Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov


 Tuproq organizimlarning yashash muhiti


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/110
Sana04.02.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1162461
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110
Bog'liq
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI

5.3. Tuproq organizimlarning yashash muhiti 
Ekologik nazardan qaralganda tuproq- organizmlari uchun yashash 
joyi Ya‘ni yashash muhiti hisoblanadi. Mikroorganizmlar uchun tuproq 
butun bir murakkab getyerogen sistema hisoblansa, mezafauna uchun, suv, 
havo bilan to‗lgan bo‗shliq g‗ovakliklardan iborat. Har qanday tuproq yoki 
uning kichik bir agregatlari yuzasi, ichki qismidan, ayerasiyasi, namligi, 
pH-ko‗rsatkichi, o‗zlashtiriladigan oziq- elementlari tarkibi bilan xam farq 
qiladi. 
Tuproqda yashaydigan mikroorganizmlar, yoki o‗rta va yirik 
o‗lchamdagi hayvonlar, o‗simliklarning ildiz tizimi muhitini o‗rganishda, 
tuproq 
gumusi, 
pH- 
ko‗rsatkichi 
hamda 
oksidlanish-qaytarilish 
raeksiyalarining ko‗rsatkichlarini yaxlitlab 


134 
bo‗lmaydi. 
Tuproqda doimo yashovchi mikroorganizmlar Ya‘ni 
mikroskopik geobiontlardan tashqari, gidrobiontlar, aerobiontlar va 
tuproqning qattiq fazasida yashovchi har xil organizmlarni uchratish 
mumkin. 
Tuproqda yashovchi mikroorganizmlarning asosiy qismi, tuproq 
zarrachalari, organik qoldiqlar va o‗simlik ildizlari yuzasiga yopishib-
adsorbsiyalangan holda yashashdir. Bu holatni boshqacha qilib atasak 
ularning immobilizasiyasi deyiladi. 
Tuproqda yashovchi mikroorganizmlarning ko‗pchilik qismi spora, 
sista, xlamidospora va boshqa anabioz yoki bo‗linib ko‗paymiydigan 
vegetativ hujayralar ko‗rinishidagi faol bo‗lmagan holatda bo‗ladi. 
Yuqoridagilarning barchasi mikroorganizmlar zahirasi hisoblanib, 
tuproqning fizik-kimyoviy xossalarining ko‗rsatkichlari bo‗lgan gumus 
miqdori, fiziologik faol moddalar, minerallarning emrilishi, mineral va 
organik moddalar miqdorini bir me‘yorda bo‗lishini ta‘minlab turuvchi 
tuproqning gomestaz holati deb ataladi. Mikroorganizmlar zaxirasi 
tuproqqa doimo tirik o‗simliklar tomonidan, yoki tuproq ombori 
hisoblangan gumus va tuproqqa immobiliyasiyalangan gidrolitik 
fermentlardan tushib turadigan oziq elementlar tomonidan ushlab turiladi. 
Har qanday tuproq-qattiq, suyuq va gaz fazadan iborat. Har bir faza 
o‗ziga xos xususiyatga, unda yashovchi organizmlarga ega. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling