Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Mutalizm-o‗zaro biologik bog‗lanishning bir shakli bo‗lib, bunda 
birga yashashdan xar ikkala organizm xam foyda ko‗radi. Mutalizmga 
misol qilib lishayniklar, tuganak bakteriyalar, mikoriza va boshqalar misol 
bo‗la oladi. 
Bo‗g‗imoyoqlilar rikkesiya, bakteriya, achitqilar va sodda hayvonlar uchun 
obligat simbiontlar hisoblanadi. Mutalizmning bir ko‗rinishi hamtovoqlik 
hashoratlar bilan zamburug‗lar o‗rtasida bir muncha yaxshi rivojlangan 
Masalan Markaziy Amyerikada yashovchi barg qirqar chumoli va ba‘zi bir 
termitlar o‗zlarining yer osti inlarida parchalangan barg qoldiqlari yoki 
ekskrementlarining yuzasida ―zamburig‗ bog‗‖larini barpo etadilar. 
Zamburig‗li oziqasiz bu hasharotlar yashay olmaydi. Rossiyaning 
o‗rmonlarida keng tarqalgan Formica rufa –cariq o‗rmon chumolisining 
inida Debaryomyces turkumiga mansub achitqilar bo‗ladi, bu achitqilar 
chumolilarsiz yashay olmaydi. Ba‘zi po‗stloqxo‗r qo‗ng‗iz va yog‗och 
zarar kunadalari, tuxim qo‗yadigan po‗stloqlar orasidagi izlariga 
zamburug‗larni o‗stiradi va tuxumdan chiqqan lichinkasi zamburug‗ 
gifalari bilan oziqlanadi. O‗rmon chumolisining ichagida bir hujayrali 
xivchili hayvolar yashadi. Chumoli daraxt yog‗ochligi bilan oziqlanadi, 
lekin uni parchalovchi fermentlar chumoli ichagida bo‗lmaydi. Bu vazifani 
bir hujayrali xivchinli hayvon bajaradi. Chumolilar xivchililarsiz yashay 
olmaydi, xivchinlilar faqat chumolilar ichagidagina yashay oladi. 
Mikoriza- o‗simlik ildizi bilan zamburig‗laning hamkorlikda 
yashashi. Mikoriza tushunchasini fanga A.V. Frank kiritgan. Tuzilishiga 
ko‗ra mikorizani har xil ko‗rinishlari bor, lekin tabiatda ektomikoriza va 
endomikoriza keng tarqalgan. Gimenomiset zamburug‗larning Boletus, 
Russula, Amanta avlodlarining vakillari ektomikorizani hosil qiladi. 
Ektomikorizada zamburug‗ gifalari o‗simlikning butun ildiz yuzasini 
qoplab olib, ildiz sathini kengaytiradi, ildizning so‗rish kuchini oshirib 
tuproqdan suv va unda yerigan oziq moddalarning o‗zlashtirishini 
osonlashtiradi. Zamburug‗ daraxtdan o‗zi uchun zarur bo‗lgan korbon 
suvlarni va vitaminlarni oladi. Ektomikoriza ninabargli daraxtlardan 
qarag‗ay, qoraqarag‗ay, eman, buk, va boshqa daraxtlarda hamda 
boshoqdoshlar va dukkakdoshlar ildizi yuzasida bo‗ladi. Endotrof 


148 
mikorizani zigomiset zamburug‗larning Endogone va Pythium avlodi 
vakillari hosil qiladi. 
Komensalizm-bunday 
o‗zaro 
munosabatda 
bir 
organizm 
ikkinchisidan asosan ovqat manbayi sifatida foydalanadi, lekin hech 
qanday zarar etkazmaydi. Komensallarga yuksak hayvonlar va 
o‗simliklarning ustki yuzasida va ichki organlarida yashovchi 
mikroorganizmlar kiradi. Epifitlar o‗simliklarning yer ustki qismining 
yuzasida yashovchilar hisoblanadi. Komensallar xo‗jayin organizm uchun 
vitaminlar, fermentlar ajratadi, yashash uchun muhit yaratadi, xamda 
oziqaning parchalanishiga va oson o‗zlashtirishiga yordam beradi. 
Epifitlar-o‗simliklarning 
yuzasida 
yashovchi 
mikroorganizmlar 
hisoblanadi. 
Epifit mikroorganizmlar fillosfyeralar va rizoplanlarga bo‗linadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling