Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Biotik jamoning tuzilish va bog‘lanish tiplari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
5.7. Biotik jamoning tuzilish va bog‘lanish tiplari.
Zoomikrobiologik kompleks. Zoomikrobiol kompleks-deb tuproqda va o‗rmon to‗shamasida umirtqasiz hayvonlar bilan soprotrof mikroorganizmlarning qalin aloqada bo‗lishiga aytiladi. Mikroorganizmlar hayvonlarning faqat tana yuzasida emas balki ularning ichki organlar sistemasining komponentlari hisoblanib kavsh qaytaruvchi umirtqali hayvonlarning shirdonida, umirtqasiz hayvonlarning hazim qilish organlar sistemasida ko‗plab bo‗ladi. Ba‘si bir jamo bo‗lib yashovchi hashoratlar o‗zlarining uzoq davom etgan evolyusion jarayonlarida mikroorganizmlar bilan mutalistik ham jamo bo‗lib yashashga moslashganlar ular bir birisiz yashayolmaydilar. Masalan Markaziy Amyerikada yashovchi barg qirqar chumoli va ba‘zi bir termitlar o‗zlarining yer osti inlarida parchalangan barg qoldiqlari yoki ekskrementlarining yuzasida ―zamburig‗ 144 bog‗‖larini barpo etadilar. Zamburig‗li oziqasiz bu hasharotlar yashay olmaydi. Rossiyaning o‗rmonlarida keng tarqalgan Formica rufa –cariq o‗rmon chumolisining inida Debaryomyces turkumiga mansub achitqilar bo‗ladi, bu achitqilar chumolilarsiz yashay olmaydi. Ba‘zi po‗stloqxo‗r qo‗ng‗iz va yog‗och zarar kunadalari, tuxim qo‗yadigan po‗stloqlar orasidagi izlariga zamburug‗larni o‗stiradi va tuxumdan chiqqan lichinkasi zamburug‗ gifalari bilan oziqlanadi. Tuproq hayvonlarining yakka o‗zi o‗simlik qoldiqlarini parchalay olmaydi, parchalanishning har xil bosqichlarida mikroorganizimlar ishtirok etadi. Ushbu komleks jarayonida hayvonlar o‗simlik qoldiqlarining sturuturaviy tuzilishini buzib, mexanik parchalab, muhidda va o‗zlarining ichaklarida, ekskrementlarining yuzasida mikroorganizimlarning o‗sib ko‗payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Oshqozon ichakda parchalangan o‗simlik qoldiqlarini, mikroorganizmlar oson parchalaydilar va oson o‗zlashtiradilar.Tuproqqa nisbatan hayvonlarning ichki tana bo‗shlig‗i geterotrof mikroorganizmlarning o‗sishi, rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan doyimiy gidrotermik sharoitga, konsentirlangan substarga, mineral birikmalarga, vitaminlarga va almashtirilmaydigan amino kislotalarga boy bo‗ladi. Umurtqasiz hayvonlar tana o‗lchamining kichirayib borishi bilan ular oziq rasionida mikroorganizimlar miqdori ortib boradi. Mezofauna vakillari ( zahkash va simqurt)ning oziq rasionining 20-30% ni mikroorganizmlar tashqil qilsa, ushbu ko‗rsatkich mikroartropodalarda 60- 70%ni tashqi qiladi, ko‗pchilik tuproq sodda hayvonlarinig asosiy ozuqasi mikroorganizmlar hisoblanadi. Mezafauna o‗zlari is‘temol qiladigan organik moddalarning 8-10% ni mineralizasiyalaydi. Ularing ekskrementlari bilan muhitga mikroorganizimlar tomonidan o‗zlashtiriladigan moddalar almashinuvinig gazsimon va suyuq mahsulotlari tushadi. Mayda bo‗g‗imoyoqlilar tuproqda va to‗shamalarda organik moddalarning oqimini taminlab, soprotrof mikroorganizlar sifat va miqdorni boshqarib turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling