Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Suvning tozalanish bosqichlari.Patogen 
mikroorganizmlardan 
brusellez, tulyaremiya, paratif, dizentyeriya tayoqchalari, vabo vibrioni va 
boshqalar oqava suvda o‗zoq muddat yashaydi. Qorin tifi tayoqchasi 21 
kun, muzda 60 kun va oqava suvda 6—30 kungacha yashaydi. Demak, 
ochiq suv havzalari yuqumli ichak kasalliklarining tarqalishida xavfli 
bo‗lishi mumkin. Shuning uchun suvni biologik usul bilan tozalashga 
alohida e‘tibor beriladi. Suvning tozaligi ichak tayoqchasining miqdoriga 
qarab aniqlanadi. Tozalik ko‗rsatkichi qilib coli — indeks kabi terminlar 
kiritilgan. 
Ichak tayoqchasi E. coli uchraydigan suvning eng kam miqdori 
(ml.da) coli— titr deyiladi. 
Koli- indeksi deb ataladigan suvning yana bir tozalik ko‗rsatkichi 
bo‗lib, 1 l suvda uchraydigan koli tayoqchalarining miqdoriga aytiladi. 
Agar vodoprovod suvini koli- indeksi 3 dan (koli — titri 300 va undan 
ortiq) ko‗p bo‗lmasa, bu suv hayvon va odam ichishi uchun yaroqli 
hisoblanadi. 
Vodoprovod suvlarini tozalash bosqichlari. Bizga ma‘lumki 
ko‗pgina patogen ichak mikroorganizmlari suv orqali yuqadi. 
Ariq, daryo, ko‗l va boshqa suv havzalarining ifloslanishi, iflos 
suvlarning ularga qo‗shilib ketishi hisobiga bo‗ladi. Shuning uchun 
ko‗pchilik shaharlarda ho‗jalik ishlari uchun ishlatiladigan suv katta 
xajmdagi rezyervuarlarga to‗plab keyin 


97 
tozalanadi. Bundan tashqari suvni xlor bilan dezinfeksiya qilish zarur, aks 
holda suvdagi patogen mikroorganizmlar minglab odamlarni o‗limiga 
sabab bo‗ladi. 
Shahar vodoprovod suvlarini tozalash va zararsizlantirish asosan 3 xil 
jarayondan iborat: tinitish, filtrlash va xlorlash. 
Tinitish. Suv birinchi navbatda saqlagichlarda (rezyervuar) tinitladi. 
Bu jarayonda tuproq, o‗simlik, hayvon qoldiqlari va boshqa zarrachalar 
cho‗kmaga tushib suv tiniqlashadi. Suv rezyervuardan tinib filtrga 
kelganda unga kagulyatorlar (temir sulfat- FeSO
4
tuzi) qo‗shiladi. Bular 
cho‗kmaga tushganda o‗zlari bilan ko‗pchilik mikroorganizmlarni va 
ranglovchi moddalarni olib tushadi. 
Filtrlash. Suv saqlagichlardan suvning chiqadigan joyida shag‗al, 
ustidan mayda qum (10sm qalinlikda) to‗shaladi. Qum va shag‗al orqali 
suv filtrlanib o‗tadi. Qumni yuzasi 0,4 gektar bo‗lganda, bir kunda 
11000000l suv o‗tkazadi. 
Mikrobiolog filtrdan o‗tgan suvdagi va filtrda qolgan bakteriyalarni 
soni va turini aniqlaydi. Filtr 99 % gacha bakteriyalarni ushlab qolishi 
mumkin ekan. 
Xlorlash. Birorta ham yuqorida ko‗rsatilgan usullar patogen 
bakteriyalarni to‗liq yo‗qotishni kafolatlamaydi. Shuning uchun shaharni 
suv bilan ta‘minlash sistemasida albatta suvni xlorlash ko‗zda tutilgan. 
Shuning uchun ham vodoprovod suvi isite‘mol qilinganda aholi o‗rtasida 
terlatma, ich burma (dezinteriya,vabo ( xolera) kasalliklari juda kam yoki 
umuman uchramaydi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling