Samarqand davlat universiteti I. U. Urazbaev n. J. Xodjaeva j. Qudratov
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
438cce77cd0fc5de0e97fcaf81b20fc8 TUPROQ BIOLOGIYASI VA EKOLOGIYASI
Tuproqning qattiq fazasi-mikroorganizmlar yashashi uchun muhim
ahamiyatga ega bo‗lgan muhit hisoblanadi.Tuproq zarrachalarining sirtqi yuzasiga gumus, organo-mineral kolloid birikmalar, Sa, Mg va boshqa kationlar, kabi oziq elementlar zahirasi to‗plangan. Ularning konsentrasiyasi, tuproq eritmasidagidan bir necha barobar ko‗p. Tuproqda yashovchi bakteriyalarning 80-90%, tuproq agregatlarining sirtqi yuzasiga yoki ichiga joylashgan. Tuproq zamburug‗larining sporasi yirik zarrachalari yuzasida uchrasa, gifalari organik substratlarda rivojlanadi. Ayrim zaburug‗larning sporalari agregatlar ichida joylashadi.Agregatlararo bo‗shliqda mikroorganizmlar bilan birga tuproq mikrofaunasi xayot kechiradi.Tuproqning 135 qisman suv bilan to‗lgan bo‗shliqlarida va g‗ovakliklari bo‗ylab nematodalar harakatlanadi. Organizmlarning yashashi uchun tuproqning qattiq fazasi getrogen va mozaik muhit hisoblanadi. Qattiq faza tarkibiga mineral va orgonomineral birikmalar kiradi. Birlamchi va ikkilamchi minerallarning nurashidan hosil bo‗lgan juda mayda minerallar, juda katta hajm sathga ega bo‗ladi, masalan loy minerallarning sathi 100m 2 /g, bo‗lsa qatlamli loy minerallar sathi 800m 2 /g ga teng bo‗ladi. Bunday katta sathga adsorbsiyalangan mikroorganizmlar ularni yuvilib ketishdan saqlaydi va moddalarning tuproq bo‗ylab aylanishini ta‘minlaydi. 2. Tuproqning suyuq fazasi-tuproq kapillyarlaridagi va zarrachalar yuzasidagi pardasimon suvdan iborat. Tuproqning to‗liq nam sig‗imida, uning barcha g‗ovakliklari va kapillyarlari suv bilan to‗lgan bo‗ladi. Tuproq mikroorganizmlarining rivojlanishida uning suv bilan to‗lgan kapillyarlarining o‗lchami muhim ahamiyatga ega. Tor Ya‘ni ingichka kapillyarlarda mikroorganizmlar ko‗paya olmiydi va metobolizim jarayonlarini amalga oshira olmaydi. Tuproq namliga ma‘lum miqdorda bo‗lgandagina yashay oladi, o‗sadi, ko‗payadi va rivojlanadi. Tuproqdagi suvning faolligi av-deb tuproq eritmasi yuzasidagi bug‗ bosimining toza suv yuzasidagi bug‗ bosimi nisbatiga aytiladi. Suvning faolligi kichik bo‗lishi mikroorganizmlarining rivojlanishini sekinlashtiradi.Suv faolligi av–bakteriyalar uchun-0.95, aktinomisetlar uchun-0.85, zamburug‗lar uchun-0.60 ga teng. Arid mintaqasidagi ayrim zamburug‗lar av–0.60 past bo‗lganda xam rivojlanishi aniqlangan. Turkmanistonning cho‗l mintaqasi bo‗z tuproqlarida uchraydigan Acrothecrum aprcale laboratoriya sharoitida suv faolligi av–0.45 da ham rivojlangan. Suvning faolligi av-uchun tuproq eritmasining konsentrasiyasi muhim hisoblanadi va o‗rtacha 0.05-0.5g/100 ml da bo‗ladi. YOzda tuproq yuzasidan suvning ko‗p bug‗lanishi tufayli tuproq eritmasi konsentrasiyasi, kuzdagiga nisbatan yuqori bo‗ladi. Tuproq eritmasi tarkibida mineral, orgono-mineral va organik moddalar bo‗ladi. Bu 136 moddalar nisbati har xil tuproq tiplarida, hatto gorizontlarda va mavsumda ham bir xil bo‗lmaydi. Tuproqning yuqori qatlamida organik modda miqdori, quyi qatlamga nisbatan yuqori bo‗ladi. Mineral elementlardan azot va fosfor minimum miqdorda bo‗ladi, kaliy esa tuproqning qattiq fazasi tarkibida bo‗ladi. Tuproqda o‗simlik, hayvon va mikroorganizmlarning yaxshi o‗sishi va rivojlanishida, tuproq eritmasidagi mikroelementlar miqdori katta ahamiyatga ega. Molibden azotofiksasiya jarayonini tezlashtirsa, uran va radiyning minimum miqdorda bo‗lishi mikroorganizmlar faoliyatini stimullashtiradi, bor nitrifikasiya jarayonini tezlashtiradi, rux, marganes va mish‘yak sodda hayvonlarning rivojlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi, og‗ir metallardan qo‗rg‗oshin, simob, kadmiy azotofiksasiyani sekinlashtiradi va mikroorganizmlarning ko‗payishini to‗xtatadi. Tuproq eritmasi tarkibida o‗simlik ildizlari va mikroorganizmlar hayot faoliyati natijasida ajratiladigan vitaminlar, fermentlar, auksinlar, gibberellin kabi fiziologik faol organik birikmalar tuproq organizmlarining o‗sishi, rivojlanishi, ko‗payish va yashashiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday organik birikmalar rizosfyerada ko‗plab bo‗ladi. Tuproq eritamsi bilan osmotik bosim tushunchasi bog‗liq bo‗lib, u o‗rtacha 50 dan 500 kPa gacha bo‗ladi. Tuproq qancha quruq bo‗lsa, tuproq eritmasining bosimi shuncha yuqori bo‗ladi. Tuproqning yuqori osmotik bosimida yashovchi galotolyerant va golofil mikroorganizmlar ham tuproq biotasi tarkibida uchraydi. Bunday muhitda yashovchi bakteriyalardan keng tarqalganlari Bacillus mycoides va Azotobactyer chroococum lar hisoblanadi. O‗rta Osiyo tuproqlarida ammonifikasiya jarayoni 8000 kPa da ham borsa, nitrifikasiya jarayoni esa to‗xtaydi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling