Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Gumusning hosil bo‘lishi va parchalanishi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gumus hosil bo‘lishining ekologo-zoologik yo‘nalishi (tarixiy).
5.6. Gumusning hosil bo‘lishi va parchalanishi.
Tuproq yuzasida o‗simliklarning o‗lik qoldiqlardan hosil bo‗lgan o‗rmon to‗shamasi yoki dasht qiyi o‗ziga xos oziq elementlar ombori bo‗lib, qaysikim ular asta sekilik bila tuprqqa o‗tadi. Tuprqqa o‗tgach o‗simliklar yoki mikroorganizmlar tomonidan o‗zlashtiriladi, tuproq qatlmida akkumulyasiyalanadi va gumus moddalar shaklida turg‗un holatga o‗tadi. Tuproqdagi organik moddalar zahirsining 90% ni, har xil kimyoviy tabiatga ega yuqori molekulali organik birikma gumus tashqil qiladi. Gumusda azot, oqsil aminokislotalari yoki polipeptid fraksiyalari va geterosiklik birikmalar tarkibida bo‗ladi. Yer yuzasi tuproq qoplamidagi gumus zahirasi (2,4-2,5)x 10 12 t. tashqil qiladi. Qora tuproqlar gumisga boy bo‗lib 400 dan 700 t/ga, tundra va cho‗l tuproqlarda gumus kam bo‗lib 0,6- 0,7 t/ga ni tashqil qiladi. Har bir tabiiy mintaqadagi o‗ziga xos sharoit, o‗simlik qoldiqlarining kimyoviy tarkibi, ularning chirishi va parchalanishi, to‗planishi unda ishtirok etgan organizimlar jamosi tarkibiga ko‗ra tuproq tiplaridagi gumus miqdor va sifat jihatdan bir biridan farq qiladi. Gumusning hosil bo‗lishi haqida bir qancha ilmiy teioreyalar va yondoshuvlar mavjud. Gumus hosil bo‗lishidagi ilmiy –tadqiqot ishlarini:kimyoviy, ekologo- zoologik, biokimyoviy va mikrobiologik yo‗nalishlarga bo‗lish mumkin. 141 Gumus hosil bo‘lishining ekologo-zoologik yo‘nalishi (tarixiy). Daniyalik olim R.Myullyer o‗rmon tuproqlarini o‗rganish jarayonida, bir tomondan organik va mineral birikmalarning ta‘sirlanishi, ikkinchi tomondan tuproq organizimlari bilan o‗simlik qoldiqlarining ta‘sirlanishi natijasida mul, modyer va mor tipidagi gumus hosil bo‗lishini ta‘rifladi. Neytral (yumshoq, mul tipidagi) gumus keng barigli o‗rmon tuproqlarida hosil bo‗ladi. Keng barigli o‗rmon mintaqasida to‗shamalar to‗planmaydi, ular umurtqasiz hayvonlar ayniqsa yomg‗ir chuvalchangi va mikroorganizimlarning faol ishtirokida tezda parchalanib ketadi. Bu tipdagi gumus qo‗ng‗ir o‗rmon tuproqlariga xos. Yumshoq gumus organo mineral birikmalardan iborat bo‗lib kuchsiz kislotalik reaksiyaga ega. Bu tipdagi gumus o‗t o‗simliklar formasiyasida ham hosil bo‗ladi va tarkibidagi C : N nisbati 20dan kichchik. Dag‗al tipdagi (mor) gumus-tarkibida faol saprofaglar bo‗lmagan, tuproq faunasi kam bo‗lib, to‗shamalar sekinlik bilan parchalanib chiriydigan nina barigli o‗rmonlarda hosil bo‗ladi. O‗rmon to‗shamalarining parchalanishi asosan zambuaug‗lar ishtirokida boradi. Dag‗al gumus tarkibidagi C: N 20 dan yuqori, kislotali muhitga ega. Modyer tipidagi gumus-yumshoq va dag‗al gumuslar o‗rtasida turadi, aralash o‗rmon mintaqasi tuproqlari uchun xos, orgonominerallar tarkibida ishqorlar kam. Bu tipdagi gumuslar o‗simlik qoldiqlari yomg‗ir chuvalchangi ishtirokisiz boshqa umurtqasiz hayvonlar ishtirokida tez minerallashadigan sharoitda shakillanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling