Samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Download 280.55 Kb.
bet5/5
Sana11.12.2020
Hajmi280.55 Kb.
#164970
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ismatova Umida BMI


3. «Cho’loq jo’ja» o’yini.

Bu o’yinda bolalar yarim doira shaklida o’tiradilar. Polga beshta tayoqcha to’rtta katakli narvon shaklida tashlab qo’yiladi. Har bir katakchaga bittadan stol qo’yiladi. Stolga o’tilgan mavzular bo’yicha o’qilgan ertak va rivoyatlardan qisman tasvirlangan rasmlar joylashtiriladi. «Cho’loq jo’ja» poldagi bola o’ynab sinfdan-sinfga sakrab yuradi. Agar u rasmda tasvirlangani bo’yicha savolga javob bersa, keyingi sinfga ikki oyoqda, agar javob bera olmasa bir oyoqda turib, ya’ni, joyiga borib o’tiradi. Agar xato qilsa bir oyoqda sakrab boradi. Bu o’yinda quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi:

        Ertakning nomini aytib bering.

        Rasmda tasvirlangan parchani aytib bering.

        Rivoyatda tasvirlangan parchani aytib bering.

Bolalar nutqini rivojlantirishni rag’batlantiruvchi yoki uni sekinlashtiruvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonda aniq maqsadni ko’zlagan holda pedagogik sa’y-harakatlarni uyushtirish kalitidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida, ko’p marotaba ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’rganib, ularni o’quv muassasalarimizga olib kirish zarurligi uqtirilgan.

 

4. Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli organlarning ahamiyati. Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulyatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlarni (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to’g’ri talaffuz etish. So’zlardagi, tez aytishlardagi, qisqa she’rlardagi tovushlarni to’g’ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni o’rgatish.

Bolalarga ona tilida nutqni o’rgatish tajribasidan ma’lumki, alohida tovushlar artikulyatsiyasini o’zlashtirish bola uchun eng qiyin vazifa hisoblanadi. O.I.Soloveva nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarning asosiy yo’nalishlarini belgilar ekan, «pedagog oldida bolalarga so’zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, so’zlarni rus tilining orfoyepiya qoidalariga muvofiq holda to’g’ri talaffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diksiya) o’rgatish, ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi[1]



Tovush hosil qilishda ishtirok etadigan turli a’zolarning ahamiyati

 1. Nafas apparati:

2. Bo’g’iz (hiqildoq) bo’shlig’i:

3. Og’iz bo’shlig’i (til, tanglay, kichiktil, tish, va lablar):

4. Burun bo’shlig’i (tovush ohangiga alohida tus berishda ishtirok etadi).

Diksiya – talaffuz tarzi, talaffuzni aniq ravshanligi darajasi. O’qituvchi uchun to’g’ri talaffuz eng kerakli qurol. Chunki eshitayotganlar tushunishi uchun – talaffuz ravon, har bir bo’g’in, so’z va tovushlarni aniq aytishi kerak.

Ritmika – ovoz maromi yoki vazni. Ba’zi bir so’zlarning bo’g’inlarning talaffuzi, ularning tezligini nutq suratini tashkil etadi.

Ovoz tezligi har bir o’qituvchining fazilati. Nutq mazmuni muomala vaziyatiga bog’liq.



Pauza – temp va nutqning yoqimli bo’lishi nutq ohangini tashkil etadi. Monotonnost (bir ohangda nutq zerikarli bo’lib qiziqish va diqqatni pasaytiradi).

Ohang, tembr, pauza, urg’ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi.

Tilni amalda o’zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo’g’in – ibora - matn) tinglab ajratib olish va ularni to’g’ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.

Bolaga intonatsiyadan to’g’ri foydalanishni, bildirilayotgan fikrning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o’rgatish juda muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to’g’ri qo’llash, tovushlar, so’zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllantirish ishlari ham olib borilishi lozim.

Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o’ziga xos bo’lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko’rsatadi.

Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalarning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matnga mantiqiy va emotsional urg’u berish orqali o’z munosabatini bildirishni o’rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko’proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyatlar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish uchun zarur bo’ladi.

Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos kelishini hisobga olishni o’rgatishi lozim.

Nutqning past-balandligi o’rinli bo’lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to’g’ri nutqning muhim ko’rsatkichi bo’lib uning ravonligi hisoblanadi.

Artikulyatsion va intonatsion qobiliyatning uzviy bog’liqligi keng ma’nodagi tinglash va artikulyatsion-talaffuz ko’nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so’zning tovush tarkibini, so’zdagi urg’u o’rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vaznni his qilish tuyg’usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so’zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanishi zarur.

Bu murakkab nutqiy ko’nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o’tkazishni talab qiladi.



Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo’nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o’zaro bog’liqlikda va yaqin o’zaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.

Kurs ishi vazifalari

 Ilmiy adabiyotlar asosida nazariy qism boblarini tayyorlash.  O‘yinlarni tanlash va tashkil etish.  Maktabgacha yoshidagi bolalarda o‘yinning roli haqida xulosa tayyorlash.  Taqdimot tayyorlash.  Tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishining obekti. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Samarqand viloyati Samarqand shahar Xalq ta’limi muaasasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘yicha bo‘limiga qarashli 119 - maktabgacha ta’lim muassasasi  turli yosh guruhlari  olindi. Kurs ishida foydalanilgan metodlar. Kuzatish Suhbat.  Turli xil o‘yinlar tashkil etish. O‘yin faqat tashki muxitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasi bulibgina kolmay balki, kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli o‘yinlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni barcha psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mana shu nuktai nazardan o‘yin bogchadagi ta’lim-tarbiya ishlarini yulga kuyishda markaziy  urinda turadi. O‘yin jarayonida maktabgacha yoshdagi bolaning barcha psixik jarayonlari tarkib topishida imkon bo’ladi. Chunki o‘yin faoliyati bolalarni dikkat va xotirasi, nutqi, xayoli, xissiyoti, mexnatga oid malakalari va kobiliyatlarinamoyon bo’ladi. Rolli o‘yin – maktabgacha yoshdagi bolalarning etakchi faoliyatidir. Rol­li o‘yin mazkur yosh davridagi bolalarning eng muxim faoliyati bulib, ular bunday o‘yinda guyo katta yoshdagi odamlarning barcha vazifalari va ishlarini amalda bevosita bajaradilar. SHu boisdan o‘yin faoliyati uchun maxsus yaratiladigan sharoitlarda ijtimoiy muxit voealari, oi­laviy turmush xodisalari, shaxslar aro munosabatlarini umumlashtir­gan xolda aks ettirishga xarakat kiladilar. Bolalar kattalarning tur­mush tarzi, xis-tuyg’usi, uzaro muomala va mulokatlarining xususiyat­larini, uziga va uzgalarga, atrof-muxitga munosabatlarini yakkol voelik tarzida ijro etish uchun turli o‘yinchoklardan, shuningdek, ularning vazifasini utovchi narsalardan ham foydalanadilar. Ammo shuni ham alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy va maishiy voqelikning barcha jabxalarini kamrab oladigan rolli o‘yin ularda birdaniga zmas, balki turmush tajribasining ortishi, tasavvur obraz­larining kengayishi natijasida vujudga keladi, moxiyati va mazmuni jixatidan oddiydan murakkabga karab takomillashib boradi. Rolli o‘yin faoliyatini vujudga keltiruvchi eng zarur omillardan biri - bolada uz xatti-xarakatlarini kattalar xatti-xarakati bilan solishtirish, undan nusxa olish, aynan unga uxshatish tuygusining mav­judligidir. Xuddi shu sababli kattalar va ularning xatti-xarakatlari bolaning xam tashki, xam ichki ibrat namunasi bo’ladi va kattalarning xulk-atvori, yurish-turishining xam ob’ekti, xam sub’ekti   xisoblanadi. Bolaning ongida uni qurshab turgan voqelik to‘grisidaggi xilma-xil o‘yin faoliyatini takomillashtiradigan sharoitlarni tadqiq qilgan N.M.Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z-uzidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit bo‘lishi lozim: a) taassurotlar tarkib topishi; b) har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi; v) bolalarning kattalar bilan tez-tez muomala va muloqotga kirshiuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal kiluvchi rol o‘ynaydi. D.B.Elkonin o‘z tadqiqotida rolli o‘yinning syujeti bilan bir qatorda, uning mazmuni ham mavjud ekanini yozadi, Uning fikrichsa, o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jixatani aniqroq aks ettirishi o‘yinning mazmunini tashkil qiladi. Eng sodda psixik jarayondan eng murakkab psixik jarayongacha hammasining eng muhim jihatlarini shakllantirishda o‘yinlar katga rol o‘ynaydi. Bog’cha yosh davrida harakatning usishida o‘yinning ta’siri haqida gap borganda avvalo shuni aytish kerakki, birinchidan, o‘yinni tashkil qilishning o‘zidayoq mazkur yoshdagi bolaning harakatini ustirish va takomillashtirish uchun eng qulay shart-sharoit yaratadi. Ikkinchidan, o‘yinning bola harakatiga ta’sir etishini sababi va xususiyati shuki, harakatning murakkab kunikmalarini sub’ekt aynan o‘yin paytida emas, balki bevosita mashg‘ulot orqali o‘zlashtiradi. Uchinchidan, o‘yinning keyinchalik takomillashuvi barcha jarayonlar uchun eng qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. SHu boisdan o‘yin faoliyati xatti-harakatni amalga oshirish vositasidan bolaning faolligani ta’minlovchi mustaqil maqsadga aylanadi. Bolalar laboratoriya sharoitiga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq so‘zlarni eslab qolish va esga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq, ochishga yordam beradi, Tajribada yigilgan ma’lumotlarni taxlil qilish quyidagicha xulosa chiqarish imkonini beradi.

a) o‘yinda bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bir talay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi;

b) shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, xatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo‘ladi va oson amalga oshadi.

XULOSA VA TAVSIYALAR

Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas bir qismidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo’lishlari natijasida egallaydilar. Nutqning tovush madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to‘g‘riligi, so‘zlashgan vaqtda to‘g‘ri nafas olish va chiqarish, ravshan gapirish, so‘zlarda urg’uni to’g’ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq suratini tartibga solish tushuniladi.



Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlaming aniq artikulyatsiyasini, ulami to’g’ri talaffuz etishni, so‘z va jumlalami to‘g‘ri va aniq talaffuzini, to‘g‘ri nafas olish va chiqarishni, shuningdek, yetarli balandlikdagi ovozni, odatdagi nutq sur’atini, ifodalilikni, intonatsiya vositalarini (mantiqiy pauzalar, urg’u. nutqning ritmi va tempi, xushohanglik) shakllantirishni o’zida mujassamlashtiradi. Nutqning tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni eshitish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bolalarda to’g’ri. jarangdor nutqni rivojlantirish bilan bir qatorda, tarbiyachi quyidagi vazifalami hal etishi kerak:

  1. Bolalarda nutqni eshitish qobiliyatini va uning asosiy komponentlarini: eshituv diqqatini (eshitish orqali u yoki bu tovushni va uning yo‘nalishini aniqlash malakasi), fonematik eshitishni, temp va ritmni idrok etish qobiliyatini tarbiyalash.

  2. Artikulyatsiya apparatini rivojlantirish.

  3. To‘g‘ri nafas olish va chiqarish ustida ishlash, ya’ni qisqa nafas olib, uzun havo oqimini chiqarish qobiliyatini tarbiyalash. Bujumlalami erkin talaffuz qilish imkonini beradi.

  4. Muloqot shartlariga mos ravishda ovoz balandligini boshqara olish qobiliyatini tarbiyalash.

  5. Ona tilidagi hamma tovushlami to’g’ri talaffuz etishni shakllantirish.

  6. Har bir tovush, so‘z va jumlalaming aniq, ravshan talaffuzini shakllantirish, ya’ni ravon gapirishni tarbiyalash.

  7. 0‘zbek adabiy tilining orfoepiya qoidalari (talablari) asosida so‘zlar talaffuzini rivojlantirish.

  8. Nutqning odatdagi (normal) tempini shakllantirish, ya’ni so‘z va jumlalami o‘rtacha tempda (nutqni tezlatmay ham, sekinlashtirmay ham) tinglovchilarga uni aniq idrok qilishlari uchun imkoniyat yaratgan holda gapirishga o‘rgatish.

  9. Nutqning intonatsion ifodaliligini tarbiyalash, ya’ni mantiqiy pauza, urg‘u, xushohanglik, temp, ritm va tembr yordamida his-tuyg‘ularini va kayfiyatini, fikrlarini aniq ifodalash qobiliyatini tarbiyalash. Tarbiyachi nutqning asosiy buzilishlari to‘g‘risida tasavvurga ega bodishi kerak. Masalan, duduqlanish, ming’irlab (manqalanib) gapirish. Bu tarbiyachilarga nutq buzilishini ogohlantirish va uning oldini olish, bolani mutaxassis - logopedga yuborishlari uchun zarurdir.

"Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturi”da yuqorida bayon etilgan vazifalar har bir yosh guruhida ularning yoshi va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda bayon etilishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. “Ma’naviyat” 2008yil

  2. I.A.Karimov. O’zbekistonning o’z taraqqiyot yo’li. Toshkent. “O”zbekiston” 1995yil

  3. I.A.Karimov. Biz qurish, yaratish yo’lidan boraveramiz. Toshkent. “O’zbekiston” 1995yil

  4. I.A.Karimov. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. Toshkent. “O’zbekiston” 1996yil

  5. I.A. Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. Toshkent. “Sharq” 1998yil

  6. I.A. Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. Toshkent.”O’zbekiston” 1998yil 65

  7. Ta’lim to’g’risida: O’zbekiston Resapublikasining Qonuni. 1997yil 29avgust.

  8. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent.1997yil.

  9. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat talablari. Maktabagcha ta’lim jurnali. Toshkent.2000yil №1-9- 12b

  10. S.A.Ohunjonova. “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash haqida (tarbiyachi va ota-onalar uchun tavsiya) Toshkent-1999y

  11. Maktabgacha yoshda bo’lgan bolalar uchun rivojlantiruvchi o’yinlar (ota-onalar va pedagoglar uchun qo’llanma) 1997yil.

  12. Qudrat Do’stmuhammad. “1 dan o’ngacha” MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya Toshkent. «Sharq»-2000

  13. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari. -T.: Istiqlol, 2006.

  14. Qodirova F.R. Bolalarni chet tilga o’rgatish nazariyasi va metodikasi. -T.: Sanostandart, 2009.

  15. Babayeva D.R. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. Darslik. –T.: TDPU, 2018.

  16. Babayeva D.R Nutq o’stirish metodikasi. -T.: Fan va texnalogiyalar, 2009.

  17. Babayeva D.R. Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi. O’quv qo’llanma. -T.: TDPU, 2017.




Download 280.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling