Sаmаrqаnd dаvlаt universiteti huzuridаgi pedаgog kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini oshirish mintаqаviy mаrkаzi «Himoyaga tavsiya etaman»


Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik


Download 0.56 Mb.
bet24/27
Sana08.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1445349
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Yosh futbolchilarni musobaqaga tayyorlash, ularni jismoniy sifatini tarbiyalash usullari

Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik.
Futbolchilarning bo’ladigan musobaqalarda yoki o’yinga ruhiy tayergarligini umumiy ruhiy tayyorgarlik asosida amalga oshiriladi va bu sportchilarning ushbu konkret musobaqaga tayyorgarlikning vazifalarini echish bilan bog’liq. Ularga quyidagilarni kiritish zarur:
a) bo’ladigan musobaqaning xususiyatlari va vazifalarni o’yinchilar tomonidan anglash;
b) bo’ladigan musobaqalarning aniq sharoitlarini o’rganish, vaqti, joyi, temperaturasi va hokazolar;
v) raqibining kuchli va zaif tomonlarini o’rganish va ularni hisobga olib qilinadigan harakatlariga tayyorgarlik ko’rish;
g) ayni vaqtda o’zining imkoniyatlarini baholash va anglash;
d) o’yin oldidan paydo bo’lgan salbiy tuyg’ularni engish;
e) bo’lajak o’yinda oldinga qo’yilgan vazifalarni bajarishda o’z kuchiga va imkoniyatiga qattiq ishonchni shakllantirish.
Har bir futbolchi o’yin oldidan, qolaversa o’yin vaqtida murakkab ruhiy holatni xis qiladi. Bu holat futbolchilarga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ayrim futbolchilar o’yinni ko’tarinki ruhda o’tkazadilar. Bu esa organizmning bo’ladigan harakatlarga tayyorgarligini oshiradi. Ba’zi futbolchilarda esa qiziqish yoki loqaydlik, o’ziga ishonmaslik, yutqazishdan qo’rqish hollari sodir bo’ladi. Bu esa organizmning tayyorgarligini susaytiradi, sportchining imkoniyatlari yo’qqa chiqadi. Tayyorgarlik darajasiga ta’sir etadigan omillardan biri, bu o’yinda bo’ladigan ruhiy holatdir.
Musobaqalarni boshlanishi kuchli hayajonni keltirib chiqarishi natijada ruhiy holat o’zgaruvchan bo’lib qoladi, bu holat o’rnini tezda mazmun e’tiborni mutlaqo boshqacha holat egallaydi, yig’inchoqlik yo’qoladi, o’yinchining tez jahli chiqib ketaveradi. Sirtdan bu o’zgarishlar oyoq va qo’l titrashida, ko’p terlashda, nutq faoliyatining aktivlaShuvida va boshqalarda ko’rinadi. Ba’zan aksincha ham bo’lishi mumkin. O’yin oldidan sportchida Shunday loqaydlik paydo bo’ladiki, bunda ruhiy jarayonlar sustlashadi. Musobaqada ishtirok etish xohishi yo’qoladi, o’z kuchiga ishonchsizlik, kuch-quvvatning kamayishi kuzatiladi, idrok, diqqat, tafakkur jarayonlari sekinlashadi.
Sirtdan bu holat yuzda oqarish, nafas olish sur’atining o’zgarishida sovuq ter chiqishi, esnash va boshqalarda ko’rinadi. O’z-o’zini tinchlantirishni holati irodani kuchlantirishda, tayyorgarlikning yo’qligida, o’z kuch va imkoniyatlariga ortiqcha baho berishda, raqib kuchini nazarga ilmaslikda va boshqalarda ifodalanadi. Salbiy tuyg’ularni maxsus usullar yordamida engish mumkin.
Bular quyidagilar:
a) futbolchi kuchli hayajonli ishonchsizlikni sirtiga chiqarmasligi kerak. Aksincha, butun harakatlari bilan o’zining tektinligini ifodalashga intilishi zarur;
b) tayyorgarlikda ortiqcha hayajonlanish yoki tushkunlik holatini engib o’tishga qaratilgan mashqlar va harakatlarni bajarish;
v) chuqurligi, tezligi, ritmi va davomiyligi jihatidan turlicha maxsus nafas olish mashqlari yordamida nafas olishni erkin boshqarish;
g) sportchiga tinchlantiruvchi yoki qo’zgatuvchi ta’sir ko’rsatuvchi maxsus uqalashlardan foydalanish;
d)turli sezgi analizatorlari avvalo ko’rish va eshitish a’zolariga ta’sir o’tkazish, tinchlantirish;
e) so’z orqali ta’sir ko’rsatish.
So’z bilan ko’nglni ko’tarish. o’ziga ishonch uyg’otish, xursand qilish, tinchlantirish, yoki aksincha ko’ngilni og’ritish mumkin.
Hozirgi davrda sport kishining ruhini ko’taradi, g’alabaga erishish uchun bo’lgan kuchli istak ko’pincha kuchli raqib ustidan zafar qozonishiga olib keladi. Shu sport turining xususiyatlari inson psixologik rivojlanishining u yoki bu tarafida ochiq iz qoldiradi, uning idrokiga, e’tiboriga, ongiga, xotirasiga, tasavvuriga, xis-tuyg’ulariga ta’siri qilishi sababli sportchilarning ruhiy tayyorgarligi murakkab jarayon sifatida tekshiriladi va bu jarayonni shartli ravishda ikki bosqichga bo’linadi: umumiy psixologik tayyorgarlik va ochiq musobaqaga (o’yinga) psixologik tayyorgarlik.
Bu psixologik tayyorgarlik turlarining har biri o’zining aniq vazifalarini echadi, shu bilan birga ular o’zaro bog’liq bo’ladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling