Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
5.5.
O‘simlik qoldiqlarining chirishi va to‘shamaning shakillanishi. Har yili tuproqqa tushadigan organik moddaning asosiy qismni yuksak o‗simliklarning o‗lik qoldiqlari va ildiz ajratmalari tashqil qiladi.Yer yuzida yiliga 10 11 t. organik modda sintezlanadi. O‗simlik birlamchi mahsulotlarining bir qism o‗txo‗r hayvonlar tomonidan is‘temol qilinadi, ularnig hazim qilish organlarida mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib hazim qilinadi va 60% ekskrementlari bilan tuproqqa tushadi. Tabiiy sharoitda hayvonlar6%dan 20% o‗simlik mahsulotlarini is‘temol qiladi. O‗simlik mahsulotining bir qismi umurtqasiz hayvonlar tomonidan tuproq qatlamlariga o‗tadi. Bir mavsumda o‗simliklar hosil qilgan umumiy organik moddalarning 30-40% tuproqqa ildiz ajratmalari sifatida tushadi. Tuproq iqlim sharoitiga qarab o‗simliklar tomonidan hosil qilingan organik moddalar miqdorining 20- 90% ildiz qismga to‗g‗ri keladi, ular tuproqning har xil qatlamlarida chiriydi va parchalanadi. O‗simlik ildiz tuklar bir necha kun yashab nobud bo‗ladi, demak tuproqqa organik moddalarning tushishi davriy emas balki doyimiy jarayondir. Tabiiy sharoitda o‗simlik qoldiqlarining asosiy qismi tuproq yuzasida to‗planadi. Ushbu mahsulotlardan o‗rmon ekositemasida-to‗shama, o‗t o‗simliklar farmasiyasida to‗shama va dasht qiyi shakillanadi. Tabiiy sharoitda o‗simlik qoldiqlarining parchalanishi mikroorganizmlar va tuproq faunasi ishtirokida boradigan murakkab jarayonlar komlleksidan ibortdir.Chirishning tezligi va xaraktyeri quyidagi omillar: o‗simlik mahsulotining tarkibi, gidrotermik rejim va organizmlar Ya‘ni destruktorlar jamosi bilan aniqlanadi. Parchalanish jarayonida moddalarning bir qismi to‗liq mineralizasiyalanadi, boshqa qismi esa gumus tarkibiga kiradi. Bunda chirib parchalanayotgan o‗lik organik 140 substratlar hisobiga, to‗shamalar orasida yashovchi soprotrof organizmlar jamosi vujudga keladi. Chirish jarayonida o‗simlik qoldiqlari o‗zgarib amorf massani hosil qiladi. O‗simlik qoldiqlarinig mineralizasiyasi turli tuproq iqlim sharoitida har xil kechadi. Yil davomida qulay harorat va namlik yuqori bo‗ladigan tropik o‗rmonlarda to‗shamalar hosil bo‗lmaydi, o‗simlik qoldiqlari to‗liq parchalanib chiriydi va tuproq yuzasi ochiq bo‗ladi. Shimoldagi nina bargli o‗rmonlarda yuqori haroratli kunlarning kam bo‗lishi natijasida o‗simlik qoldiqlari sekin parchalanib chirishi tufayli iqlim sharoitiga mos va o‗z kimyoviy tarkibiga ega to‗shamalar hosil buladi.O‗simlik qoldiqlarining parchalanib chirishi 10-15 yillar maboynida bo‗ladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling