining imkoniyatlari sheriklari bilan hamkorlikda ko’zlangan maqsad sari intilishlari asosida yotadi. Sport sohasidagi ayrim mutaxassislarni bu masalada fikrlari har xil ekanligini ko’rishimiz mumkin. Ba’zi olimlar har bir futbolchi shaxsiy imkoniyatlari yuqori bo’lsa jamoasiga foydasi tegishini aytishsa, ayrimlari jamoaviy harakatda sheriklari bilan hamkorlikni yaxshi olib boradiganlarni ustunligini ta’kidlaydi. Breyent. D, Kretti izlanishlari bo’yicha futbolchi o’z harakatini sherigini harakatiga hamoxang bog’lay olsa, unda sifat bo’lishi mumkin, qachonki o’yinchi muhim malakalarni egallagan bo’lib, unda ham koordinatsiyalash qobiliyatini sherigini harakatiga uyg’unlashgan holatda samaradorlikka erishish mumkin. Kuzatishlar bo’yicha shu narsaga guvoh bo’lamizki musobaqada yoki o’yin mashg’ulotlarida har bir futbolchi sheriklari bilan muvaffaqiyatli hamkorlikni amalga oshirish mumkin ekan, bunda: to’pni qabul qilish jarayonida «ochilish», «devor» usulini bajarish, joy o’zgartirgan paytda sherigini xududini himoya qilish kabilardir. Jamoa a’zolari o’zaro bir-birlarini tushinishi, kelishib harakat qilishi uchun har bir o’yinchi jamoada va jamoa uchun fikr yurita bilishi kerak. Bu holatda o’yinchilar jamoa fikrining qo’zg’atuvchilari va ishtirokchilari bo’lishlari kerak. O’yinda guruh taktik harakatlaridan keng foydalaniladi. Ular «devor», «chalishtirish», «to’pniqoldirish» deb nom olgan kombinatsiyalardan iboratdir. Ayrim vaziyatlarlarda ko’rishimiz mumkinki, futbolchilar sherigi qulay vaziyatda bo’lganda ham uni ko’rmaydi va o’z navbatida to’p bilan ta’minlay olmaydi. Bundan ham yomonrog’i ba’zi o’yinchilar o’yin paytida mantiqan fikr yurita olmay vaziyatlardan, harakatlardan kech qolib yuradi. Xuddi shu vaqtga kelib aniq bo’ldiki, hamkorlik qila olishi kerak bo’lgan shart, o’yinni muvaffaqiyatli davom ettirishdir. O’yin paytida o’yinchilar funksional faoliyatining rivojlanishi ular vazifalarining kengayishiga olib keladi. Bu vazifalar futbolchilardan yuksak chidamni, o’yinni yaxshi idrok etishni, murakkab o’yin faoliyatida mo’ljalga ola bilish va o’yin jarayonini boshqara bilish, sherik bilan o’zaro hamkorlik qilish, ya’ni futbolchining taktik qobiliyatiga katta talablar qo’yiladi. Ochilish — bu futbolchining sheriklaridan to’p olish uchun sharoit qulay bo’ladigan joyga o’tishidir. Mohirlik bilan ochilish uchun hujumchi u yoki bu vaziyatni qanchalik ulayligini juda yaxshi bilishi kerak. Eng qulay joyga vaqtida chiqib olish hujumchi va unga qarshi o’ynayotgan himoyachini tezkorlik xislatlariga, sheriklarining harakatiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi. Xozirgi futbolda ayrim «yulduz»larning individual harakatlari jamoaviy o’yinga tobora ko’p bo’ysundirilmoqda. Birok, bu jamoada etakchilik qiladigan individual kuchli o’yinchilarning rolini zarracha ham kamaytirmaydi. Shuningdek improvizatsiya qilish ham endilikda individual emas, balki jamoaviy ro’xda bo’lib, bu jamoa harakatlariga kutilmaganlik tusini berib, raqiblar rejasini buzib yuborish uchun xizmat qiladi. O’yin jarayonida futbolchilar qo’ydagi ikki asosiy vazifani hal qiladilar: to’pni «o’zga» jamoa darvozasiga juda ko’p marotaba olib borish va o’z darvozasiga xech ham yaqinlashtirmaslik. Buning uchun futbolchi o’z sheriklari yordamida o’yin qoidasidan chetga chiqmasdan har qanday imkoniyatdan foydalanib bo’lsa ham ikki vazifani: himoya qilish va hujum qilish vazifasini bajaradilar. Har bir aniq o’yindagi vazifani salmog’i o’yin sharoitiga, jamoa o’yinchilarining egallagan o’rniga, olgan taktik vazifalariga, o’yin sestimalari va boshqalarga bog’lik bo’ladi .
HUJUM
HIMOYA Guruhli taktika Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling