Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»
Download 0.56 Mb.
|
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
Bob buyicha hulosa
“Yosh futbolchilar tayyorgarligini yoshga oid xususiyatlarini hisobga olgan holda oshirishni tajribada asoslash” nomli to‘rtinchi bobida jamoalar trenerlari bilan birgalikda musobaqa, o‘quv-trenirovka faoliyatida va III bobda o‘tkazilgan test sinovlarida olingan ma’lumotlar tahlil va muhokama qilindi. Shu bilan birga, BO‘SM har xil yoshdagi sportchilari uchun O‘zbekistonda 2016 yilda nashr qilingan yosh futbolchilarni tayyorlash dasturini tahlil qilish, ularda yosh sportchilarning ma’lum bir harakat sifatlarini optimal rivojlantirish uchun odam hayotining sensitiv davrlarini yoshga oid xususiyatlari to‘liq hisobga olinmaganligi aniqlandi. Yuqorida bayon qilingan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, keyinchalik 2017 yilda, biz tomondan asosiy pedagogik tajriba amalga oshirildi. Asosiy pedagogik tajribani rejalashtirish paytida, organizmni jismoniy yuklamalarga adaptatsiya qilishidan olinadigan ijobiy samaraga bolalar va o‘smirlar organizmini rivojlanishining tabiiy qonuniyatlari hisobga olinsagina erishilishi mumkinligidan kelib chiqdik. Shu tufayli, trenirovka jarayonini tuzish paytida ular muhim vazifalardan biri bo‘lishi kerak. Odam organizmining rivojlanishini ushbu umumiy xususiyatlari trenirovka jarayonini tashkil qilishning asosiy holatlarini shakllantirish imkonini berdi. Xususan, trenirovka yuklamalarining parametrlari - ixtisoslashtirilganlik, yo‘nal-ganlik, jadallik, koordinatsion murakkablik va kattalik nafaqat trenirovka maq-sadlariga, balki shug‘ullanuvchilar organizmining yoshga oid holatiga ham mos kelishi kerak. Bizning taxminimizcha, ushbu holatlarni trenirovkalarda hisobga olinishi, bolalar va o‘smirlar yoshidagi futbolchilar tayyorgarligining samarador-ligini oshirish imkonini beradi. Asosiy tajribalarda 11 va 14yoshli futbolchilar jamoalaridan mos ravishda 20 va 20 nafari ishtirok etdi. Sinovlarda jami 40 nafari qatnashdi. Ularni tanlash, aynan shu yoshda, jismoniy rivojlanishning asosiy parametrlari bo‘lmish tana uzunligi, tana massasi, o‘pkaning hayotiy sig‘imi, kislorodni maksimal iste’mol qilish, chidamlilik, anaerob glikolitik qobiliyatlar, tezkor qobiliyatlar, chaqqonlik eng yuqori darajada aksentlashtirilgan rivojlanishning bosqichlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelishi bilan bog‘liq tarzda amalga oshirildi. Tabiiy o‘sish sur’atlari yuqori” va “juda yuqori” sifatida tavsiflanadi. Yosh futbolchilar tayyorgarligini chegaralovchi tomonlarini oshirish vositalari va usullarini baholash maqsadida umumiy va maxsus tayyorgarlikning hamda 14 yoshli futbolchilarning funksional ko‘rsatkichlarini dastlabki pozitsiyalari aniqlandi. XULOSAO’quvchilar muayan sharoitda muntazam sport mashg’ulotlarining sog’liq darajasiga ijobiy ta’sir etishini va bu masala doimiy nazoratda bo’lishi muxim axamiyatga ega ekanligi to’g’risida amaliy tuchuncha xosil qildilar. Tekshiruvdan o’tkazilgan kuzatuv va tajriba guruxlarida qo’llarning yozuvchi xamda bo’quvchi mushak kuchi tadqiqotdan avval umuman pastligi aniqlandi. Tadqiqot yakunida bu ko’rsatkich deyarli ikki barobariga ortishiga erishildi. Pedagog o’qituvchilar o’quvchilarga sportda va jismoniy mashqlarni kishi organizmiga foydali ekanligini faqat nazariy tarafdan tuShuntirish bilan cheklanmasdan, balki o’quvchilarda ushbu jarayonni nazorat qilish va taxlil qilishga o’rgatishlari lozim. Kuzatishlardan ma’lum bo’ldiki, yosh bolalarni futbol sport turi bilan shug’ullanish 11-14 yoshdan to’g’ri keladi. yosh futbolchilarni dastlabki tayyorgarligida texnik harakatlarni rivojlantirishga ko’proq e’tibor berilishi, jismoniy sifatlardan chaqqonlik va egiluvchanlikni rivojlantirish muhimdir. Yosh futbolchilarni malakali futbolchi qilib tarbiyalashda, ularning umumiy jismoniy jihatlariga xam katta e’tibor berilishi lozm. Yosh futbolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda, ko’pgina mutaxassislar yil davomida jismoniy va texnik-taktik sifatlarga doir maxsus test sinovlarini har oyning oxirida o’tkazilishi kerakligini ta’kidlaydilar. Yosh futbolchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlar davomida ko’pincha katta jamoalarda qo’llaniladigan harakat tizimlari, jismoniy va texnik-taktik usullariga taxlid qilinishni bunda eng muximi natija ko’rsatish ekanligini kuzatimiz. Buning natijasida Yosh futbolchilarda shoshma-shosharlik tez toliqish va hatolarga duch kelindi. Mashg’ulotlarda yosh futbolhilarga jismoniy rivojlanish, texnik-taktik mashqlar haqida atroflicha ma’lumotlar berilish lozim, shuningdek sport inshootlari, sport kiyimlari, asbob uskunalari bilan tanishtirish va eng muhim musobaqalar o’tkazish, xakamlik qilish, doir amaliy malakalar berish Futbolchilarning tezkor-kuch sifatining yaxshi rivojlanganligi, raqib o’yinchidan bir pog’ona ustunlik imkonini beradi. Tezkor-kuch sifatining rivojlanganligi, jimsoniy tayoyrgarlikni a’lo darajada ekanligidan dalolatdir. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling