Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
3.
Tuproqning gaz fazasi-tuproqning suv bilan to‗lmagan g‗ovaklik va bo‗shliqlaridagi havo hisoblanadi. Tuproq g‗ovakligi uning umumiy hajmining 25- 70% tashqil qiladi. Tuproq tarkibidagi havo miqdori, uning namlik darajasiga bog‗liq bo‗lib-tuproqdagi suv va havo bir-biriga antogonist hisoblanadi. Tuproq havosi tarkibi atmosferat havosi tarkibidan farq qiladi, bu farq tuproqda borayotgan biokimyoviy 137 jarayon va atmosferat bilan gaz almashinishiga bog‗liq. Atmosferat va tuproq o‗rtasidagi gazlar almashinuvi asosan O 2 ning yutilishi va SO 2 ning ajralib chiqishi bilan boradi, bu tuproqning nafas olishi deb ataladi. Tuproq nafas olishining asosida organik moddalarning mikroorganizmlar tomonidan mineralizasiyalanishi yotadi. Tuproq havosi tarkibida CO 2 ning miqdori atmosferat havosidagidan 10-100 barobar ko‗p bo‗ladi va O 2 miqdori ancha kam. Atmosferat havosi tarkibida CO 2 miqdori 0.03%, tuproqning yuqori qatlamidagi havo tarkibida CO 2 miqdori 0.3-1.5% bo‗lsa, 20-30 sm qatlamidagi miqdori 2.0- 3.0% ga etadi. Suv bosgan yerlarda tuproq havosi tarkibidagi CO 2 miqdori 10%. Sho‗rxoklarda Ya‘ni pH-10 bo‗lgan tuproq havosi tarkibida CO 2 bo‗lmaydi. Tuproq havosi tarkibidagi O 2 ning miqdori 0-20% atrofida bo‗ladi. Kislorodga bo‗lgan munosabatiga qarab mikroorganizmlar-aeroblar, obligat, fakul‘tativ, anaeroblar hamda mikroaeroblarga bo‗linadi. Agar tuproqning aeroblik darajasi rN 2 deb hisoblaganda aeroblar O 2 miqdori 10- 35 da bo‗lsa anaeroblar 0 dan 30 oralig‗ida bo‗ladi. Ko‗pchilik tuproq mikroorganizmlari CO 2 ning yuqori konsentrasiyasida ham yashay oladi. Masalan tuproq sionabakteriyalari uchun CO 2 miqdori 1% optimal hisoblansa, ba‘zilari uning miqdori 12% etganda hayot faoliyatini to‗xtatadi. Tuproq havosida CO 2 miqdorining ortib borishi mikroorganizmlarning rivojlanishi va morfologiyasiga ta‘sir ko‗rsatadi: ba‘zi bir bakteriyalar fibrinlar hosil qila boshlasa oq po‗panak zamburug‗i miseliysiz o‗sishga o‗tadi. Tuproqda mikroorganizmlarning CO 2 konsentrasiyasiga nisbatan chidamlilik seleksiyasi amalga oshadi. Tuproq havosidagi CO 2 miqdoriga nisbatan moslashish Penicillium, Aspyergillus, Fusarium, Trichodyerma zamburug‗larida yuqori bo‗ladi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling