Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

6.3. 
Tuproqning 
suv 
eroziyasining 
rivojlanishiga tabiiy va antropogen 
omillar tasiri 
Eroziya jarayonlari paydo bo‗lishi va rivojlanishiga asosan 2 xil omil 
ta‘sir etadi: 1) tabiiy va tarixiy; 2) sosial – iqtisodiy, insonning xo‗jalik 
faoliyati bilan bog‗liq xatti-harakati; qadimiy tarixiy davrda eroziya 
rivojlanishi tabiiy omillarga bog‗liq bo‗lib, tabiatda sezilarli emirilishlar 
kuzatilmagan. Inson tomonidan yer o‗zlashtirilishi va g‗ayri tabiiy usullar 
qo‗llab noto‗g‗ri foydalanishi natijasida eroziya jarayonlari sezilarli rivoj 
oldi. Hozirgi zamon eroziyasi yuqorida ko‗rsatilgan ikkala omil bir-birlari 
bilan birlashishi natijasida namoyon bo‗layotir. Iqlim o‗zgarishi, yer 
yuzasining notekisligi, yerning geologik - geomorfologik kabi tabiiy 
omillar bilan 


157 
birgalikda inson tomonidan yer, suv manba‘lari noto‗g‗ri foydalanilishi 
tuproq suv va shamol eroziyasini rivojlanishiga asosiy sababdir. 
Iqlim sharoitlari.O‗zbekiston iqlimining tuproq paydo bo‗lishidagi 
va eroziya jarayonlarini rivojlanishidagi rolini o‗rganishda birinchi 
navbatda hududni myeridian bo‗ylab 920 km dan ko‗p cho‗zilishi iqlimni 
Janubdan –Simolga qarab o‗zgarishini xilma-xilligi inobatga olinadi. Bu 
o‗zgarishlarga suvsiz jazirama cho‗llar, adirlar, tog‗ oldi va tog‗ 
mintaqalarining joylashishi sababdir. Ma‘lumki, iqlimni o‗zgarishiga 
asosan tog‗lar, tog‗ vodiylari, ularni ekspozisiya bo‗yicha joylanishi, 
tog‗larning balandligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun O‗zbekiston 
hududida 
iqlimning 
shakllanishi 
atmosferat 
sirkulyasiyasining 
xususiyatlariga bog‗liq bo‗ladi. Yoz oylarida Markaziy Osiyoning sahro va 
cho‗llardan iborat katta kengliklarida bir zayildagi kuchli qizigan 
kontinental jazirama issiq hukm suradi. SHuning uchun yoz bo‗yi havo 
ochiq, behad issiq bo‗ladi. Sovuq mavsumda esa kontinental-tropik va 
mo‗‗tadil kengliklarning sovuq massalari o‗rtasida Markaziy Osiyoda 
janubiy siklonga xos rivojlanadigan sovuq oqim hosil bo‗ladi, qishki-
bahorgi syeryomg‗ir davr shuning oqibatidir. 
L.N.Babushkin ko‗rsatib o‗tganidek, g‗arbdan kelayotgan atmosferat 
havo massalari va janubiy-g‗arbdan keluvchi tuproq havoning iliq massasi 
namlik 
manbalari 
hisoblanadi. 
Tog‗larga 
yaqinlashgan 
sari, 
yonbag‗irlardan yuqori ko‗tarilayotgan bu havo massalari soviydi, namlik 
suyuqlashadi va yog‗in-sochinga aylanadi. O‗zbekistonga yog‗in-sochin 
miqdori joyning dengiz sathidan ko‗tarilib borishiga qarab ko‗payish 
qonuniyati shu bilan izohlanadi. SHuning uchun O‗zbekiston iqlimi 
gidrotermik rejimga asosan tekis kenglik bo‗yicha ekstraarid iqlimli va 
pastlikdan yuqori balandlikka qarab ekstra- aridli, arid, subgumidli va 
gumid subnival iqlim turlariga bo‗linadi. Ko‗rsatilgan ana shu to‗rtta 
iqlimli mintaqa respublika hududlari relefiga, Ya‘ni geomorfologik 
rayonlariga to‗g‗ri keladi. Turon pastekisliklari, tog‗ osti va tog‗ tagi 
baland tekisliklari, o‗rta tog‗li va yuqori baland tog‗ mintaqalariga 
bo‗linadi. Bu to‗rtda iqlim sharoitlarida tuproq hosil bo‗lish 


158 
jarayonlari turlicha kechadi va shu jarayonlar tufayli hududimizda har xil 
tuproq tiplari, tipchalari paydo bo‗lgan. Ya‘ni ekstraarid -cho‗l 
tekisliklarda yog‗in-sochin 70-200 mm, baland-past tekisliklar - arid 
mintaqalarda 250-359 mm bo‗lsa, o‗rta tog‗ 
- subgumidli mintaqalarda ularning miqdori 750-1000 mm va undan 
ko‗proq, gumid subnival mintaqali baland tog‗larda esa 359-400-500 mm 
va undan oshadi. 
Joy dengiz sathiga nisbatan ko‗tarilgan sari, odatda, havoning 
o‗rtacha harorati pasayadi, haroratning vyertikal gradientlari turli 
sharoitlarda har xil bo‗ladi; qishda kamroq, odatda ko‗tarilishning har 100 
m hisobiga 0,2 – 0,5
0
C atrofida, yozda esa ko‗proq 0,7 – 0,8
0
C. Tog‗ va 
yaylov mintaqalarining iqlimi ham o‗ziga xos xususiyatlarga ega. 
Ma‘lumki, dengiz sathidan yuqorilashgan sari yog‗in miqdori ham ko‗paya 
boradi, harorat esa pasayadi va umumiy bug‗lanish kamayadi. Shuning 
uchun, baland tog‗ cho‗qqilarida yoz oylarida ham yerib ulgurmaydigan 
qorlar va muzliklarni ko‗ramiz. 
O‗zbekiston iqlimi o‗ziga xos xususiyatlarga ega, chunki u okean va 
katta dengizlardan juda uzoqda joylashganligi sababli tipik kontinental 
iqlimli o‗lkalar qatoriga kiradi. Syerquyosh jazirama yoz, sovuqroq qish, 
sutka va yil davomida haroratning keskin o‗zgarib turishi, yog‗inning 
kamligi 
va 
havoning 
quruqligi 
O‗zbekiston iqlimining asosiy 
xususiyatlaridandir. Albatta, bu xususiyatlar cho‗l va adir mintaqalarida 
(tog‗ oldi, tog‗ osti) tog‗ mintaqalariga nisbatan yanada yaqqolroq 
namoyon bo‗ladi. 
Suv eroziyasiga bevosita ta‘sir etadigan tabiiy holatlardan eng 
muhimi atmosferat yog‗in-sochinlaridir. Yog‗in-sochin yer yuzasida suv 
oqimi hosil qiladi va tuproq yuvilishini keltirib chiqaradi. Ustki oqim 
tuproqning suv singdiruvchanligi etarlicha bo‗lmagan tuproqlarda kuchli 
yomg‗irlar va qor yerishi davrida yonbag‗irlarda paydo bo‗ladi. Havodan 
tushgan yog‗in suvining yillik miqdori eroziyaning faqat ma‘lum qadar 
xavfi borligini aks ettiradi. YOg‗in-sochinning yil mavsumlari bo‗yicha 
taqsimlanishi, yomg‗ir tomchisini yirik va mayda yog‗ishi ko‗proq 
ahamiyatga ega. Negaki, eroziya jarayonlarining namoyon bo‗lish 
ehtimoli 


159 
shunga bog‗liq bo‗ladi. Yog‗in-sochinning miqdori va xususiyati, qor 
to‗planishi va qor erishi, tuproqning harorat va suv maromi
kabilar suv eroziyasi 
jarayonlarining jadallashuviga bevosita ta‘sir ko‗rsatadi. 
O‗zbekiston mintaqasida iqlimning shakllanishi ob-havo sharoiti 
xususiyatlariga bog‗liq. Yoz faslida sahro va cho‗llardan iborat katta 
xududlarda jazirama issiq xukm suradi. Sovuq mavsumda esa sovuq havo 
oqimi hosil bo‗ladi. Havo haroratining bu holda o‗zgarishi qishki, bahorgi 
yog‗in-sochinlar bo‗lib turishiga sharoit yaratadi. Farbdan esadigan sovuq 
havo bilan janubiy-g‗arbdan keluvchi tropik havoning uchrashuvi namlik 
manbalarini hosil qiladi. Tog‗larga yaqinlashgan sari, yonbag‗irlardan 
yuqori ko‗tarilayotganda bu havo oqimi soviydi, namlik suyuqlashadi va 
yog‗in-sochinga aylanadi. O‗zbekistonda yog‗in-sochin miqdori joyning 
dengiz sathidan ko‗tarilib borishiga qarab ko‗payishi qonuniyati shu bilan 
izohlanadi. Tekisliklarda yog‗in-sochin 70-250 mm., tekislik – tepaliklarda 
250- 350 mm bo‗lsa, tog‗ oldi va past tog‗larda 350-500 mm va bundan 
ko‗proq, tog‗larda esa 700-900 va 1000 mm dan oshadi. 
Havo haroratining keskin kontinentalligi sutkalik ko‗rsatkichda ham, 
yillik ko‗rsatkichda ham kuzatiladi. Kunduzgi xarorat ko‗tariladi. Kechasi 
keskin pasayadi. Eng yuqori harorat yozda 27-30
0
C, o‗rtacha yillik 10,1
0
C. 
Havoning nisbiy namligi sutkalik va yillik siklda teskari yo‗nalishda 
o‗zgaradi. Kechasi va qishda namlik yuqori, kunduzi va yozda past. Ko‗p 
yillik ma‘lumotlarga ko‗ra, havoning mutloq namligi 32% dan pasaymaydi. 
Tog‗li mintaqalarda bu ko‗rsatkich pastki mintaqalardagiga qaraganda 
ancha yuqori. Bu lalmikorlikning tog‗li mintaqasi sharoitida ekinlardan 
mo‗l hosil olishga ko‗maklashadigan yana bir tabiiy omil hisoblanadi. 
Kuzatishlarga ko‗ra yog‗in-sochinning ko‗p miqdori (126- 150 mm) mart-
aprel va may oyining boshlariga to‗g‗ri keladi. Bu payt dalalarga ishlov 
berilgan bo‗ladi va tuproqning o‗simlik qoplami bilan o‗rtacha maromda 
proeksion qoplanishi 30 % dan oshmaydi. Bunda eroziyani jadal namoyon 
bo‗lishi uchun sharoit yaratadi. Kuzatishlarga qaraganda yog‗in-sochinning 
uzoq davomi va 


160 
tezligi 0,5-1 mm/min va undan ortiq bo‗lsa, oqim kuchayib eroziya 
jarayonlari jadal boradi. Ma‘lumotlarga ko‗ra to‗q-tusli bo‗z lalmi 
tuproqlar mintaqasida yomg‗irning avj ila tez yog‗ishi (0,7-1 mm) 
natijasida yonbag‗irning 6,5-7
0
gradus qiyalikdagi yuzasidan har gektariga 
30-50 t tuproq yuvilganligi aniqlangan. Iqlimni eroziya jarayonlari 
rivojiga yana bir ta‘siri – bu shamoldir. SHamol eroziyasini 
(deflyasiyaning) vujudga kelishida asosiy omil, shamol eroziyasi rivoji 
uning tezligi, yo‗nalishi, yog‗inning miqdori, mavsumiyligi, harorati va 
takroriyligiga bog‗liq. Ko‗proq yer yuzasidagi tuproq zarrachalarini chang-
to‗zonga aylantirib havoga ko‗taradi va eroziya- deflyasiya holatini hosil 
qiladi. 
O‗zbekistonda shamol eroziyasi bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib 
borgan olimlar Q.Mirzajonov, M.Hamraev va A.Qayumovlarning 
ma‘lumotlariga qaraganda yer yuzasidan 10 sm balandlikda 12-15 m/s 
tezlik bilan esgan shamol, deflyasiya jarayonini boshlab beradi; 10-15 sm 
balandlikda. 12-15 va 16-25 m/sek tezlikda esganda kuchli shamol 
eroziyasi ro‗y bergani ta‘kidlangan. Bunda tuproq zarrachalari bilan birga 
o‗simliklar ham uchirilib uzoq-uzoq joylarga yo‗llarga, suv havzalariga 
keltrib tashlangan. 
Amyerikalik olim W.S.Chepil (CHepil) deflyasiyani boshlanishini 
yer betidan 15 sm balandlikda shamolning tezligi 12-15 m, sek bo‗lganda 
kuzatgan. SHuni ham ta‘kidlash lozimki, bunda albatta tuproqni mexanik 
tarkibiga bog‗liqligini ko‗rsatgan. 
SHunday qilib, iqlim ko‗rsatkichlari eroziya va deflyasiya 
jarayonlariga ta‘sir ko‗rsatuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling