Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rizosfera mikroorganizimlari.
Fillosferali epifitlarga-o‗simlikning yer ustki qismi, barglari va
poyalari yuzasida yashovchi bakteriyalar va achitqilar kiradi. Epifitlar barg yaprog‗i yuzasida bir tekisda tarqalmasdan balki barg og‗izchalari va tomirlari atrofida ko‗plab joylashadi. Epifit mikroorganizmlarga xos xususiyatlardan biri hujayrasida sarg‗ish qizil rang beruvchi karatinoid yoki hujayrani oksidlanishdan saqlovchi melonin pigmentining mavjudligidir. Ikkinchi xususiyati barg yuzasida yuvilib ketmasligi uchun, yuzaga yopishib turishini ta‘minlaydigan yopishqoq polisaxaridlar ajratishidir. Rizosfera mikroorganizimlari. Rizosfera atamasining fanga kiritilishi Xiltnyer nomi bilan bog‗liq, bu atama yunoncha rhizosfera so‗zidan olingan bo‗lib rhizo- ildiz, sfere-ta‘sir etish hududi ma‘nolarini anglatib,u mikroorganizm-o‗simlik- tuproq orasidagi yuqori darajada faol qism hisoblanadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha tuproqqa fizik va biologik ta‘sir etadigan ildiz hamda unda koloniyalanib yashaydigan mikroorganizmlar yig‗indisi sifatida qaraladi. Risosfera egallagan makonni aniqlash qiyin bo‗lsada, ildiz va tuproq orasidagi 0-2mm gacha bo‗lgan satih tushiniladi va endorizosfera( endoderma va ildizning po‗stloq qismi), rizoplan (ildiz yuzasi va unga kuchli yopishgan qisim) va ektorizosfera(ildiz bilan bevosita bog‗langan eng tashqi qism) ga bo‗linadi. 149 Mikrob-o‗simlik munosabatlari tuproqda urug‗ unishi jarayonidayoq hosil o‗lib, urug‗ po‗sti va ko‗pincha uning ichki tuzilmalari ham mikroorganizimlarning tirik yoki tinim davridagi hujayralarini saqlaydi. Mikroorganizimlarning rizosferadagi miqdori taksonomik guruhlari atrof muhitning ko‗plab fizik-kimiyoviy va biologik omillari bilan, shuningdek, urug‗larning o‗z xusisiyatlari bilan ham bog‗liq bo‗ladi. O‗simlik risosferasida quyidagi sistematik guruhlarga mansub mikroorganizimlar Acetobactyer, Agrobactyerium, Alkaligenes, Arthrobactyer, Azoarcus, Azomonas, Azospirillum, Azotobactyer, Bacillus, Clostridium, Dyerxia, Hyerbaspirillum, Entyerobactyer, Yerwinia, Klebsiella, Pseudomonas va boshqa turlar uchiraydi. Ildiz yuzasida asosan spora hosil qilmaydigan grammanfiy bakteriyalar yashaydi. Ularning ko‗pchiligi atmosferatdagi azotni fiksasiyalaydi va denitrifikasiya jarayonini amalga oshiradi. O‗simlik ildizi muhitga 10 turdan ortiq qand moddalari Ya‘ni glyukoza, furuktoza va boshqalar, hamda aminokislotalar, organik kislotalar, fiziologik faol moddalar ajratadi, bularning barjasi mikroorganizmlar uchun oziqa hisoblanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling