Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Tuproq qoplamining atmosfera gaz tarkibiga ta’siri vazifasi – 
tuproq qoplamining yer sharining gaz rejimi va atmosferat tarkibining 
shakllanishida, fotosintezida, karbonat angidridining birikishi, azot 
to‗plashi, kislorod va 
vodorodning to‗planishida, denitrifikasiya, 
desulfofikasiyada, oksidlanish va nafas olishda, karbonat angidridining 
atmosferaga qaytishi va aylanishi kabi jarayonlarida ham katta rol 
o‗ynaydi. 
Biologik nurash.Tog‗ jinslari va minerallar turli organizmlar 
(mikroorganizmlar, o‗simlik va hayvonot organizmlari) va ularning hayoti 
tufayli vujudga kelgan mahsulotlar ta‘sirida mexanikaviy ravishda 
parchalanadi va kimyoviy o‗zgarish yuz beradi. Organizmlar ta‘sirida 
yuzaga keladigan ana shunday o‗zgarishlarga biologik nurash deyiladi. 
Biologik nurashda organizmlar tog‗ jinslardan o‗z hayot faoliytlari uchun 
kerakli moddalarni ajratib oladi va mineral jinslar yuzasiga to‗playdi. Bu 
jarayon natijasida tuproq paydo bo‗lishi uchun qulay sharoit vujudga 
keladi. O‗simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayoti davomida tashqi 
muhitga ajraladigan karbonat angidridi va har xil kislotalar kimyoviy 
nurashga sababchi bo‗ladi. Biologik nurashda mikroorganizm (bakteriya, 
zamburug‗ va aktinomiset) larning ahamiyati kattadir, chunki 1g. tuproqda 
millionlab-milliardlab mikroorganizm bo‗ladi. 
Mikroorganizmlar ta‘sirida kechadigan nitrifikasiya va sulfofikasiya 
jarayonlari natijasida hosil bo‗ladigan nitirat va sulfat kislotalari ham 
ko‗pgina mineral birikmalarni eritadi va biologik nurashni kuchaytiradi. 
Shuningdek, zamburug‗lar chiqaradigan organik kislotalar nurash 
jarayoniga chidamli bo‗lgan dastlabki birlamchi minerallarni parchalaydi. 
Tog‗ jinslari va minerallarda paydo bo‗lgan yoriqlar orasiga o‗simlik 
ildizlarining kirib rivojlanishi natijasida ular maydalana boshlaydi. 
Shuningdek, qurt- qumirsqa va kalamush singari yer qazuvchi jonivorlar 
ham tog‗ jinslari va minerallarning mexanikaviy maydalanishida aktiv 
ishtirok etadi. Bundan tashqari, o‗simlik va hayvonlarning ko‗plab 
qoldiqlari yer yuzasida to‗planadi - chiriydi, 


133 
ulardan paydo bo‗ladigan organik kislotalar ham tog‗ jinslari va 
minerallarni kimyoviy ravishda o‗zgartadi. 
Hamma tog‗ jinslari va minerallar nurash jarayonida bir xil va bir 
tekis parchalanmaydi. Ba‘zi tog‗ jinslari (kvarsit) va minerallar (kvars) 
nurash faktorlari ta‘siriga juda chidamli bo‗lsa, ayrimlari (cho‗kindi tog‗ 
jinslari va tog‗ shpatlari) chidamsizligidan tezroq parchalanadi. Nurash 
faqat mexanikaviy parchalanish jarayonidan iborat bo‗lmay, balki ayni 
paytda bu jarayon tufayli ikkilamchi minerallar shaklidagi yangi birikmalar 
ham paydo bo‗ladi. 
Tirik organizmlar ta‘sirida qayta hosil bo‗lgan moddalar o‗simliklar 
tanasi tarkibiga o‗tib o‗zlashtiriladi yoki kamroq harakatchan formalarga 
aylanib, keyinchalik nurash qobig‗i hamda tuproq hayotida katta rol 
o‗ynovchi murakkab organik - mineral birikmalarni hosil qiladi. 
O‗simliklar nobud bo‗lgandan so‗ng ular o‗zlashtirib olgan tog‗ 
jinslarining emirilish mahsulotlari mikroorganizmlar ta‘sirida o‗zgargan 
shakldagi yangi mineral hamda organik - mineral birikmalarni hosil qiladi. 
Bu birikmalarning bir qismi tuproqqa o‗rnashib qoladi, bir qismi esa 
yuvilib ketishi natijasida moddalar almashinishining katta geologik 
davrasiga qo‗shilib, tabiiy suvlar orqali dengiz hamda okeanlarga boradi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling