Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Oqava suvlarining tozalash usullari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Oqava suvlarining tozalash usullari. Shahar oqova suvining 99 %
ni suv tashqil qiladi. Shaharning oqova suvi tarkibida odamlarning fiziologik ajratmalari, ichak yo‗llari mikroorganizmlari, bundan tashqari tuproq bakteriyalarining ko‗pchilik turlari va katta miqdordagi organik moddalar bo‗ladi. Oqovaning pH i neytralga yaqin bo‗lib, harorati mavsumlarga bog‗liq holda 5 o C dan 24 0 C gacha bo‗ladi. Qattiq moddalarni qariyib yarmi (shisha, tuproq zarralari, shagal va boshqa) klechatkadan iborat bo‗ladi. Oqova suvda ko‗p miqdorda aerob va anaerob mikroorganizmlar uchraydi. (Clostridium, Cytophaga, Micrococcus, suv o‘tlari, achitqilar). 98 Oqova suvni tozalashda quyidagi jarayonlar bajariladi: 1. Yirik narsalardan Ya‘ni shisha va plastmassa idishlar, qog‗oz, yog‗och, shag‗aldan tozalash. Bu asosan texnik ish bo‗lib mikroblarga tegishli emas. 2. Cho‗ktirish. Bu jarayonda har xil saqlash (rezyervuar) joylarida qattiq moddalarni cho‗ktirish uchun 2 soatdan 10 soatgacha saqlanadi. 3 soat ichida 40 - 60 % gacha qattiq moddalar cho‗kadi. 3. Cho‗kmani achitish. Cho‗kma 95 % suvga ega bo‗lib, saqlagichni (rezyervuar) pastki qismidan (kamera) turubalar orqali maxsus achitgich idishlarga (bak) o‗tkaziladi. Bu erda sekin- asta anaerob bijg‗ish jarayoni bo‗ladi. Co‗kma haftalab yoki oylab saqlanishi mumkin. Cho‗kma jarayonni oxirida qoramtir yopishkok suyuqlikga aylanadi. 4. Cho‗kmani ajratib olish. Idishlardan (baklardan) cho‗kmani quritgichlarga o‗tkazib quritib paroshokga aylantiriladi, keyin esa uni yoqib yuboriladi yoki o‗g‗it sifatida ishlatiladi. Qizitilganda patogen mikroorganizmlar o‗ladi. Bunday o‗g‗itlar tarkibidagi azot, fosfor kaliy o‗simliklarni o‗sishi rivojlanishiga kerak bo‗ladigan birikmalar tarkibiga kiradi. Cho‗kmani ustida qolgan oqova suv, ko‗p miqdorda organik moddalarni saqlaydi. Shuning uchun ko‗pincha ikkinchi marta cho‗kma hosil qilish uchun saqlagichda (rezyervuarda) ushlab turiladi. Keyin tiniqlashgan suyuqlik orqali havo pufakchalariga ega siqilgan havo o‗tkazilsa aerob muhit hosil bo‗ladi. Bunda aerob mikroorganizmlar tez ko‗payib organik moddalarni oksidlaydi. Mikroorganizmlar (Pseudomonas, Bacillus) faoliyati natijasida shilimshiq modda hosil bo‗ladi (oqova suvda). Bu modda oqova suvdan adsorbintlar (kalloid modda) yordamida ajratib olinadi. Oqova suv esa vodoprovod suvini tozalashada ishlatilgan filtr orqali filtrlanadi. Bu suv xlorlangandan keyin qishloq xo‗jalik ekinlarini sugorishda ishlatilishi mumkin. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling