Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nitrofikasiya.
Ammonifikasiya. Ammonifikasiya – azotli organik moddalarning
ammiak xosil qilib parchalanishi. Ammonofikasiya jarayonida – oqsillar, peptit, aminokislota, nuklein kislotalari, purin va pirimidin asoslari, mochevina, siydik kislotasi, xitin va gumus kabi moddalar ishtirok etadi. Oqsil ammonifikasyasi-trik organizmlar o‗lgandan so‗ng ular tartibidagi oqsilning mikroorganizmlar tomonidan ammiak ajratib parchalanishi hisoblanadi. Ammonifikasiyada bakteriyalar, aktinomisitlar, zamburug‗lar ishtirok etadi. Bakteriyalardan Psevdomonas va Bacillus avlodiga mansub B.putrificus, B.sporogenes va boshqalar ammonifikasiya jarayonining borishi substratdagi C:N ning nisbatiga bog‗liq. Har 100g chirigan organik modda ammonifikasiyalanganda bakteriya o‗z biomassasini hosil qilish uchun azotdan foydalanadi. Shunga ko‗ra C:N=25 nisbatidan past bo‗lsa hosil bo‗layotgan ammiak bakteriyalar tomonidan to‗liq immobilizasiyalanadi. C:N<25 bo‗lgan muhitda ammiak to‗planadi. Nitrofikasiya. Tuproqda nitratlarning biologik usulda hosil bo‗lishi 1878 yilda Uorngton tomonidan aniqlanadi. Nitratlarning xosil bo‗lishida mikroorganizmlarning 117 ishtirok etishi mumkinligi haqidagi dastlabki fikr Pasterga tegishli. S.N.Vinogradskiy tuproqdagi nitrobakteriyalarni ajratib olish uchun kremniy kislotasi geliga ammoniy sulfat kislotasi va boshqa mineral tuzlar eritmasini singdirilgan maxsus ozuqali muhit tayyorladi va 1891 yilda ushbu mikroorganizmlarni azotni oksidlash jarayoniga qarab ikki gruppaga bo‗ladi Ya‘ni nitritlar va nitratlar. Uglerod nitrifikasiyalovchi bakteriyalar CO 2 angidridni o‗zlashtirib, azotning oksidlanishidan hosil bo‗lgan energiyadan foydalanib organik modda hosil qiladi bu xemosintez deb ataladi. Nitrifikasiya jarayonining bosqichlari: 1. 2NH 3 +3O 2 = 2HNO 2 +2N 2 O+158kkal 2. 2NH 2 +O 2 = 2HNO 3 +43kkal Barcha nitrifikasiyalovchi xemoavtotrof mikroorganizmlar obligat aerob grammanfiy bakteriyalar hisoblanadi. S.N.Vinogradskiy nitrifikasiya jarayonining birinchi faza qo‗zg‗atuvchilarini Nitrosomonas, ikkinchi nitrat bosqichini qo‗zg‗atuvchilarni esa Nitrobactyer avlodiga kiritdi. Tuproqda subpolyar xivchinli, qisqa ovval-tayoqchasimon shakldagi Nitrosomonas eurepae keng tarkalgan. Nitrobactyer Winogradsyi – ponasimon ko‗rtaklanuvchi, harakatchan va harakasiz faoliyati navbatlashib turuvchi CO 2 - o‗zlashtirishdan hosil bo‗lgan energiya hisobga nitridni nitratgacha oksidlaydi. Hozirgi kunda nitiritni oksidlovchi 4 ta avlod, nitritni nitratga aylantiruvchi 3 ta avlod bakteriyalarining mavjudligi fanga ma‘lum. D.N.Pryanishnikov tomonidan, o‗simliklarning tuproqdan ammoniy birikmalar tarkibidagi azotni o‗zlashtirib olishi aniqlangan o‗simliklarni oziqlanishida tuproq nitritning muhim ekanligi yanada oydinlashadi. Tuproqqa solingan mineral o‗g‗itlar tarkibidagi azotning 50% ni o‗simliklar o‗zlashtirib oladi, qolgan qismi organik va minerologik moddalarga birikadi, mikroorganizmlar hujayrasiga immobilizasiyalanadi, molekulyar azotga qaytariladi va bir qismi tuproq profilidan yuvilib sizot suvlarga tushadi. Azotning tuzli birikmalari suvda oson erib tuproqdan yuvilib sizot suvlvri orqali zovur, daryo, ko‗l, dengiz va okean suvlariga qo‗shilib ularda tuproqdan million tonnalab azot nitrat holida yuvilib chiqib ketadi. Shuning 118 uchun nitrifikasiya jarayonini ingibitorlash yani to‗xtatish yo‗nalishi kelib chiqdi. Fumigantlar va gerbisitlar yaxshi ingibitorlar ekanligi aniqlandi. Tuproqda xosil bo‗lgan ammiak nitrit va nitratga aylanadi. Nitrit va nitratlar esa quyidagilar uchun sarflanadi. 1. Yuksak o‗simliklar tomonidan o‗zlashtiriladi. 2. Suv havzalariga yuvilib ularning evtrofizasiyasini o‗zgartiradi. 3.Mikroorganizimlar tomonidan immobilizasiyalanadi. 4.Molekulyar azotgacha qaytariladi Ya‘ni denitrifikasiya jarayoniga uchraydi 25> Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling