103
Oziqani quritish davomida mikroorganizmlarni
hayotiy faoliyati
pasayib boradi. Lekin quritilgan oziqada hamma vaqt ham epifit mikroblar
bo‗lib, ular anabiotik holda bo‗ladi.
Nam
holda
saqlanilayotgan
o‗simlik massasi (xashak)da
mikroorganizmlar kuchli rivojlanishi natijasida harorat ko‗tariladi. Bu
hodisani
termogenez xodisasi deyiladi,
bu jarayon mikroorganizmlar
faoliyati natijasida ro‗y beradi.
Mikroorganizmlar o‗zlarining faoliyati natijasida hosil bo‗lgan
energiyani 5-10
% dan oziqa moddalarini o‗zlashtirishda foydalanadi, qolgan energiya esa
issiqlik energiyasi sifatida tashqi muhitga ajratiladi.
O‗simlik massasini o‗z–o‗zidan
qizishi tufayli mikroblarni
almashinuvi jarayoni bo‗lib o‗tadi. Birinchi navbatda qizishni (massani)
boshlanish davrida mezofil mikroorganizmlar ko‗payib rivojlanadi.
Haroratni oshib borishi bilan termofil mikroorganizmlar o‗rin eg‗allaydi va
ko‗payadi.
O‗simlik massasini kuchli qizishi natijasida ular qorayib kuyishi,
yonuvchi gazlar, Ya‘ni metan va vodorodning hosil bo‗lishi,
bu esa
massani yonib ketishiga olib kelishi mumkin.
Termogenez katta zarar keltiradi,
xashakni buzadi, Ya‘ni oziqni
yaroqsiz holatga olib keladi.
Shunday qilib, yaxshi quritilgan xashaklarda mikroorganizmlar
anabiotik holda bo‗ladi. Agar oziqa (xashak) namlansa mikroblar tez
rivojlanib oziqani buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: