Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»


Harakat faoliyatining taxminiy ko’rsatkichlari turli vazifadagi futbolchilar normasi sifatida (foizlarda)


Download 0,56 Mb.
bet22/27
Sana08.05.2023
Hajmi0,56 Mb.
#1445349
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari

Harakat faoliyatining taxminiy ko’rsatkichlari turli vazifadagi futbolchilar normasi sifatida (foizlarda).

Ixtisosligi

Maksimal yugurish

Submaksimal yugurish

Me’yoridagi yugurish

Engil yugurish

Himoyachilar

1.5-2.5

1.5-2.5

6.0-8.0

35.0-40.0

Yarim himoyachilar

2.5-4.0

1.5-2.5

7.0-10.0

35.0-40.0

Hujumchilar

2.5-4.0

2.0-3.0

6.0-8.0

35.0-40.0

Afsuski, so’nggi yillarda futbolchilarning yugurib o’tiladigan masofa hajmi o’rtasidagi ma’lumotlarda qarama-qarshiliklar yuzaga keladi. Kuzatishlar natijalaridagi o’zaro to’g’ri kelmaslik birinchi navbatda kuzatilayotgan holatni baholash uslubiyati har xilligida-harakat xususiyati (sakrash, tezlashish, sekin yugurish) va yugurib o’tilayotgan masofa qisqa va uzoq yugurish bilan bosib o’tilishning boshqa-boshqa ekanligida bo’lsa kerak. Masalan, uzoq yillar davomida futbolchi o’yin maboynida turli tezlikda 17 kilometrgacha bosib o’tadi, deb hisoblanar edi (S.A.Savin 1961) va vaqt o’tgan sayin bunga aniqliklar kiritila boshlandi. S.A.Savin 1975 yilda 5000 metrdan 7000 metrgacha degan xulosaga keldi.


Musobaqa jarayoniga futbolchilarning psixologik tayyorlash.
Hozirgi vaqtda sport shu jumladan futbol ham rivojlanishda shunday yuqori darajaga etdiki eng kuchli sportchilarning jismoniy, texnik va taktik tayyorgarligi taxminan bir o’rinda turadi. Shuning uchun sport musobaqalarining natijasi ma’lum darajada psixologik omillarga bog’liqdir. Musobaqalar qanchalik mas’uliyatli bo’lsa kurash ham keskin va sportchilarning psixologik holati ham shunchalik katta ahamiyat kasb etadi. Psixologik ko’tarinkilik, g’olib bo’lish xohishi, o’z raqibini etarlicha baholamagan va kamroq psixologik tayyorgarlik bilan kirgan ancha kuchli raqib ustidan g’alaba qilishga olib keladi. Sport turining xususiyatlari inson psixologik holatini u yoki bu tomonini ya’ni uning sezgirligi, diqqati, xotirasi, tasavvuri, qarashlari, xayajoni, idroki va ma’naviy sifatlari taraqqiyotida ma’lum iz qoldiradi.
Sport muayayn turga xos bo’lgan qiyinchilik va to’siqlar sport faoliyatining sportchi oldiga qo’ygan talablari u yoki bu psixologik funksiyalarning maxsus taraqqiyotini aniq ma’lum xususiyatlariga ega bo’lgan irodaviy xislatlarning taraqqiyotini talab qiladi.
Sport psixologiyasida sportchining psixologik tayyorgarligi murakkab shartli reflektorli jarayon sifatida o’rgatiladi. Bu jarayon shartli ravishda ikkita bosqichga bo’linadi:
a)umumiy psixologik tayyorgarlik;
b)muayyan musobaqa (o’yinga) psixologik tayyorgarlik.
Har bir psixologik tayyorgarlik turi o’zining aniq vazifalarini bajaradi, shu bilan birga, ular o’zaro bog’liq bo’ladi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling