Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

6- 
Bo‘lim. TUPROQ EROZIYASI. 
Tuproq tabiatning moddiy barqarorligini ta‘minlovchi vosita hamda 
qishloq xo‗jalik ishlab chiqarishida asosiy manbadir. Tuproqqa ishlov 
berish yo‗li bilan insoniyat oziq-ovqatining 88 % ni ishlab chiqarishi 
mumkin. Tuproq qiymati oziq- ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom 
ashyo etishtirishdagi favqulodda muhim ahamiyati bilangina emas, balki 
quruqlikdagi barcha biogeosenozlar va umuman yer biosferasi hayotida 
buyuk ekologik ahamiyati ila ham belgilanadi. Ayni manbaning 
yuksakligini saqlash yo‗nalishida eroziyaning oldini olish choralarini 
qo‗llash zarur. Bu tadbir O‗zbekiston hududi uchun dolzarb chunki, 
haydalib dehqonchilik qilinadigan yer maydonining 40 foizidan ko‗prog‗i 
suv va shamol eroziyasiga chalingan. Ma‘lumotlarga ko‗ra, O‗zbekistonda 
foydalanish uchun yaroqli bo‗lgan 3 mln. gektardan ko‗proq lalmi yer 
mavjud, shulardan namlik ta‘minlangan va yarim ta‘minlangan lalmi yerlar 
hissasi salkam 1 mln.ga. Lalmi yerlar nisbatan qulay tuproq-iqlim 
sharoitlarida joylashgan bo‗lib, g‗alla, ozuqabop hamda boshqa ekinlardan 
mo‗l hosil olish imkonini beradi. Agrotexnik tadbirlar to‗g‗ri qo‗llansa don 
ekinlari hosildorligi gektariga 13-15 ayrim yon bag‗rli qiyalik yerlarda 20 
s/ga bo‗lishi mumkin. Ma‘lumotlarga ko‗ra yer yuzasidan suv va sug‗orish 
eroziyasi ta‘sirida xar yili gektaridan 100-150 t tuproq, 500-800 kg gumus 
moddasi, 100-120 kg azot, 75-100 kg fosfor tuproq bilan yuvilib daladan 
chiqib ketishi aniqlangan Eroziya jarayonlari tufayli g‗o‗za, g‗alla va 
boshqa qishloq xo‗jalik ekinlari hosildorligi 30-50 


154 
foizgacha kamayadi, paxta tolasi va g‗alla sifati keskin yomonlashadi. 
Shuning uchun tuproqni shamol va suv eroziyasidan himoya etish hozirgi 
kunning hayotiy tadbirlaridan biridir. Dehqonchilik jadal yuritilayotgan 
sharoitda, tuproqni himoyalovchi agrotexnik tadbirlar yaratilgandagina 
madaniy ekinlardan barqaror va uzluksiz hosil olish mumkin. ixota 
daraxtzorlar va tabiiy o‗tloqlar yo‗q joylarda shamol ta‘siri bilan tuproqni 
ustki qismi uchirilishi natijasida uning fizik, ximik, suv, fizik xususiyatlari 
yomonlashadi va unumdorlik ma‘lum qadarga pasayadi. SHamol uchirgan 
qum va tuproqni mayda zarrachalari yosh o‗simlik nihollarini quritib, ariq 
zovurlarni to‗ldiradi. Ekologiyaga salbiy ta‘sir etibgina qolmay, ortiqcha 
sarf xarajatga olib keladi. SHuning uchun tuproqni suv va shamol eroziyasi 
ta‘sirida zararlanishdan saqlash faqat unumdavlat ishi bo‗lmay, balki xar 
bir qishloq xo‗jalik xodimlarini e‘tiborida bo‗lib chora tadbirlar ko‗rilishi 
zarur. 
Eroziya lotincha «Erosio» – so‗zidan kelib chiqib emirilish, yuvilish 
ma‘nosini bildiradi. Xozirgi davrda uni tuproqshunoslikda, geologiya 
geografiya, tibbiyot fanlarida yer po‗stining ustki qismida sodir bo‗ladigan 
emirilish jarayonlari deb tushntiriladi. 
Tuproq eroziyasi tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida emirilish, 
yuvilish va uchirib ketish jarayonlarga qarab suv va shamol eroziyasiga 
bo‗linadi. Kuchli suv oqimi ta‘siridagi emirilish, yuvilishga suv eroziyasi, 
kuchli shamol ta‘sirida tuproq, qum uchirib ketilishi shamol eroziyasi 
yoki deflyasiya deyiladi. Deflyasiya – 
«deflasio» lotincha so‗z bo‗lib, tuproq, qumni ustki qatlamini kuchli 
shamol ta‘sirida uchirilishini anglatadi. 
Suv eroziyasini rivoji yerlarni rel‘efiga va suv oqimiga bog‗liq. 
Bizning ma‘lumotlarimizga ko‗ra tuproqni emirilishi yerning qiyaligi 1,5-
2
0
Cdan oshganda boshlanadi. Shamol eroziyasi (deflyasiya) yer ustini 
hamma ko‗rinishlarida kuchli shamol ta‘sirida qiyalik, tekisliklarda 
mexanik tarkibi engil bo‗lgan tuproqlarda 12-15 m/sek tezlikda rivoj 
topishi mumkin. 


155 
Relefi notekis nishabli bo‗lgan, sug‗orib dexqonchilik qilinadigan 
mintaqalarda 
– sug‗orish (irrigasiya) eroziyasi rivojlangan. Hozirgi vaqtda suv va shamol 
eroziyasi jarayonlarini rivojlanishiga qarab geologik (normal) va 
jadallashgan eroziya turlariga bo‗linadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling