Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

Gumus 
hosil 
bo‘lishining 
biyokimyoviy 
konsepsiyasi. 
M.M.Kononova gumus hosil bo‗lishining biyokimyoviy konsepsiyasini 
ishlab chiqqan. Gumus moddalari dastlabki manbalarning hujayradan 
tashqarida mikroorganizimlar fermentlari ishtirokida kimyoviy reaksialar 
asosida sintezlanadi. Gumus moddalarining birlamchi manbayi o‗simlik 
qoldiqlari hisoblanadi. O‗simlikning kimyoviy tarkibini tashqil qiluvchi 
sellyuloza, lignin, flavinoidlar, taninlar hamda azot saqlovchi oqsillar
poli- peptidlar mikroorganizimlar va ularnin fermentlari 


142 
ishtirokida tashqi muhitda chirib parchalanadi. Dastlbki gumus moddalari 
hosil bo‗lgandan so‗ng kimyovi reaksiyalar ketma-ketligi davom etadi. 
Gumus moddasi tuproqning soz minerallari bilan ta‘sirlashgandan so‗ng, 
mikroorganizim tomonidan parchalanishga chidamli bo‗ladi. Gumifikasiya 
jarayonida chirib parchalanayotgan o‗simlik qoldiqlarining 75% yaqin 
qismi 
yo‗qotiladi. 
Moddalar 
bir 
qismining 
CO
2
ajiratib 
mineralizasiyalanishi tufayli to‗shamada C: N nisbati 40 ga, gumusda esa 
10 teng bo‗ladi. 
Gumus hosil bo‘lishining mikrobiologik konsepsiyasi. Gumus 
hosil bo‗lishining mikrobiologik konsepsiyasi g‗oyasi XIX asirda 
S.P.Kostichev tomonidan yaratilgan, uni tuproq mikrobiolog olimlar S.N 
Vinogradskiy va D.M.Novogrodskilar rivojlantirgan. Hozirgi vaqtda bu 
yo‗nalish kam o‗rganlgan. 
Gumusning moddalarining parchalanishi. Tuproqning gumus 
zahirasi- o‗simlik va mikroorganizm mahsulotlarining o‗zoq davom etgan 
murakkab jarayonlar natijasida chirishi hamda parchalanishidan to‗plangan 
organik moddalar yig‗indisidir. Gumus faqat o‗simliklarni azot, fosfor, va 
boshqa makro- va mikro oziqa elementlari bilan taminlash emas balki 
tuproq hosil bo‗lishida, tuproq unimdorligini taminlovchi minerallarning 
nurashi, tuproq donodorligini hosil qilish, o‗simlik fotosintez uchun 
karbonat angidri hamda o‗simlik o‗sishi uchun zarur biologik faol 
moddalar bilan taminlashdan iborat. Shuning uchun tuproq gumusini 
saqlash va muhofaza qilish chora-tadbirlar ishlab chiqish, har bir 
tuproqshunosning eng muhim vazifasidir. 
Gumusni tashqil qiladigan moddalar molekulalarining murakkabligi 
ularning parchalanish har xil mikroorganizimlar ishtirokida uzoq davom 
etadigan jarayondir.Gumin kislotasining mikroorganizimlar tomonidan 
parchalanishga chidamliligi, molekulasining sferik shakli, ko‗plab 
geterogen birliklardan tashqil topganligi va doyimiy ravishda kovalent 
bog‗lar hosil qilishida. Lekin laboratoriya va dala tajribalarida tuproq 
gumusining kamayi borish kuzatilmoqda. Qo‗riq yerlarning o‗zlashtirilishi, 
o‗zoq yillardan beri sug‗orma dehqonchilikning olib borilishi tuproq 
gumusining kamayib borishini amaliyotda ko‗rsatmoqda. 


143 
Azotli mineral o‗g‗itlar yuqori miqdorda qo‗llanganda tuproq 
gumusining keskin kamayishi aniqlangan. Bu tuproq organik birikmalarini 
parchalovchi mikroorganizimlarning foallashuvi bilan bog‗liq. Gumus 
moddalarining parchalanishida bir qancha mikroorganizimlar ishtirok etishi 
aniqlangan. 
Gumus moddalarining mikroorganizimlar tomonidan parchalanishi 
haqida ikkita qarash mavjud: 1) tuproqda gumusni parchalovchi maxsus 
mikroorganizimlar mavjud, 2) gumus moddalarining parchalanishida 
tuproqda mavjud mikroorganizmlarning u yoki budarajada ishtirok etishi 
haqida. 
S.N.Vinogradskiy tuproq bakteriyalarini zimogen mikroflora-o‗simlik 
qoldiqlarini parchalovchi va avtoxiton-gumus moddalarining parchalanishi 
hisobiga yashovchi haqiqiy tuproq bakteriyalariga ajratgan. 
Tuproqdan ajiratib olingan gumin kislotasi har xil tuproq 
mikroorganizimlari yoki ularning toza kulturalari tomonidan asta sekinlik 
bilan parchalanishi aniqlangan. 
Gumus moddalarining faol parchalanishida Aspyergillus,Penicillium, 
Pedomicrobium, Seliberia, Nocardia va mikrorganizmlarining faol ishtirok 
etishi tajribalar orqali aniqlangan. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling