Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gumus hosil bo‘lishining mikrobiologik konsepsiyasi.
- Gumusning moddalarining parchalanishi.
Gumus
hosil bo‘lishining biyokimyoviy konsepsiyasi. M.M.Kononova gumus hosil bo‗lishining biyokimyoviy konsepsiyasini ishlab chiqqan. Gumus moddalari dastlabki manbalarning hujayradan tashqarida mikroorganizimlar fermentlari ishtirokida kimyoviy reaksialar asosida sintezlanadi. Gumus moddalarining birlamchi manbayi o‗simlik qoldiqlari hisoblanadi. O‗simlikning kimyoviy tarkibini tashqil qiluvchi sellyuloza, lignin, flavinoidlar, taninlar hamda azot saqlovchi oqsillar, poli- peptidlar mikroorganizimlar va ularnin fermentlari 142 ishtirokida tashqi muhitda chirib parchalanadi. Dastlbki gumus moddalari hosil bo‗lgandan so‗ng kimyovi reaksiyalar ketma-ketligi davom etadi. Gumus moddasi tuproqning soz minerallari bilan ta‘sirlashgandan so‗ng, mikroorganizim tomonidan parchalanishga chidamli bo‗ladi. Gumifikasiya jarayonida chirib parchalanayotgan o‗simlik qoldiqlarining 75% yaqin qismi yo‗qotiladi. Moddalar bir qismining CO 2 ajiratib mineralizasiyalanishi tufayli to‗shamada C: N nisbati 40 ga, gumusda esa 10 teng bo‗ladi. Gumus hosil bo‘lishining mikrobiologik konsepsiyasi. Gumus hosil bo‗lishining mikrobiologik konsepsiyasi g‗oyasi XIX asirda S.P.Kostichev tomonidan yaratilgan, uni tuproq mikrobiolog olimlar S.N Vinogradskiy va D.M.Novogrodskilar rivojlantirgan. Hozirgi vaqtda bu yo‗nalish kam o‗rganlgan. Gumusning moddalarining parchalanishi. Tuproqning gumus zahirasi- o‗simlik va mikroorganizm mahsulotlarining o‗zoq davom etgan murakkab jarayonlar natijasida chirishi hamda parchalanishidan to‗plangan organik moddalar yig‗indisidir. Gumus faqat o‗simliklarni azot, fosfor, va boshqa makro- va mikro oziqa elementlari bilan taminlash emas balki tuproq hosil bo‗lishida, tuproq unimdorligini taminlovchi minerallarning nurashi, tuproq donodorligini hosil qilish, o‗simlik fotosintez uchun karbonat angidri hamda o‗simlik o‗sishi uchun zarur biologik faol moddalar bilan taminlashdan iborat. Shuning uchun tuproq gumusini saqlash va muhofaza qilish chora-tadbirlar ishlab chiqish, har bir tuproqshunosning eng muhim vazifasidir. Gumusni tashqil qiladigan moddalar molekulalarining murakkabligi ularning parchalanish har xil mikroorganizimlar ishtirokida uzoq davom etadigan jarayondir.Gumin kislotasining mikroorganizimlar tomonidan parchalanishga chidamliligi, molekulasining sferik shakli, ko‗plab geterogen birliklardan tashqil topganligi va doyimiy ravishda kovalent bog‗lar hosil qilishida. Lekin laboratoriya va dala tajribalarida tuproq gumusining kamayi borish kuzatilmoqda. Qo‗riq yerlarning o‗zlashtirilishi, o‗zoq yillardan beri sug‗orma dehqonchilikning olib borilishi tuproq gumusining kamayib borishini amaliyotda ko‗rsatmoqda. 143 Azotli mineral o‗g‗itlar yuqori miqdorda qo‗llanganda tuproq gumusining keskin kamayishi aniqlangan. Bu tuproq organik birikmalarini parchalovchi mikroorganizimlarning foallashuvi bilan bog‗liq. Gumus moddalarining parchalanishida bir qancha mikroorganizimlar ishtirok etishi aniqlangan. Gumus moddalarining mikroorganizimlar tomonidan parchalanishi haqida ikkita qarash mavjud: 1) tuproqda gumusni parchalovchi maxsus mikroorganizimlar mavjud, 2) gumus moddalarining parchalanishida tuproqda mavjud mikroorganizmlarning u yoki budarajada ishtirok etishi haqida. S.N.Vinogradskiy tuproq bakteriyalarini zimogen mikroflora-o‗simlik qoldiqlarini parchalovchi va avtoxiton-gumus moddalarining parchalanishi hisobiga yashovchi haqiqiy tuproq bakteriyalariga ajratgan. Tuproqdan ajiratib olingan gumin kislotasi har xil tuproq mikroorganizimlari yoki ularning toza kulturalari tomonidan asta sekinlik bilan parchalanishi aniqlangan. Gumus moddalarining faol parchalanishida Aspyergillus,Penicillium, Pedomicrobium, Seliberia, Nocardia va mikrorganizmlarining faol ishtirok etishi tajribalar orqali aniqlangan. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling