Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Regulyator modda ajratuvchi mikroorganizmlar
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azotofiksatorlar.
Regulyator modda ajratuvchi mikroorganizmlar. O‗simliklarning
mikroorganizm tomonidan ajratiladigan metobolizim moddalarini o‗zlashtrib olishi laboratoriya tajribalari orqali aniqlangan. O‗simliklar o‗zlari sintez qilaolmaydigan har xil tabiiy xusisiyatga ega antibiotklarni o‗zlashtiradilar. Ba‘zi antibiotiklar o‗simlik hujayra va to‗qimalariga tez va oson o‗tib, ildiz orqali yer ustki qismiga etib keladi, ba‘zilari sekin o‗tib ildizda to‗plani qoladi. Bulardan tashqari o‗simlik ildizi orqali mikroorganizlar tomonidan sintezlangan vitaminlar, aminokislotalarni ham o‗zlashtirishi va bunday biologik faol moddalarni o‗simliklarning o‗zlari ham sintezlashi nishonlangan atomlar orqali aniqlangan. Hozirgi kunda o‗simliklarning o‗sishi va rivojlanishini taminlovchi (auksin, gibberelin, sitokinin va boshqa organi kislotalar) fitogarmonlar, stimulyatorlar, regulyato rmoddala rajratib olingan Azotobaktyer va azosprilla- auksinlarni sintezlaydi. Fusarium moniliforme va 150 Gibberella fujikuroi - zamburug‗lari hamda tuproqda keng tarqalgan bakteriyalar – gibberelini kabi biologik faol moddalarni ajratadi. Sitokininni- mikoriza hosil qiluvchi zamburug‗lar va tuganak bakteriyalar sintezlashi aniqlangan. O‗simliklarning o‗smishi va rivojlanishini taminlovchi biologik faol moddalar qishloq xo‗jaligida keng qo‗llanilmoqla. Azotofiksatorlar. Atmosferatdagi erkin azotning tuproqqa fiksasiyalanishida bir qancha prokariot simbiont organizimlar ishtirok etadi. Tuproq mikrobiologiyasida azotni o‗zlashtiruvchilardan tuganak bakteriyalar to‗liq o‗rganilgan. Tuganak bakteriyalarni o‗rganishga bag‗ishlangan amaliy ishlarning deyarli 20% o‗simliklarning azotli oziqlanishi va nitragin (rizotorfin) nomli bakterial preparat tayyorlanishiga asoslangan.Nitrogin preparati qo‗llanganda qishloq xo‗jaligi ekinlarining hosildorligini 20-200% gacha ortgan. Tuganak bakteriyalar tuproqda, risosfyerada va rizoplanda yashaydi. Ular dukkakli o‗simliklar ekilgan tuproqda asosan 3-4 yil ko‗p bo‗ladi keyingi yillarda keskin kamayadi va tuproq komplekslarida o‗n yilgacha saqlanib qoladi. Dukkakli o‗simliklarga tuproqdagi tuganak bakteriyalar ildiz tukchalar orqali o‗tadi va tuganak hosil qiladi. O‗simlik ildizida leggemoglabin ta‘sirida zorg‗oldoq rangli tuganakchalarning bo‗lishi, o‗simlik va bakteriya o‗rtasida simbiotik aloqaning tiklangaligi va azot o‗zlashtirishning boshlanganligidan darak beradi. Agar tuganaklar juda ko‗p mayda va rangsiz bo‗lsa, bakteriyalar parazit holga o‗tgan bo‗ladi. Ikkinchi guruh azot o‗zlashtiruvchilar aktinoriza-azotni o‗zlashtiruvchi simbiont mikroorganizim bo‗lib aktinomisetlarning Franckia avlodining vakillari o‗simliklarning ildizida korallsimon tuganaklar hosil qiladi. Uchinchi guruh azot o‗zlashtiruvchi simbiontlar sionabakteriya va suv paporotnigi Azolla hisoblanadi. Azolla paporotnigi sholipoyalardagi va zovur suvlarning yuzasida o‗sadi. Sionabakteriya-Anabaena azollae- azolla o‗simligining barg qo‗ltig‗ida bo‗ladi. Uerda azotni faol o‗zlashtiruvchi juda ko‗plab geterosistalar bo‗lib yil davomida 150-300 kg azot to‗playdi. 151 To‗rtinchi guruh azot o‗zlashtiruvchi simbiont organizm sionabakteriya tutuvchi lishayniklar hisoblanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling