Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

3. 
Tuproqning gaz fazasi-tuproqning suv bilan to‗lmagan g‗ovaklik 
va bo‗shliqlaridagi havo hisoblanadi. Tuproq g‗ovakligi uning umumiy 
hajmining 25- 70% tashqil qiladi. Tuproq tarkibidagi havo miqdori, uning 
namlik darajasiga bog‗liq bo‗lib-tuproqdagi suv va havo bir-biriga 
antogonist hisoblanadi. Tuproq havosi tarkibi atmosferat havosi tarkibidan 
farq qiladi, bu farq tuproqda borayotgan biokimyoviy 


137 
jarayon va atmosferat bilan gaz almashinishiga bog‗liq. Atmosferat va 
tuproq o‗rtasidagi gazlar almashinuvi asosan O
2
ning yutilishi va SO
2
ning 
ajralib chiqishi bilan boradi, bu tuproqning nafas olishi deb ataladi. Tuproq 
nafas olishining asosida organik moddalarning mikroorganizmlar 
tomonidan mineralizasiyalanishi yotadi. 
Tuproq havosi tarkibida CO
2
ning miqdori atmosferat havosidagidan 
10-100 barobar ko‗p bo‗ladi va O
2
miqdori ancha kam. Atmosferat havosi 
tarkibida CO
2
miqdori 0.03%, tuproqning yuqori qatlamidagi havo 
tarkibida CO
2
miqdori 0.3-1.5% bo‗lsa, 20-30 sm qatlamidagi miqdori 2.0-
3.0% ga etadi. Suv bosgan yerlarda tuproq havosi tarkibidagi CO
2
miqdori 
10%. Sho‗rxoklarda Ya‘ni pH-10 bo‗lgan tuproq havosi tarkibida CO
2
bo‗lmaydi. Tuproq havosi tarkibidagi O
2
ning miqdori 0-20% atrofida 
bo‗ladi. 
Kislorodga bo‗lgan munosabatiga qarab mikroorganizmlar-aeroblar, 
obligat, fakul‘tativ, anaeroblar hamda mikroaeroblarga bo‗linadi. Agar 
tuproqning aeroblik darajasi rN
2
deb hisoblaganda aeroblar O
2
miqdori 10-
35 da bo‗lsa anaeroblar 0 dan 30 oralig‗ida bo‗ladi. 
Ko‗pchilik 
tuproq 
mikroorganizmlari 
CO
2
ning 
yuqori 
konsentrasiyasida ham yashay oladi. Masalan tuproq sionabakteriyalari 
uchun CO
2
miqdori 1% optimal hisoblansa, ba‘zilari uning miqdori 12% 
etganda hayot faoliyatini to‗xtatadi. Tuproq havosida CO
2
miqdorining 
ortib borishi mikroorganizmlarning rivojlanishi va morfologiyasiga ta‘sir 
ko‗rsatadi: ba‘zi bir bakteriyalar fibrinlar hosil qila boshlasa oq po‗panak 
zamburug‗i miseliysiz o‗sishga o‗tadi. Tuproqda mikroorganizmlarning 
CO
2
konsentrasiyasiga nisbatan chidamlilik seleksiyasi amalga oshadi. 
Tuproq havosidagi CO
2
miqdoriga nisbatan moslashish Penicillium, 
Aspyergillus, Fusarium, Trichodyerma zamburug‗larida yuqori bo‗ladi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling